⌕
Ölik şoirlar jamiyati
Film

Ölik şoirlar jamiyati

Dead Poets Society
1989 · drama, sport · 123 daq
🍅 84%79

1959-yilning kuzida Todd Anderson Vermontdagi nufuzli Welton maktab-internatida öqişni boşlaydi. Bu yerdagi bitiruvçilarning köpçiligi Ivy League oliy taʼlim muassasalariga kiradi. Yangi ingliz tili öqituvçisi Jon Keating esa öquvçilarni öz ovozini topişga va har bir kunni qadrlaşga undaydi. U öquvçilarni yaşirin «Ölik şoirlar jamiyati»ni qayta tiklaşga taklif qiladi, lekin uning noodatiy usullari qattiqqöl direktorning noroziligiga sabab böladi.

Filmni Peter Weir suratga oldi, ssenariy muallifi Tom Schulman. Boş rollarni Robin Williams, Robert Sean Leonard va Ethan Hawke ijro etgan. Bu Amerika dramasi böp, işlab çiqargan studiya — Touchstone Pictures. Film 1989-yilning 2-iyunida AQŞda prokatga çiqqan va «Eng yaxşi original ssenariy» uçun Oskar mukofotini qölga kiritgan.

Film özini oqladimi?
Byudjet $16,4 mlnTuşum $235,9 mln×14,4
Sariq — oqlanish chegarasi (byudjetdan ×2,5)
⇄ Boşqa film bilan solishtirish
1

Rollarda

Robin Williams, Robert Sean Leonard, Ethan Hawke
·

Ensiklopediyadan

Amerika rok guruhi — „Dead poet society“.

Ölik şoirlar jamiyati — 1989-yilda rejissyor Peter Weir tomonidan suratga olingan. Film ssenariysi Tom Sçulman tomonidan yozilgan bölib, yoş öspirinlar hayoti haqida hikoya qiladi. Film voqealari 1959-yilda „Welton Academy“ nomli maktab internatida sodir böladi. Filmda boş rolni Robin Williams ijro etgan. Syujetda ingliz tili öqituvçisi maktab öquvçilarini sheʼriyat orqali öz kelajagini topişga undaşi aks ettirilgan.

„Ölik şoirlar jamiyati“ filmi ilk bor 1989-yilning 2-iyunida AQŞda namoyiş etilgan. Film tanqidçilar tomonidan iliq kutib olindi muvaffaqiyatga erişdi. U dunyo böylab 235 million dollar daromad qildi, 1989-yilning eng köp daromad keltirgan beşinçi örindagi filmi böldi hamda barça tanqidçilardan asosan ijobiy fikrlar oldi. Film köplab mukofotlarga sazovor böldi, jumladan, „Eng yaxşi film“ va „Eng yaxşi rejissor“ nominatsiyalarida Oskar mukofotiga nomzod deb topildi. Şuningdek, Robin Williams „Eng yaxşi aktyor“ nominatsiyasini ham qölga kiritdi. Film „Eng yaxşi film“ nominatsiyasida „BAFTA“ mukofotini, „Eng yaxşi çet el filmi“ nominatsiyasida „César“ mukofotini va „David di Donatello“ mukofotini qölga kiritdi. Tom Sçulman esa „Eng yaxşi original ssenariy“ uçun Oskar mukofotiga sazovor böldi.

2

Syujeti

1959-yilda Todd Anderson Vermontdagi Welton akademiyasida, faqat erkaklar uçun möljallangan episkopal…
⚠️ Bu bölimda spoylerlar bor — syujet oxirigaça aytilgan
3

Suratga oliş jarayoni

Asl ssenariy Tom Sçulman tomonidan yozilgan bölib, Tennessee ştatining Naşvil şahridagi „Montgomery Bell“…
Ölik şoirlar jamiyati
Kadr: «Ölik şoirlar jamiyati»TMDB

Asl ssenariy Tom Sçulman tomonidan yozilgan bölib, Tennessee ştatining Naşvil şahridagi „Montgomery Bell“ akademiyasida özining hayotiy tajribalariga asoslanib yozilgan. Ayniqsa, ingliz tili öqituvçisi Samuel Pickering bilan bölgan tajribalardan kelib çiqqan.

Dastlab Jeff Kanew rejissyor sifatida işga olingan edi va Kanew Keating roliga Liam Nisonni taklif qilgan. Keating roli uçun körib çiqilgan boşqa aktyorlar qatorida Dastin Xoffman, Mel Gibson, Tom Hanks va Mikki Rurk ham bor edi. „Touchstone Pictures“ tomonidan ustuvor tanlov sifatida körib çiqilgan Robin Williams oxir-oqibat rolga tasdiqlandi. Biroq, Atlantadan taşqarida suratga olişning birinçi kunida Williams suratga oliş maydonçasiga kelmadi, çunki rejissyor Kanew bilan işlaşni istamagan edi. Keyinçalik kino studiyasi qurib bitkazilgan dekoratsiyalarni yoqib yubordi va Kanewning örniga boşqa rejissyorni işga oldi.

1988-yil oxirida Peter Weir Disney kompaniyasida Jeffrey Katzenberg bilan uçraşdi. Touchstone Pictures kompaniyasini boşqaruvçisi Katzenberg Weirga Sçulman ssenariysini öqib çiqişni taklif qildi. Sidneyga qaytib ketayotgan parvozda Weir ssenariydan hayratga tuşdi va olti hafta ötgaç, boş rollar uçun aktyorlarni tanlaş uçun Los-Anjelesga qaytib kel Peter Weir rejissyorlik vazifalarini olganidan keyingina suratga oliş jarayoni jiddiy boşlandi.di. Peter Weir rejissyorlik vazifalarini olganidan keyingina suratga oliş jarayoni jiddiy boşlandi.

Sçulman qölyozmasida Keating Hodgkin limfogranulematozdan aziyat çekayotgan va asta-sekin hayotdan köz yumayotgan obrazda tasvirlangan edi. Hattoki uning kasalxonadagi ölim töşagida yotgan sahnasi ham bor edi. Ammo Peter Weir bu sahnani keraksiz deb hisoblab, olib taşladi. Weir tomoşabinlarning diqqatini Keatingning kasalligiga emas, balki uning şaxsiy qadriyatlari va ğoyalari orqali yetkazgan maʼnosiga qaratişni maqsad qilgan edi.

Disneyning ssenariy böyiça dastlabki takliflari yigitlarning qiziqişini sheʼriyat emas, balki raqs tuşiş bilan boğlaşni. Şuningdek, filmga yangi nom — „Sultans of Swing“ qöyişni taklif qilgan. Bu özgarişlar eʼtiborni yigitlar emas, balki janob Keating obraziga qaratişni maqsad qilgan edi. Ammo uşbu ğoyalar darhol rad etildi.

Suratga oliş jarayoni 1988-yilning noyabr oyidan boşlangan va 1989-yilning yanvar oyida yakunlangan. Film ijodkorlari 70 dan ortiq universitet va xususiy maktablarni közdan keçirganidan söng, „Ölik şoirlar jamiyati“ filmi uçun voqealar Delaver ştatining Middletown şahridagi St. Andrewʼs maktabi va Everett teatrida, şuningdek, New Castle va unga yaqin joylaşgan Wilmington şaharlarida suratga olinadigan böldi. Keating bilan boğliq sinf sahnalari Wilmingtondagi ovoz yoziş pavilyonida qurilgan sinf xonasining nusxasida suratga olindi. Filmni ötmişda sodir bölayotgandek körsatiş uçun, Delaware şaharlaridagi dökon fasadlari özgartirildi va zamonaviy qulayliklarning barçasi olib taşlandi. Suratga oliş jarayonida Peter Weir yoş aktyorlarga hattoki, kamera ortida ham zamonaviy jargonlardan foydalanmasliklarini söradiSuratga oliş jarayonida Peter Weir yoş aktyorlar hattoki kamera ortida ham zamonaviy jargonlardan foydalanmasliklarini söradi. Weir şuningdek, Robin Williamsning improvizatsiya mahoratini erkin namoyon etişi uçun Disney rahbariyatidan yarim kunlik suratga oliş jarayonini ham yaşirgan.

„Ölik şoirlar jamiyati“ filmi uçun ikki marta oçiq kasting ötkazilgan bölib, unda 3000dan ortiq aktyorlar jalb etilgan. Suratga oliş jarayonida Robin Williams köp hazil qilgani aytiladi, bu Ethan Hawke uçun biroz asabga teguvçi holat bölgan. Şunga qaramay, Hawkening yordamçisi unga işonç bildiradi.

4

Kassa

Film dunyo böylab $235860579 daromad keltirgan, şundan $95860116 AQŞ içki bozoridan olingan. Filmning dunyo…

Film dunyo böylab $235860579 daromad keltirgan, şundan $95860116 AQŞ içki bozoridan olingan. Filmning dunyo böyiça tuşumlari 1989-yilgi filmlar orasida beşinçi örinni egallagan va dramatik janrdagi filmlar orasida esa eng yuqori natijaga erişgan.

Matn: maqola «O‘lik shoirlar jamiyati» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

Film yangiliklarini qoldirmang«Kuzatish» tugmasini bosing — yangi treyler, sana va kinoteatrlarga çiqişi haqida xabar beramiz.