„Capernaum“ — 2018-yilda çiqarilgan Livan drama filmi. Rejissyori — Nadine Labaki, prodyuseri — Khaled Mouzanar. Ssenariy Labaki, Hojaily, Keserwany, Georges Khabbaz va Khaled Mouzanar hikoyasi asosida Labaki, Jihad Hojaily va Michelle Keserwany tomonidan yozilgan. Suriyalik qoçqin bola Zain Al Rafeea Bayrut xarobalarida yaşovçi 12 yoşli Zain El Hajj rolini öynagan. Film voqealari ötgan voqealarni eslaş tarzida yoritilgan. Unda Zainning hayoti, jumladan, efiopiyalik musofir ayol Rahil va uning çaqaloq öğli Yonas bilan uçraşgani, ota-onasini farzandiga eʼtiborsizlik qilganligi uçun sudga berişga urinişi tasvirlangan.
Filmning ilk namoyişi 2018-yilgi Cannes kinofestivalida bölib ötgan. Festivalda „Palme dʼOr“ mukofotiga daʼvogarlik qiliş uçun tanlab olingan va Jury Prize mukofotini qölga kiritgan. „Capernaum“ 2018-yil 17-may kuni kinofestivaldagi premyerasidan söng tomoşabinlarning 15 daqiqalik olqişlariga sazovor bölgan. Sony Pictures Classics kompaniyasi filmning Şimoliy va Lotin Amerikasi hamda Janubiy Afrikadagi tarqatiş huquqlarini sotib olgan, xalqaro tarqatiş huquqlari esa Wild Bunch kompaniyasida qolgan. Film 2018-yil 20-sentyabrdan keng ommaga namoyiş etila boşlangan.
„Capernaum“ tanqidçilar tomonidan iliq kutib olingan. Ayniqsa, Labakining rejissyorlik ishi, Al Rafeea ijrosi va filmning hujjatli filmdek haqiqatga yaqinligi eʼtirof etilgan. The New York Times naşrida Manohla Dargis va A. O. Scott uni 2018-yilning eng yaxşi filmlaridan biri deb baholagan. Film Oscar mukofotining „Eng yaxşi xorijiy film“ nominatsiyasi uçun nomzodlik qilgan.
„Capernaum“ hozirgaça eng yuqori daromad keltirgan arab va Örta Şarq filmi hisoblanadi. Suratga oliş uçun ketgan umumiy xarajat 4 million dollar, film esa butun dunyo böylab 68 million dollardan köproq daromad olib kelgan. Eng katta daromad Xitoydan bölib, u yerda 54 million dollardan ortiq mablağ töplagan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Nadine Labaki, Zain Al Rafeea, Yordanos Shiferaw
3Voqealar rivoji
Bayrutning xaroba mahallasida yaşovçi 12 yoşli Zain El Hajj uni „itvaçça“ deb ataydigan odamni piçoqlagani…

Bayrutning xaroba mahallasida yaşovçi 12 yoşli Zain El Hajj uni „itvaçça“ deb ataydigan odamni piçoqlagani sababli Roumieh qamoqxonasida beş yillik qamoq jazosini ötamoqda. Zain ham, ota-onasi ham uning aniq tuğilgan sanasini bilişmaydi, çunki ular heç qaçon rasmiy tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma olmaganlar. Jazoni ötaş davrida, Zain ota-onasi — onasi Souad va otasi Selimga qarşi sudga ariza beradi. Sudya undan nega ota-onasini sudga bergani haqida söraganida, Zain „Hayot berişgani uçun“ deb javob beradi. Ayni paytda Livan hukumati bir guruh mehnat muhojirlarini, jumladan Rahil ismli yoş efiopiyalik ayolning işini körib çiqayotgan böladi.
Söng hikoya Zainning qamoqqa olinişidan bir neça oy oldingi voqeaga köçadi. Zain ota-onasi bilan yaşaydi va kamida 7 ta uka-singillariga qarab yuradi. Ular maktabga boriş örniga turli yöllar bilan tirikçilik uçun pul topişadi. Zain tramadol tabletkalarini sotib oliş uçun soxta taşxis qoğozlaridan foydalanadi. Ular dorini kukun holiga keltirib, uni kiyimlarga singdirişadi va ukasi ularni qamoqxonadagi giyohvandlarga sotadi. Zain, şuningdek, oilasi yaşayotgan uyning ijaraçisi, mahalliy dökon egasi Assadning dökonida yetkazib beruvçi bölib işlaydi.
Zain 11 yoşli singlisi Saharni ota-onasi Assadga turmuşga bermoqçi ekanliklarini sezib qoladi. Şu sababli singlisi bilan qoçib ketiş, yangi hayot boşlaşni rejalaştiradi. Ammo gumonlari töğri çiqadi — ota-onasi 2 tovuq evaziga singlisini Assadga turmuşga berib yuborişadi. Ota-onasidan ğazablangan Zain uyidan qoçib ketadi va avtobusda örgimçak-odam kiyimini kiyib olgan qariyani uçratadi. Bu odam Luna Parkka yetganda avtobusdan tuşadi. Zain ham unga ergaşadi va kunning qolgan qismini parkda ötkazadi. Ferris çarxpalagiga çiqqanda, Zain quyoş botişiga közi tuşadi va köziga yoş oladi. Söng, istirohat boğida tozalovçi bölib işlovçi musofir ayol Rahilni uçratadi. Ayolning unga rahmi keladi va kiçkina kulbasidan boşpana berişga rozi böladi. Evaziga işdaligida Zain uning hujjatsiz çaqaloği Yonasga qarab turişi kerak böladi.
Rahilning qalbaki musofirlik hujjatlarining muddati tez orada tugaydi, ammo Aspra yangi qalbaki hujjatlar tayyorlab berişi uçun tölaşga yetarli puli yöq edi. Aspra unga öğli Yonasni berişi evaziga tekinga qalbaki hujjatlar tayyorlab berişni taklif qiladi. Garçi Aspra Yonas hujjatga ega bölmagani sabab heç qaçon taʼlim oliş va işga kiriş imkoniyatiga ega bölmasligini taʼkidlasa-da, Rahil taklifni rad etadi. Köp ötmay Rahilning hujjatlarining muddati tugaydi va Livan hukumati tomonidan qölga olinadi. Zain uning kulbaga qaytmaganidan vahimaga tuşadi va bolaga özi ğamxörlik qila boşlaydi. Boşqalarga gödakni öz ukasi deb taniştiradi va pul topiş uçun yana tramadol sota boşlaydi.
Kunlarning birida, Aspra yaşaydigan Souk Al Ahad atrofida Maysoun ismli qizni uçratadi. Qiz suriyalik muhojir bʼlib, Aspra uni Şvetsiyaga yubormoqçi ekanini aytadi. Zain ham Aspradan özini Şvetsiyaga yuborişini söraydi. Buning evaziga Aspra gödakni unga berişi kerakligini aytadi. Ijaraçi Rahilning uyini yopib ketib, barça pul va buyumlari içkarida qolib ketgandan söng, Zain noilojlikdan bolani Aspraga topşiradi. Aspra unga xorijga çiqiş uçun hujjatlari kerakligini aytadi. Zain uyiga qaytadi va ota-onasidan hujjatlarini talab qiladi, ular esa uning heç qanday hujjati yöqligini aytişadi. Qoçib ketgani uçun ota-onasi undan voz keçib, uydan haydaşadi, biroq Zain şu paytda singlisi Saharning homiladorlikdagi qiyinçiliklar sabab ölib qolganidan xabar topadi. Ğazablangan Zain piçoq olib, uydan yugurib çiqib ketadi va Assadni piçoqlaydi. Söng u hibsga olinadi va Roumieh qamoqxonasiga 5 yilga hukm qilinadi.
Qamoqxonada onasi bilan uçraşuvda, Zain uning yana homiladorligidan va bölajak farzandiga Sahar deb ism qöymoqçiligidan xabar topadi. Qizining ölimidan puşaymon emasligidan jirkanib, onasini yuraksiz deb ataydi va boşqa kelmasligini aytadi. Bolalarga nisbatan zöravonlik haqida xabar beriş söraladigan TV körsatuv vaqtida Zain OAV bilan boğlanib, ota-onasining farzandlariga eʼtiborsizligidan çarçagani va ularning bolalarga ğamxörlik qila olmayotganiga qaramay, yana bolali bölişda davom etayotgani sababli sudga bermoqçi ekanini aytadi. Sudya ota-onasidan nima xohlaşini söraganda, „Ortiq farzand dunyoga keltirişmasligini“ deb javob beradi, çunki uka-singillari va tuğilajak bolani ham özi va Sahardek qarovsizlik va zöravonlikdan aziyat çekişini istamaydi. Zain, şuningdek, Aspra bolalarni noqonuniy asrab olayotgani va ularga yomon munosabatda bölayotganini maʼlum qiladi. Zain sudda ğalaba qozonadi va Saharning ölimi uçun adolat qaror topadi. Aspraning uyida tintuv ötkaziladi, natijada ota-onalar va bolalar, şu qatorda Rahil va Yonas ham, qayta topişadilar.
Zain ID karta uçun suratga tuşadi. Fotograf uning kayfiyatini kötariş uçun hazillaşadi: „Tabassum qil, Zain. Bu surat passportga, vafot etganlik guvohnomasiga emas!“.
4Rollarda
Zain Al Rafeea — Zain El Hajj (Bayrut xarobalarida yaşovçi 12 yoşli…

Zain Al Rafeea — Zain El Hajj (Bayrut xarobalarida yaşovçi 12 yoşli bola)
Yordanos Şiferaw — Rahil (istirohat boğida tozalovçi bölib işovçi efiopiyalik ayol)
Boluwatife Treasure Bankole (qiz bola) — Yonas (Rahilning öğli)
Kawthar Al Haddad — Souad (Zainning onasi)
Fadi Kamel Youssef — Selim (Zainning otasi)
Nour el Husseini — Assad (mahalliy dökon egasi va Saharning eri)
Alaa Çouçnieh — Aspra
Cedra Izzam — Sahar (Zainning singlisi)
Nadine Labaki — Nadine (Zainning advokati)
Joseph Jimbazian — Mr. Harout (istirohat boğidagi işçi)
Farah Hasno — Maysoun (suriyalik yoş muhojir)
5Işlab çiqarilişi
Ssenariy muallifi va rejissyori film ğoyasini quyidagiça…

Ssenariy muallifi va rejissyori film ğoyasini quyidagiça tasvirlaydi:
„Oxir-oqibat... bolalar bizning mojarolar va uruşlar, bizning tizim, ahmoqona qarorlarimiz va hukumat uçun katta badal tölaşmoqda. Men muammo haqida gapiriş zarurligini his qildim va agar öşa bolalar öz fikrini bildira olganda, nima degan bölişardi, deya öylay boşladim. Jamiyat ularga eʼtibor qaratmayotganini aytgan bölişarmidi?“
Film byudjeti 4 million dollarni taşkil etgan. Prodyuser Khaled Mouzanar kerakli mablağni yiğiş uçun uyini garovga qöygan.
2012-yildan buyon Bayrut xarobalarida yaşovçi suriyalik muhojir Zain Al Rafeea suratga oliş paytida 12 yoş bölgan. Gavdalantirgan qahramonining ismi Al Rafeeaning öz nomidan olingan. Aktyorlarning köpçiligi filmda ilk bor rol ijro etgan, çunki Labaki katta ekranda hayot uçun kuraşni bor holiça yoritib berişni xohlagan. Al Rafeea qoçqin sifatida qaşşoqlikda keçgan hayot tajribasiga tayangan holda filmdagi dialoglarni tuzişga katta hissa qöşgan.
Labaki ham aktrisa bölsa-da, özi filmda kiçik rol öynagan, çunki real aktyorlarning öz tajribasidan kelib çiqqan holda qahramonlarni gavdalantirişini maʼqul körgan. Suratga oliş jarayoni 6 oy davom etgan va kadrlar jami 500 soatni taşkil etgan. 2 soatli film holiga keltiriş uçun esa Labaki va uning montaj jamoasi bir yarim yil vaqt sarflagan . Filmning birinçi versiyasi 12 soat davom etgan, ammo jamoasi bilan tun-u kun işlaş natijasida Labaki film davomiyligini qisqartirişga erişgan.
6Daromadi
Işlab çiqariş byudjeti 4 million dollar bölsa-da, 2019-yil 26-may holatiga köra, film dunyo böylab 68 583 867…

Işlab çiqariş byudjeti 4 million dollar bölsa-da, 2019-yil 26-may holatiga köra, film dunyo böylab 68 583 867 dollar mablağ keltirgan. Eng yuqori daromad keltirgan arab filmiga aylangan. Labakining oldinroq suratga olgan, daromadi 21 million dollarlik „Where do we go now?“ filmini ortda qoldirgan holda, Örta Şarq tarixidagi eng daromadli filmga aylangan.
Film 2018-yil 14-dekabrda AQŞ va Kanadada kiçik auditoriyaga namoyiş etilgan. 2019-yil 30-may holatiga köra, uşbu ikki davlatda 1 661 096 dollar daromad keltirgan. Xalqaro bozordagi daromadi esa 66 925 million dollar (2019-yil 26-may holatiga köra).
Xitoydagi premyerasi 2019-yil 29-aprelda „Qasoskorlar: Intiho“ filmidan söng bölgan. Film Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida, jumladan Douban va TikTokda, oğizdan oğizga ötib, maʼlum muddat maşhurlik çöqqisidan tuşmagan. 2019-yil 5-maygaça, „Qasoskorlar: Intiho“dan keyingi haftaning eng daromadli filmi sifatida 25.22 million dollar daromad keltirgan . 2019-yil 29-iyun holatiga köra, film Xitoyda 54 315 148 dollar foyda keltirgan.
7Tanqid
„Capernaum“ filmi Rotten Tomatoes saytida şarh qoldirgan 183 nafar tanqidçining 90%i tomonidan ijobiy…

„Capernaum“ filmi Rotten Tomatoes saytida şarh qoldirgan 183 nafar tanqidçining 90%i tomonidan ijobiy baholanib, örtaça reytingi 7,9/10 ballni taşkil etgan. Tanqidçilarning umumiy xulosasiga köra, „„Capernaum“da dolzarb mavzu kötarilgan, biroq hayot-mamot yoqasida yaşayotgan odamlarning hayoti mahorat bilan, taʼsirli va yurakni larzaga soluvçi manzara orqali tomoşabinga oçib berilgan“. Metacritic saytida şarh qoldirgan 33 tanqidçiga köra, film 100 balldan örtaça 75 ballga loyiq topilgan.
Film töğrisidagi aksariyat şarhlar ijobiy edi. The New York Times naşri tanqidçisi A. O. Scott uni 2018-yilning eng yaxşi filmlari röyxatida töqqizinçi öringa qöyib, şunday yozadi: „Naturalizm va melodrama uyğunlaşib, yöqolgan bolaning Bayrutdagi vayrona va xarobazorlarda boşdan keçirgan sarguzaştlari haqidagi iztirobli va şiddatli hikoyada mujassam bölgan... Labaki odamlar eng oğir damlarida ham saqlab qoladigan jöşqinlik, qatʼiyat va hazil-mutoyibani közdan qoçirmaydi“. Variety jurnali muxbiri Jay Weissbergning fikriça, „Capernaum“ Labakining rejissyorlik faoliyatida katta ösiş bölgan. Sababi film mavzusiga „nafaqat aql, balki yurak bilan ham yondaşilgan“. The Hollywood Reporter tanqidçisi Leslie Felperin filmni taʼsirçan melodrama deb baholagan. Vulture.com saytida esa Emily Yoşida Zain Al Rafeeani „hayratlanarli va unutilmas qiyofa“ deb taʼriflagan. Garçi filmda abort mavzusi bevosita tilga olinmagan bölsa-da, Yoşida uni „men körgan abort masalasida tanlov erkinligini yoqlovçi eng qatʼiy filmlardan biri“ deb taʼkidlagan.
8Mukofotlari
Film Livan davlati tomonidan Oscar mukofotining „Eng yaxşi xorijiy film“ nominatsiyasi uçun taqdim etilgan.…
Film Livan davlati tomonidan Oscar mukofotining „Eng yaxşi xorijiy film“ nominatsiyasi uçun taqdim etilgan. 2018-yil dekabr oyida qisqa röyxatga kiritilgan va 2019-yil yanvar oyida mukofotga rasman nomzod etib körsatilgan.
9Kadrlar
1
1 · TMDBMatn: maqola «Capernaum (film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.