11 yoşli Coraline ota-onasi bilan şahar çetidagi eski uyga köçib keladi va u yerda yaşirin eşikni topib qoladi. Eşik ortida uning hayotiga öxşaş, lekin undan ança yaxşiroq körinadigan parallel dunyo oçiladi: ota-onasi unga köproq eʼtibor beradi, atrofda quvonç va möjizalar köp. Lekin bu mukammal manzara ortida dahşatli sir yaşiringan.
Filmni Henry Selick suratga olgan, u Neil Gaimanning bolalar novellasiga asoslangan. Bu kukla animatsiya bölib, studiya — Laika; janri — ujas, fantastika va oilaviy. Musiqasini Bruno Coulais yozgan. Film 2009-yilda prokatga çiqqan va birinçi töliq metrajli kukla multfilm sifatida dastlab 3D formatda suratga olingani bilan ajralib turadi; «Oskar» mukofotiga nomzod bölgan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
·Ensiklopediyadan
Coraline — britaniyalik yozuvçi Neil Geiman tomonidan 2002-yilda Bloomsbury va HarperCollins naşriyotlari tomonidan naşr etilgan dark fantasy janridagi bolalar novellasi. U 2003-yilda Eng yaxşi novella sifatida Hugo Award mukofoti va 2003-yilgi Nebula Award mukofoti va 2002-yilda Yoş kitobxonlar uçun yozilgan eng yaxşi asar sifatida Bram Stoker mukofoti bilan taqdirlangan. The Guardian özining XXI asrning 100 ta eng yaxşi kitoblari röyxatida Coraline ni 82-öringa qöydi . Gaiman novellani 1990-yilda yozişni boşlagan. Asar qahramonning nomi „Caroline“ ismidagi xatolikdan kelib çiqqan. Geiman buni „ Men Caroline ismnini yozmoqçi edim, lekin yozuvda xato ketdi. Coraline söziga qarar ekanman, u kimningdir ismi bölişini va u bilan nima sodir bölgani haqida yozişnii istadim“ deya izohlagan edi. 2009-yilda Henri Selick bu asarni stop-motion animatsion filmi sifatida ekranlaştirilgan.
3Qahramonlar
Coraline Jones — 11 yoşli boş qahramon. U qiziquvçan, aqlli, topqir va jasur. Coraline yomğirni va aqlsiz…

Coraline Jones — 11 yoşli boş qahramon. U qiziquvçan, aqlli, topqir va jasur. Coraline yomğirni va aqlsiz katta odamlarni yoqtirmaydi(kattalarning hammasi unga şunday bölib tuyuladi), kattalar uni yoş bola deb jiddiy qabul qilişmaydi. U „öz yoşiga nisbatan kiçik“ deb taʼriflangan, lekin u heç kimdan qörqmaydi; Coraline kitobdagi eng sarguzaştsevar qahramon. Garçi qiz Beldamning asl niyatini bilgaç, uni boşqa körmaslikni istasa ham, ota-onasini qutqariş uçun baribir ortga qaytadi. Beldam haqida eşitganlari va uning oilasiga qilgan işlaridan keyin ham jodugar uni öziga xos xudbinlik bilan chin dildan yoqtirişini inkor eta olmaydi. U ozgina bölsada Beldamga nisbatan hamdardlik his qiladi va u qiz bilan nima qilib bölsa ham kuçli ona va qiz riştalarini boğlaşni xohlaşini tuşunib yetadi. Bu qahramonning şafqatli ekanligini va uning kuçli irodasini körsatadi.
Missis Jones — Boş qahramonning onasi. U köpinça juda band, baʼzan esa biroz eʼtiborsiz, lekin qizini yaxşi köradi va unga ğamxörlik qiladi. U mehribon va jonkuyar, ammo Coraline uni juda zerikarli deb hisoblaydi. Coraline ham özining haqiqiy onasidan norozi böladi, çunki u qiziga köp işlarda ruxsat berişni istamaydi.
Janob Jones — Boş qahramonning otasi. U öz uyida kompyuterda işlaydi. U qiziga juda ğamxör va mehribon, jasur va jonkuyar. U qiziga yoqmaydigan ğaroyib taomlar tayyorlaydi. Unda ham qizi bilan vaqt ötkazişga vaqt juda kam..
Muşuk — haqiqiy dunyodagi qora muşuk. Muşuk boş qahramonga maslahatçi bölib, sarguzaştlar davomida qizga hamrohlik qiladi. Muşuklarga bir-birlarini tanişlari uçun ism kerak emasligini tuşuntiradi va Coraline unga ism qöyişiga qarşilik qiladi. Ammo, Beldam ularga hujum qilişlaridan avval Coraline uni Vermin deb çaqiradi. U qizga asardagi köplab qahramonlar va dunyodagi boşqa jonzotlardan farqli ölaroq, muşuklarning Özga Dunyoda aksdoşlari bölmasligini aytadi. U bir dunyodan ikkinçisiga erkin ötadi, ammo faqat Özga Dunyodagina gapira oladi. U juda istehzoli feʼl-atvorga ega, doimo qizni tanqid qiladi, lekin şunga qaramay unga yordam beradi. U Boşqa Onaga qarşi turadi, lekin özi ham Özga Dunyoda qolib ketişdan qörqadi. U Coraline bilan döstlaşadi va unga Beldamdan qoçişida yordam beradi, Coraline ham uning yordamidan bajonidil foydalanadi.
Beldam (şuningdek, Boşqa Ona deb ham ataladi) — romanning asosiy antagonisti. U yovuz ğayriinsoniy jodugar va Özga Dunyoning hukmdori. U boş qahramonning haqiqiy onasiga öxşaydi, lekin undan novçaroq va ozğin, uzun qora soçlari öz-özidan harakatlanadi, qora tugmasimon közlari, qoğozdek oppoq terisi va juda uzun, harakatçan barmoqlari, uzun töq qizil rangli tirnoqlari bor. Hikoya davomida uning böyi ösib, ozğinlaşib, rangi oqarib, qizning onasidan butunlay farq qiladigan qiyofaga kirib boradi. U nimadir yarata olmaydi, faqatgina haqiqiy dunyodagi narsalardan nusxa oladi. U özi xudbinlarça yoqtirib qolgan bolalarni töplaydi, öz dunyosini tark etmasliklari uçun bolalarning ruhlarini qamab qöyadi va vafot etgunlariça ularga ğamxörlik qiladi, ularni tabassum qilişga majburlaydi. U öz onasini ham öldirganligi maʼlum böladi, Coraline uning qabri qayerdaligini söraganida Beldam „Ha, men uni şu yerga, özimga kömganman“, deb javob beradi. Filmda uning haqiqiy qiyofasi — qöllarida ignasimon barmoqlari bölgan gumanoid araxnid körinişida körsatilgan. „Beldam“ sözi Örta davr ingliz tilisida „buvi“, „xunuk kampir“, „xunuk“ yoki „jodugar“ degan maʼnolarni anglatadi. Bu söz, şuningdek, pari mavjudotlariga murojaat qiliş uçun ham işlatiladi.
Boşqa Ota — Beldamning Janob Jones qiyofasidagi aksi, Boşqa Ota qizni Özga Dunyoda qolişga majburlaşda yordam beradi. Qizning haqiqiy otasi kabi, uning ham kabineti bor, u yerda kun böyi ötiradi va Coraline bilan köp ham gaplaşmaydi. Biroq, u işlamaydi; şunçaki kabinetni band qilib ötiradi, çunki u Coraline bilan yolğiz gaplaşişi mumkin emas. U qizning haqiqiy otasiga qaraganda ança quvnoq va qiziqarli bölişga harakat qiladi. Aslida esa, Boşqa Ota ğamgin va asabiy. Beldam uni qizga özini oşkor qilib qöygani uçun jazolaydi, uni yumşoq, xamirga öxşaş, yirtqiç jonzotga aylantiradi va qizni yengiş uçun uni tuzoqqa tuşirişni buyuradi. Boşqa Ota qizga zarar yetkazişni istamasligini aytadi, lekin Beldamning buyruğini rad eta olmaydi.
Miss Spink va Miss Forcible — Boş qahramonning qöşnisi bölgan nafaqadagi aktrisalar. Ular Hamish, Angus va Jock kabi bir qança qari Skotti kuçuklarga egalik qilişadi va eski davrlarni eslab, teatr jargonida gaplaşişadi. Ular çoy barglari orqali qizning taqdiri haqida bilib olgaç, Coraline xavf ostida ekanligini tuşunişadi va uga özini himoya qiliş uçun teşik toşini berişadi. Özga Dunyoda ular haqiqatga zid ravişda yoş körinişda namoyon bölişadi va itlar uçun maxsus tomoşalar qöyişadi.
Janob Bobo — Boş qahramon uyining tepasida joylaşgan xonadonda yaşovçi nafaqadagi sirk artisti; uni odatda tepa qavatdagi esdan oğgan çol deb ataşadi. U doim siçqonlarni sirkda öynaşga örgatayotganini aytadi. Janob Boboning siçqonlari Coralinega sirli xabarlar keltiradi. Avvaliga qiz siçqonlarni qölga örgatib bölmaydi, deb öylagani uçun siçqonlarning xabarlariga işonmaydi. Janob Boboning Özga Dunyodagi aksi siçqonlarni emas, kalamuşlarni qölga örgatiş bilan band böladi.
Arvoh bolalar — Beldamning qurbonlari bölgan uçta bolaning ruhlari: ikki qiz va bir öğil. Bolaning yuzi kir, şimi qizil rangda. Qizlardan biri jigarrang soçli, puşti kofta va puşti yubka kiygan holatda tasvirlangan. Ikkinçi qiz esa, jigarrang boş kiyim va jigarrang köylak kiyib olgan. Ular boş qahramondan avvalroq turli davrlarda Boşqa Onaning tuzoğiga tuşib qolişgan, keyinçalik közgu orqasidagi qoronğu joyga qamab qöyilgan. Ruhlarini qaytarib olganlaridan söng, ular keyingi hayotga uçib ketişadi. Ammo, undan avvalroq, Coraline bilan tuşlar olamida uçraşib, ruhlarini qaytarib olişda yordam bergani uçun unga minnatdorçilik bildirişadi va qizni hali xavf töla ortda qolmaganligi haqida ogohlantirişadi.
4Televizion şou
2017-yil 22-oktabrda efirga uzatilgan The Simpsons şousining Treehouse of Horror XXVIII epizodidagi…

2017-yil 22-oktabrda efirga uzatilgan The Simpsons şousining Treehouse of Horror XXVIII epizodidagi „Coralisa“ segmentini yaratişda Coraline novellasidan foydalanilgan. Unda Neil Gaiman Simpsonlar muşugi Snowball V obraziga ovoz bergan.
Rejissyor Henri Selick 2009-yilda Laika animatsiya studiyasida asar asosida stop-motion animatsion filmini suratga oldi va tanqidçilarning olqişiga sazovor böldi. 82-Oskar mukofotlari marosimida film Eng yaxşi animatsion film nominatsiyasida nomzod böldi, lekin mukofotni Pixar studiyasining Up filmiga boy berdi. Film asardan biroz farq qiladi, lekin şu holatda ham kitobning asl syujetini yuqori darajada saqlab qolgan. Filmda Coraline kalta kök soçli va sepkillari bor qiz sifatida tasvirlangan. Şuningdek, Henri Selick filmga yangi personajni ham kiritgan. U Wyborn Lovat obrazi bölib, avvaliga Coraline bilan yaxşi munosabatda bölmaydi, ammo vaqt ötib, ular döstlaşib olişadi. U Özga Dunyoda gapira olmaydi, lekin Coralinega yordam berişga harakat qiladi. Film oxirida Coraline Wyborn buvisiga kiçik eşik ortida yaşiringan narsani körsatişida yordam beradi.
5Komikslar
2008-yilda Todd Klein tomonidan yozilgan va Lovern Kindzierski tomonidan suratlar işlangan P. Kreyg Rassel…
2008-yilda Todd Klein tomonidan yozilgan va Lovern Kindzierski tomonidan suratlar işlangan P. Kreyg Rassel komiksi naşr etilgan
6Videoöyin
Asar asosidagi videoöyin D3 Publisher of America tomonidan işlab çiqilgan. Öyin 2009-yil 27-yanvarda…
Asar asosidagi videoöyin D3 Publisher of America tomonidan işlab çiqilgan. Öyin 2009-yil 27-yanvarda PlayStation 2, Nintendo DS va Wii platformalari uçun çiqarilgan bölib, unda Coraline rolini öynaş, boşqa qahramonlar bilan muloqot qiliş va mini öyinlar öynaş kabi imkoniyatlar mavjud. Bu öyin foydalanuvçilar tomonidan tanqidga uçragan.
7Opera
2018-yil 27-mart kuni Londondagi Barbikan Center teatrida Mark-Anthony Turnagening roman asosidagi operasi…
2018-yil 27-mart kuni Londondagi Barbikan Center teatrida Mark-Anthony Turnagening roman asosidagi operasi jahon miqyosida premyera qilindi.
8Kadrlar
4
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDBMatn: maqola «Coraline» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.