Ismsiz haydovçi kunduzi avtomexanik bölib işlaydi va Gollivudda kaskadyorlik qiladi. Keçasi esa jinoyatçilarni talonçilikdan söng qoçib ketişga yordam beradi. U özini sovuqqon tutadi, lekin qöşnisi Irene va uning öğli Benicio bilan yaqinlaşadi. Irenening qamoqdan qaytgan eri haydovçini million dollarlik talonçilik işiga tortadi.
Film Nicolas Winding Refn rejissyorligida suratga olingan, boş rolni Ryan Gosling ijro etgan. Rollarda Carey Mulligan, Bryan Cranston, Albert Brooks va Ron Perlman ham qatnaşgan. Ssenariy James Sallisning shu nomli romani asosida yozilgan, studiya — MWM Studios. Janri — kriminal neo-nuar triller, elementlari bilan boevik. Film AQŞda 2011-yil 16-sentabrda prokatga çiqqan. Refn 2011-yilgi Kann kinofestivalida eng yaxşi rejissyor mukofotiga sazovor bölgan, Oscar mukofotida esa «Eng yaxşi tovuş tahriri» nominatsiyasida nomzod bölgan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Ryan Gosling, Carey Mulligan, Bryan Cranston
·Ensiklopediyadan
Drive – 2011-yilda Nicolas Winding Refn rejissyorligida suratga olingan jangari drama janridagi Amerika filmi. Film voqealari James Sallisning 2005-yilda yozilgan romaniga asoslangan bölib, film ssenariysini Hossein Amini yaratgan. Boş rol ijroçisi Ryan Gosling filmda öz asosiy işidan taşqari sirli tarzda jinoyatçilarni jinoyat joyidan uzoqroqqa xavfsiz eltib qöyiş bilan şuğullanadigan Gollivudlik haydovçi rolini gavdalantirgan bölib, filmdagi ismi maʼlum qilinmagan. U qisqa muddat içida qöşnisi Irene (Carey Mulligan) va uning ögli Benicio bilan juda yaqin bölib qoladi. Tez orada Irenening qarzga botib ketgan eri Standard (Oscar Isaac) qamoqdan çiqadi va boş qahramon (Ryan Gosling) bilan birgalikda million dollarlik talonçilik uyuştirişadi. Bu esa oxir-oqibat talonçilikda iştirok etgan barçaning hayotini xavf ostida qoldiradi. Filmda, şuningdek, Bryan Cranston, Çristina Hendricks, Ron Perlman va Albert Brooks singari aktyorlar ham rol ijro etişgan.
Prodyuserlar Marc Platt va Adam Siegel Publişers Weeklyning roman haqidagi şarhini öqib çiqqandan söng, uni manba sifatida tanlaşga qaror qilişgan. Kitobni filmga moslaştiriş Amini uçun qiyin keçgan, çunki asarning sujeti xronologik jihatdan tartibsiz bölgan. Plattning uşbu filmda aktyorlik uçun eng muvaffaqiyatli tanlovlaridan biri hisoblangan Ryan Goslingning özi ham asosiy eʼtibor ekşenga qaratilgan loyihada rol ijro etiş niyatida bölganligi uçun filmda boş qahramon böliş taklifini qabul qilgan. Gosling filmning yaratiliş jarayonida ham faol qatnaşib, Refnni rejissyor sifatida va Bet Miklni işlab çiqaruvçi dizayneri sifatida yollaş işlarida ham muhim örin tutgan. Newton Tomas Sigel boşçiligidagi asosiy suratga oliş işlari Los Angelesda 2010-yil 25-sentabrdan 12-noyabrgaça davom etgan.
2011-yil sentyabr oyidagi premyerasidan avval Drive kinofestivallarda namoyiş etilgan. Şu jumladan 2011-yilgi Kann kinofestivalida tomoşabinlar uni örinlaridan turib olqişlaşgan. Refn uşbu festivalning eng yaxşi rejissyor mukofotiga sazovor bölgan. Film undagi rejissyorlik ishi, kinematografiyasi, ijro (ayniqsa Gosling va Brooksning ijrosi), vizual effektlari, voqealar rivoji va musiqiy sayqali uçun eʼtirof etilgan. Biroq, şunga qaramasdan, baʼzi tanqidçilar uning ayrim sahnalari zöravonlikka tarğib qilişi mumkinligidan vahimaga tuşişgan va bu filmning kassa tuşumlaridagi muvaffaqiyatiga salbiy taʼsir körsatiş ehtimoli borligini tahmin qilişgan. Şunga qaramay, film tijoriy jihatdan yaxşigina foyda keltirgan. Byudjeti 15 million AQŞ dollari bölgan bölsa, daromadi 81 milliondan oşgan. Milliy Tahlil Kengaşi (inglizça: National Board of Review) kabi bir qança tanqidçilar Drive ni 2011-yilning eng yaxşi filmlari röyxatiga qöşişgan. Şuningdek, film 84 – Academy Awards marosimida Eng Yaxşi Tovuş Tahriri nominatsiyasi böyiça mukofotga ham sazovor bölgan.
3Syujeti
Los-Anjelesda yaşovçi bir kişi („Haydovçi“ deb tanilgan) mexanik, dublyor va jinoyatçilarning qoçişiga yordam…
Los-Anjelesda yaşovçi bir kişi („Haydovçi“ deb tanilgan) mexanik, dublyor va jinoyatçilarning qoçişiga yordam beradigan haydovçi sifatida işlaydi. Uning barça işlarini avtomobil dökonining egasi Shannon nazorat qiladi. Shannon amerikalik-yahudiy jinoiy guruhi aʼzosi Bernie Rose va uning yarim italyan şerigi Nino „Izzy“ Paolozzini „Haydovçi“ uçun poyga maşinasi sotib olişi kerakligi va bu hammalari uçun qonuniy biznes sifatida poygada qatnaşiş imkonini berişiga işontiradi.
„Haydovçi“ yangi qöşnisi Irene va uning kiçkina öğli Benicio bilan yaqin bölib qoladi, ammo Irenening eri Standard Gabrielning qamoqdan ozod bölişi ularning munosabatlariga nuqta qöyadi. Standard tovon pulini qarzdor bölib qoladi, şu sababli albaniyalik gangster Chris Cook uning uyiga bostirib kirib, unga pöpisa qiladi va qarzidan qutulişi uçun Lombard dökonidan 40 000 dollar ömarib berişini talab qiladi. Chris Cook, şuningdek, Standardga xotini Irene hamda öğli Benicioning hayoti bilan tahdid qiladi. Şu tufayli „Haydovçi“ Blançe va Standardga bu talonçilikda yordam berişni taklif qiladi.
Lombarddan Blançe bir qop pul bilan çiqib keladi, ammo Standardni dökon egasi otib öldiradi. Boşqa bir maşina taʼqib qilib, „Haydovçi“ va Blançe motelga yaşirinişadi. U yerda „Haydovçi“ Blançening sumkasida 1 million dollar borligini, şuningdek bu pulni u Cook boşqa maşinadagi Cookning yordamçilari bilan bölib olişni rejalaştirganliklarini bilib oladi. Cookning yordamçilari bostirib kelib, Blançeni otib taşlaşadi. „Haydovçi“ esa qurollanganlarning ikkisini ham öldiradi.
Shannon pulni yaşiriş kerakligini aytsa ham „Haydovçi“ bunga rozi bölmaydi. U Cookni strip klubiga qadar kuzatib boradi va qiynoqqa soladi, natijada undan talonçilik ortida Nino turganini bilib olişga muvaffaq böladi. „Haydovçi“ Ninoga qönğiroq qilib, pulni qaytarib berişni taklif qiladi va evaziga Nino uni tinç qöyişini söraydi. Nino esa bu taklifni rad etadi. Aksinça Nino „Haydovçi“ va Irene istiqomat qiladigan turar joyga yollanma qotilni yuboradi. „Haydovçi“ ğazablangan Irenega erining ölimiga uning dahli borligini aytadi va ular liftga çiqişadi. Liftda yonlarida turgan kimsa yollanma qotil ekanligini esa payqaşmaydi. Qotilning quroli borligini payqab qolgan „Haydovçi“ Ireneni öpadi va keyin qotilni şafqatsizlarça öldiradi. Buni körgan Irene dahşatga tuşadi.
„Haydovçi“ Shannon bilan körişib qoladi, u Berniega qönğiroq qilib pul haqida söraganini va beixtiyor Irenening ismini aytib yuborganini tan oladi. Ğazablangan „Haydovçi“ Nino ularning ikkalasini ham taʼqib qilayotganini, şu sababli Shannon qoçib ketişi kerakligini aytib ogohlantiradi. Nino Berniega Filadelfiya mafiozi yangi operatsiya taşkil qiliş uçun öşa pullarni lombard dökoniga yaşirganligini aytadi. Şu sababli talonçilikka aloqador bölganlarning hammasi öldirilişi kerak bölib, aks holda Şarqiy qirğoqdagi jinoyatçilik Nino va Berniening böyniga qöyilişi mumkin edi.
Bernie Cookni öldiradi. Shannon „Haydovçi“ning qayerdaligini aytişdan boş tortganida, Bernie uning bilagini ustara bilan kesib taşlaydi. Avtomobil dökoniga borganda „Haydovçi“ Şannonning jasadini körib qoladi. Şundan söng u özining rezinadan tikilgan kaskadyorlar niqobini kiyib olib, Ninoning maşinasini pitsaxonadan Tinç okeani sohilidagi şossegaça taʼqib qilib boradi. Öşa zahoti öz maşinasida Ninoning maşinasini plyaj tomonga urib yuboradi, özini esa okeanga çöktirib öldiradi. Şundan söng Irenega qönğiroq qilib, boşqa uçraşmasliklarini, u va öğli Benicio bilan ötkazgan vaqtlari hayotining eng gözal davrlari bölganligini aytadi.
„Haydovçi“ Bernie bilan körişadi, Bernie esa pul evaziga Irenening xavfsiz bölişiga kafolat berişini vaʼda qiladi. „Haydovçi“ maşinasining yukxonasidan pullarni olib berayotganida Bernie uning qorniga piçoq uradi. Biroq keyin „Haydovçi“ Bernieni piçoqlab öldiradi va uning jasadi hamda pullarni öşa yerda qoldirib, maşinasida u yerdan ketadi. Irene „Haydovçi“ning kvartirasi eşigini taqillatadi va heç kim javob bermagaç, qaytib ketadi. Oğir yaralangan „Haydovçi“ tunga qadar maşina haydab, közdan ğoyib böladi.
4Rollarda
Ryan Gosling—"Haydovçi"…
Ryan Gosling—"Haydovçi" rolida
Carey Mulligan—Irene Gabriel obrazida
Bryan Cranston—Shannon obrazida
Albert Brooks—Bernie Rose obrazida
Oscar Isaac—Standard Gabriel rolida
Çristina Hendricks—Blançe rolida
Ron Perlman—Nino „izzy“ Paolozzi obrazida
Kaden Leos—Benicio Gabriel rolida
James Biberi—Chris Cook obrazida
Russ Tamblyn—Doc rolida
5Jarayon
James Sallisning Drive romani 2005-yilda naşrdan çiqqan.. Siegel Publişers Weeklyda asar haqidagi…

James Sallisning Drive romani 2005-yilda naşrdan çiqqan.. Siegel Publişers Weeklyda asar haqidagi tafsilotlarni öqib qolgaç, prodyuserlar Marc Platt va Adam Siegel şu asarni tanlaşga qaror qilişgan. „Haydovçi“ obrazi Siegelni qiziqtirib qöygan, negaki bu obraz „siz boşqa joyda kamdan kam köradigan odam – u maqsadi bor odam; u bor yöği bitta işni qoyillatar edi va bundan heç qaçon afsuslanmasdi“. Qahramon Plattni ham qiziqtirgan, sababi u Plattga, odatda, Steve McQueen yoki Clint Eastwood tomonidan ijro etiladigan va bolaligidan havas qilib katta bölgan kino qahramonlarini eslatib yuborgan.
6Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDBMatn: maqola «Drive» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.