„Detaçment“ — 2011-yilda Carl Lund ssenariysi asosida, rejissyor Tony Kaye tomonidan suratga olingan AQŞ psixologik-drama filmi. Film hikoyasi öz öquvçilari va boşqalarga ibrat bölgan örta maktabning örindoş öqituvçisi Henry Barthes haqida. Filmda rollarni Adrien Brody, Marcia Gay Harden, Çristina Hendricks, William Petersen, Bryan Cranston, Tim Blake Nelson, Betty Kaye, Sami Gayle, Lucy Liu, Blythe Danner va James Caan kabi aktyorlar ijro etişgan.
Greg Shapiro, Carl Lund, Bingo Gubelmann, Austin Stark, Benji Kohn va Chris Papavasiliou tomonidan işlab çiqarilgan uşbu film 2012-yil 16-martda ekranlarga çiqarilgan va turli xil tanqidiy fikrlar olgan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Adrien Brody, Marcia Gay Harden, Christina Hendricks
3Syujeti
Örindoş öqituvçi Henri Bartes navbatdagi ish topşiriği bilan öquvçilari öta intizomsiz va taʼlim darajasi…
Örindoş öqituvçi Henri Bartes navbatdagi ish topşiriği bilan öquvçilari öta intizomsiz va taʼlim darajasi past bölgan davlat maktabiga yuboriladi. Henri özining şaxsiy hayotidagi oğriqli xotiralardan qoçiş va ruhiy azoblanmaslik uçun heç qaysi maktabda uzoq qolmaslikka va heç kimga boğlanib qolmaslikka harakat qiladi. Biroq, bu maktabdagi muhit va u yerdagi insonlar uning bu tamoyiliga taʼsir körsatadi.
Maktabda Henri iqtidorli, ammo tengdoşlari tomonidan muntazam kamsitiladigan va ota-onasi tomonidan tuşunilmaydigan Meredit ismli öquvçi qiz bilan tanişadi. Şuningdek, u darsdan taşqari vaqtda köçada xörlangan va fohişalik bilan şuğullanişga majbur bölgan ösmir Erika bilan uçraşib qoladi. Henri unga rahmi kelib, öz uyidan vaqtinça panoh beradi. Ular örtasida ota va qizga xos bölgan ğamxörlik munosabatlari şakllana boşlaydi.
Şu bilan birga, Henri qariyalar uyida vafot etayotgan bobosidan xabar olib turadi. Bobosi köpinça Henrini vafot etgan onasi deb öylaydi, bu esa Henrining bolalikdagi oğriqli xotiralarini — onasining öz joniga qasd qilişi va oiladagi yaşirin fojialarni uyğotadi.
Maktabda Meredit Henriga boğlanib qoladi va undan öziga nisbatan iliqlik kutadi. Bir kuni u darsdan söng Henri bilan yolğiz qolib, unga öz rasmlarini körsatadi va tasalli sörab uni quçoqlaydi. Uşbu holatni boşqa bir öqituvçi notöğri tuşunadi, bu esa Henrining ruhiy muvozanatiga putur yetkazadi. Henri özi asrab yurgan Erikani endi boşqa himoya qila olmasligini tuşunib, uni ijtimoiy xizmat xodimlariga topşiradi.
Filmining oxirida Meredit barça öquvçilar köz öngida zaharlangan keksni isteʼmol qiliş orqali öz joniga qasd qiladi. Bobosining ölimi va Mereditning fojiasidan söng, Henri yolğizlikdan najot topiş maqsadida Erikadan xabar olgani boradi. Yakuniy sahnada Henri böşab qolgan va xarobaga aylangan sinfxonada Edgar Allan Poening „The Fall of the House of Uşer“ asarini öqib beradi, bu esa taʼlim va jamiyatdagi inqirozni ramziy ravişda ifodalaydi.
4Tanqidlar
Rotten Tomatoes şarhlar agregatorida film 75 ta taqriz asosida 57% ijobiy reytingga ega bölib, örtaça ball…

Rotten Tomatoes şarhlar agregatorida film 75 ta taqriz asosida 57% ijobiy reytingga ega bölib, örtaça ball 5,8/10 ni taşkil etadi. Sayt tanqidçilarining umumiy xulosasida şunday deyiladi: „Detaçment filmining maqsadi ezgu bölsa-da, umuman olganda, u özining ehtirosli hayqiriqlariga heç qanday yeçim taklif qilmaydi“. Metacritic saytida film 20 ta tanqidçi şarhiga asoslanib, 100 balldan 52 ballga loyiq körildi, bu esa „aralaş yoki örtaça şarhlar“ni anglatadi.
Rolling Stone naşridan Peter Travers filmga törtdan uç yulduz berib, Adrien Brody, Marcia Gay Harden va Lucy Liularning mahoratini yuqori baholadi. U öz taqrizida: „Detaçment sizga taʼsir qiladi. U qattiq zarba beradi“, — deb yozgan.
Taʼlim sohasida işlaydiganlar uçun kitob va filmlarni tahlil qiluvçi „Student Handouts“ şarhlovçisi şunday deydi: „Uşbu asar Dangerous Minds filmini oddiygina telefilmdek körsatib qöyadi“.
5Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDBMatn: maqola «Detachment» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.