«Crash» («Töqnaşuv») 11-sentyabrdan keyingi Los-Anjelesda bölib ötadigan hikoya. Filmda 36 soat davomida Brentvud rayonidagi uy bekasi, uning okrug prokurori bölgan eri, fors dökondori, ikki politsiyaçi, avtomobil öğirlovçilari juftligi va koreys oila hayoti bir-biriga tutaşadi. Şahardagi taranglik kuçayadi, qahramonlar esa atrofdagilarga boşqaça nazar bilan qaraşga majbur böladi.
Dramatik va kriminal filmni rejissyor Paul Haggis suratga olgan, boş rollarda Sandra Bullock, Don Cheadle, Matt Dillon, Terrence Howard va Ryan Phillippe rol ijro etgan. Film 2004-yil sentyabrida Toronto kinofestivalida namoyiş etilgan, 2005-yilda esa xalqaro prokatga çiqqan. «Eng yaxşi film» nominatsiyasida sevimli hisoblangan «Brokeback Mountain»ni ortda qoldirib, «Oscar» sovrinini olgan. Studiyasi — Starz Entertainment.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Ryan Phillippe, Sandra Bullock, Brendan Fraser
·Ensiklopediyadan
Crash (tarjimasi „Töqnaşuv“) — rejissyor Paul Haggis tomonidan suratga olingan, 2004-yil sentyabr oyida Toronto kinofestivalida premyerasi bölib ötgan va 2005-yilda xalqaro prokatga çiqqan dramatik film. Film köplab tanqidçilar uçun kutilmaganda „Oscar“ tanlovi „Eng yaxşi film“ nominatsiyasida sevimli deb hisoblangan „Brokeback Mountain“ filmini mağlub etgan.
Film uç karra „Oscar“ sovrindori, ikki karra BAFTA sovrindori va ikki karra „Oltin globus“ mukofotiga nomzod bölgan. Undan taşqari film bir neçta mukofot va nominatsiyalarga sazovor bölgan. Filmda iştirok etgan Dillon Academy Awards, BAFTA, Oltin globus va Screen Actors Guild marosimlarida „Eng yaxşi ikkinçi darajali aktyor“ nominatsiyasini olgan.
3Syujeti
Film bir neçta avtohalokatlar, otişmalar va avtoulovlarning öğirlanişi orqali bir umumiy mavzu ostida…
Film bir neçta avtohalokatlar, otişmalar va avtoulovlarning öğirlanişi orqali bir umumiy mavzu ostida birlaştirilgan bir neçta (men, men dunyodaman, men jamiyatdaman) qisqa hikoyalardan iborat. Deyarli barça personajlar syujet davomida öz eʼtiqodlarini qayta körib (örganib) çiqişlari kerak bölgan mojarolarda iştirok etadilar. Şuningdek, film davomida tomoşabin qahramonlarga bergan baholarini va ular haqidagi fikrlarini doimiy ravişda özgartirişga majbur böladi. Sakkiz syujetning har birida rejissyor asosiy muammodan taşqari irqçilik, turli madaniyatlar töqnaşuvi muammosini ham kötaradi. Turli xil personajlar iştirokidagi epizodlar orqali bu film voqelik, hayot haqiqati va undagi munosabatlarni körsatib beradi. Hikoyalar bir-biri bilan çambarças boğliq bölsa-da, tomoşabin film orqali dunyoda nima bölişini oldindan aytib bölmasligini va uni naqadar şafqatsiz ekanligini körişi mumkin.
4Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDBMatn: maqola «Crash (film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.