Abdulla Oripov – 2023-yilda Muzaffarxon Erkinov tomonidan suratgan olingan, Özbekiston Qahramoni unvoni sohibi, XX asr özbek adabiyoti va sheʼriyatining taniqli vakili hamda Özbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi matni muallifi, şoir Abdulla Oripov hayotini hikoya qiluvçi özbek biografik filmi.
1Rollarda
2Suratga oliş
Film prezident Şavkat Mirziyoyevning 2022-yildagi topşiriği asosida Kinematografiya agentligi tomonidan…
Film prezident Şavkat Mirziyoyevning 2022-yildagi topşiriği asosida Kinematografiya agentligi tomonidan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Qaşqadaryo viloyati hokimligi va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda suratgan olingan.
Film Abduqayum Yöldoşev va Muqaddas Usmonova (Minhojiddin Mirzo va Furqat Usmonov iştirokida) ssenariysi asosida tasvirga olingan bölib, bu jarayonda şoirning turmuş örtoği Xanifa Mustafoyeva kömaklaşgan. Suratga oliş işlari Qaşqadaryoning Neköz qişloğidagi Abdulla Oripovning xonadonida, Jizzaxda, Toşkentda maxsus qurilgan dekoratsiyalarda, AQŞning Hyuston, Nyu-York va Los-anjeles şaharlarida Abdulla Oripovning qizlari istiqomat qilayotgan xonadonlarda bölib ötgan. Boş rollarni Şodmonqul Salomov, Qudratilla Burxonov, Gulçehra Jamilova, Rayhon Asadova, Muhammadali Abduqunduzov, Samiddin Lutfullayev, Lola Eltoyeva va Farhod Abdullayev kabi aktyorlar ijro qilgan. Film namoyişi 2023-yil 30-avgustda bölib ötgan.
3Syujeti
Filmda Abdulla Oripovning bolaligi, talabalik davri, ilk ijodiy yutuqlari, şoir sifatida şakllaniş jarayoni…
Filmda Abdulla Oripovning bolaligi, talabalik davri, ilk ijodiy yutuqlari, şoir sifatida şakllaniş jarayoni va u orqali keçirgan hissiyotlari tasvirlanadi. Bundan taşqari filmda şoirning sevgisi, maşhurlikka erişiş yöli, maşaqqat-u qiyinçiliklarga qaramay ijoddan çekinmagani va AQŞda keçgan hayotining sönggi yillari ham öz aksini topadi.
4Boş rollarda
Abdulla Oripovning bolaligi – Jasurbek…
Abdulla Oripovning bolaligi – Jasurbek Abdumannopov;
yigitlik va örta yoş paytlari – Şodmonqul Salomov;
keksalik davri— Qudratilla Burxonov;
Xanifa Mustafoyevaning (Abdulla Oripovning rafiqasi) yoşligi – Rayhon Asadova;
keksalik davri – Gulçehra Jamilova;
Muhammadali Abduqunduzov – Şotursin Mirvaliyev;
Samiddin Lutfullayev;
Lola Eltoyeva – Klara Xadjayevna;
Farhod Abdullayev
Abror Yöldoşev – KGB xodimi.
5Film musiqasi
Filmdagi musiqalarni Abdulqosim Muinzoda…
Filmdagi musiqalarni Abdulqosim Muinzoda bastalagan.
6Tanqidlar
Tanqidçilar tomonidan filmning syujeti, voqealar rivoji yetarliça aniq va çuqur tasvirlanmagani, Abdulla…
Tanqidçilar tomonidan filmning syujeti, voqealar rivoji yetarliça aniq va çuqur tasvirlanmagani, Abdulla Oripovning murakkab hayoti va ijodi yuzaki yoritilgani, uning şaxsiy hissiyotlari va qaraşlariga çuqur kirib borilmaganligi taʼkidlangan. Film texnik jihatdan yaxşi işlangan bölsa-da, syujet va xarakterlarning rivoji çuqurroq bölişi kerakligi qayd etilgan.
Matn: maqola «Abdulla Oripov (film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.