LʼEclisse (Tutiliş; italyança: Lʼeclisse) — 1962-yilda Miçelangelo Antonioni tomonidan suratga olingan Italiya va Fransiya hamkorligidagi romantik drama filmi. Filmda boş rollarni Alain Delon va Monica Vitti ijro etgan. Film 1962-yilda Cannes kinofestivalida Hakamlar hayʼatining maxsus mukofotiga sazovor böldi va „Oltin palma novdasi“ga nomzod böldi.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Alain Delon, Monica Vitti, Francisco Rabal
3Syujeti
Iyul oyidagi duşanba tongi. Rimdagi kvartirada tun böyi davom etgan suhbat nihoyasiga yetgan edi, yoş…
Iyul oyidagi duşanba tongi. Rimdagi kvartirada tun böyi davom etgan suhbat nihoyasiga yetgan edi, yoş tarjimon Vittoria sevgilisi Riccardo bilan munosabatlariga nuqta qöyadi. Riccardo uni qolişga köndirmoqçi böladi, ammo Vittoria endi uni sevmasligini aytib, eşikni yopib çiqib ketadi. Huvillagan köçalarda yolğiz kezayotgan qizga Riccardo yetib oladi va uyigaça kuzatib qöyadi. Ular şu yerda xayrlaşadi.
Şu kuni Vittoria onasini izlab Rim fond birjasiga kirib keladi va yoş birjaçi Piero bilan tanişadi. Piero uning onasi uçun işlar edi. Orada Rim fond birjasi qulaydi va onasi taxminan 10 million lira yöqotadi. Piero Vittoriani özining maşinasida onasining uyiga olib boradi va yölda uni öpmoqçi böladi, ammo Vittoria uni rad etadi.Köp ötmay, kutilmagan hodisa yuz beradi, Pieroning maşinasini qandaydir mast kimsa öğirlab qoçadi. Ertasi kuni tong otganda esa, fojia yuz bergan köl böyida har ikkisi jim qotib turişardi. Ularning nigohi suv qaʼridan kran yordamida sekin asta yuqoriga kötarilayotgan temir matohga va uning içida qolib ketgan öşa baxtsiz kimsaning jonsiz tanasiga qadalgan edi, ammo bu mudhiş manzara ham ularning sukunatga burkangan qalblarida heç qanday aks sado bermaydi.
Aynan şu hodisa ularni bir-biriga yaqinlaştirgan riştaga aylanadi. Piero qizni ota-onasining uyiga taklif qiladi va ular birga bölişadi. Ammo Vittorianing içki dunyosi hamon begonalarça sovuq va daxlsiz edi. Keyinçalik, tepalikda turişganida Piero nikoh haqida söz oçgan lahzada, qiz tuşunarsiz va alamli ohangda, „Qaniydi seni sevmasam yoki ança köproq sevsam“ deydi. Pieroning esa daryoday jöşib turgan tuyğulari qarşisida qizning öz olamiga berkinib, hislarini bunday ğalati ifodalaşidan toqati toq böladi.
Şunga qaramay, ular har kuni uçraşib turişga ahd qilişadi. Navbatdagi uçraşuv yangi qurilayotgan bino yonida, har doimgidek soat keçki sakkizga belgilangan edi. Biroq, 1961-yilning 10-sentabri, yakşanba oqşomida bu yerga ikkalasi ham kelmaydi. Film xuddi şu nuqtada, tomoşabinni yana öşa taniş va kimsasiz manzaralarga qaytariş bilan yakun topadi, sahna uzra şamolda mayus şitirlayotgan daraxtlar, bekatda maqsadsiz avtobus kutayotgan odamlar birin-ketin köz oldimizdan ötadi, osmon bağriga asta sekin tun pardasi yoyilib, köça çiroqlari birma bir yona boşlaydi.
4Işlab çiqariş
Film ssenariysi Miçelangelo Antonioni, Tonino Guerra, Elio Bartolini va Ottiero Ottieri tomonidan hamkorlikda…

Film ssenariysi Miçelangelo Antonioni, Tonino Guerra, Elio Bartolini va Ottiero Ottieri tomonidan hamkorlikda yozilgan. Robert va Raymond Hakim prodyuserlik qilgan uşbu kartina „Interopa Film“, „Cineriz“ hamda „Paris Film Production“ kompaniyalari hamkorligida işlab çiqarilgan. Rim va Verona şaharlarida suratga olingan filmning dialoglari italyan va ingliz tillarida olib boriladi.
Rejissyor Antonioni Florensiyada Quyoş tutilişini tasvirga olganidan söng, unda „LʼEclisse“ filmi ğoyasi tuğilgan. Mazkur film Miçelangeloning „LʼAvventura“ (1960) va „La Notte“ (1961) kartinalaridan iborat norasmiy trilogiyasining yakuniy qismi hisoblanadi. Tasvirga oliş guruhida operator Gianni Di Venanzo, montaj ustasi Eraldo Da Roma va bastakor Giovanni Fusco faoliyat olib borgan.
Film ilk bor 1962-yil 12-aprelda Italiyada, öşa yilning 25-avgustida esa Fransiyada katta ekranlarga çiqdi. Tijoriy körsatkiçlarga köra, film Italiyada 305 million lira daromad keltirdi, Fransiyada esa tomoşabinlar uşbu film uçun 470 764 ta çipta sotib olgan.
Film 1962-yilgi Cannes kinofestivalida Hakamlar hayʼatining maxsus mukofotini qölga kiritdi va „Oltin palma novdasi“ uçun nomzod böldi. 2008-yilda film Italiya Madaniy meros vazirligining „Saqlab qolinişi kerak bölgan 100 ta Italiya filmi“ röyxatiga kiritildi. Mazkur röyxatdan 1942–1978-yillar oraliğida suratga olingan hamda mamlakatning jamoaviy xotirasi (tarixiy tafakkuri) şakllanişiga kuçli taʼsir körsatgan filmlar joy olgan.
5Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDBMatn: maqola «L'Eclisse» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.