#Saraitda (koreysça: #살아있다; tarjimasi — „Tirik“) 2020-yilda ekranlarga çiqarilgan zombilar haqidagi dahşatli film bölib, Cho Il-hyung tomonidan tasvirga olingan. U Matt Naylor ssenariysi asosida suratga olingan Alone (2019) filmiga asoslangan. Film zombi apokalipsisi paytida Seuldagi kvartirasida yolğiz qolişga majbur bölgan videoöyinçining (Yo Ah In) omon qoliş uçun kuraşi atrofida aylanadi. Uning premyerasi 2020-yil 24-iyun kuni Janubiy Koreyada, 2020-yil 8-sentabrda esa Netflixda butun dunyo böylab namoyiş etildi. Film odatda tanqidçilardan ijobiy baho oldi.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Yoo Ah-in, Park Shin-hye, Jeon Bae-soo
3Syujeti
Yoş yigit Oh Jun-vu odatdagidek yana bir kunni videoöyin öynaş bilan ötkazmoqçi edi, lekin birdan Seulda…
Yoş yigit Oh Jun-vu odatdagidek yana bir kunni videoöyin öynaş bilan ötkazmoqçi edi, lekin birdan Seulda zombi virusi infeksiyasi avj oladi. Epidemiya kuçayib borayotgan va kiçik turar-joy majmuasidagi qöşnilar vahima içida şoşilib, infeksiyani tarqatayotgan bir paytda, yigit öz kvartirasida tösiq qöyişga muvaffaq böladi. Bir munça vaqt ötgaç, Jon Vu röparadagi uyda xuddi özi kabi bir qiz yaşiringanini payqadi.
Ular köplab qiyinçiliklarni yengib ötgandan keyin vertolyot yordamida xavfsiz joyga olib ketiladi.
4Rollarda
Yu A-in zombi virusi tarqalişidan keyin omon qoliş uçun kuraşayotgan geymer Oh Jun-vu rolida. U oilasi zombi…

Yu A-in zombi virusi tarqalişidan keyin omon qoliş uçun kuraşayotgan geymer Oh Jun-vu rolida. U oilasi zombi tomonidan öldirilganini eşitib, özini osib qöyişiga sal qoldi, lekin Yu Bing ismli qiz ham öşa vaziyatdan omon qolganini bilib, özida yangi umid uyğonadi.
Park Sin He Kim Yu Bin rolida, Jun Vuning omon qolişiga yordam beradigan sirli ayol. U tez-tez uyiga bostirib kirgan zombilarni qöl boltasi va qopqon eşigi yordamida öldiradi.
Li Hyun-vuk, Li Sang Çul rolida, kasal yuqtirgan ijaraçi rolida.
Oh Hye-von infeksiyalangan tomonidan öldirilgan ayol politsiyaçi sifatida.
Jin Sae-young Elena Kim rolida
Jung Bae-Su, Jun-Vu va Yu Binni qutqaradigan niqobli odam sifatida, lekin ularni zombiga aylangan xotiniga ölja sifatida berişni xohlaydi.
Li Çae Kyun niqobli erkakning zombilangan xotini sifatida
5Yaratilişi
„#Saraitda“ — Hollywood ssenariyçisi Matt Naylorning The One filmining asl ssenariysi asosidagi zombi…
„#Saraitda“ — Hollywood ssenariyçisi Matt Naylorning The One filmining asl ssenariysi asosidagi zombi trilleri. Rejissor Cho Il-hyung va Neylor ssenariyni Koreya bozoriga moslaştiriş ustida birga işlagan. 2019-yilda ZIP Cinema va AQŞda joylaşgan Perspective Pictures işlab çiqarişga qöşildi, Lotte Entertainment esa ommaga tarqatiş işlari bilan şuğullandi.
6Kasting
2019-yil 11-iyulda Yo A In va Park Shin Xe, 16-sentabrda esa Li Hyun-vuk aktyorlar tarkibiga qöşildi.…
2019-yil 11-iyulda Yo A In va Park Shin Xe, 16-sentabrda esa Li Hyun-vuk aktyorlar tarkibiga qöşildi. Ssenariy bilan tanişiş 27-sentabr kuni bölib ötdi.
7Suratga oliş
Asosiy suratga oliş işlari 2019-yil 1-oktabrda boşlangan va Gunsan şahrida bölib ötgan. Tugallangan vaqti —…
Asosiy suratga oliş işlari 2019-yil 1-oktabrda boşlangan va Gunsan şahrida bölib ötgan. Tugallangan vaqti — öşa yilning 12-dekabr sanasi.
8Musiqasi
Töliq musiqiy yozuv Kim Tae-Sung tomonidan yozilgan bölib, u Choi Jong-in, Shin Xyun-pil, Park Sang-woo va…
Töliq musiqiy yozuv Kim Tae-Sung tomonidan yozilgan bölib, u Choi Jong-in, Shin Xyun-pil, Park Sang-woo va Yoo Çae-young bilan birga aranjirovka qilgan.
9Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDBMatn: maqola «Saraitda» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.