Fotima va Zuhra — yozuvçi Ölmas Umarbekov tomonidan yozilib, 1994-yilda naşr etilgan detektiv yönalişdagi roman. Asar qahramonlari „Şifokor“ jamoa xöjaligi raisi Sultonov, Abdulla, Hamidulla, Fotima, Zuhra va boşqalar. Asarda mustaqillik davrigaça bölgan davrdagi ijtimoiy vaziyat, mafiyaning avj olayotgani va ularni qöllab-quvvatlayotgan rahbarlar mavzusi bir oilaning parokanda bölib ketişi fonida aks ettiriladi. Asarning ötkir sujeti, realligi kitobxonning asarga nisbatan qiziqişi va tuşunişini osonlaştiradi. Asar boş qahramonlaridan biri Zuhra oilasi uçun qasos oliş niyatida dadil harakat qiladigan matonatli qiz sifatida gavdalantirilgan. Qahramonlardan biri mayor Qodirjon Aliyev esa davlat va qonun himoyaçisi sifatida öziga berilgan topşiriqni vijdonan bajaradi. Hatto oila aʼzolarini xavfga qöyib, Sultonovning qilmişlarini tagiga yetadi. Yozuvçi ikki qahramon: Sultonov va Aliyev orqali yaxşilik va yomonlik, nafs va vijdon, halollik va nopoklik kabi bir-biriga qarama — qarşi tuyğular konfliktini namoyon qiladi. Bundan taşqari, „Fotima va Zuhra“ romani öz davrining dolzarb ijtimoiy muammolari ham oçiqçasiga yoritilgan. Ayni şu jihat asarning qiziqarliligi va öqişliligini oşirgan.
1Rollarda
2Film
Asar asosida 2005-yilda kinofilm suratga olingan. Film ssenariysini „Fotima va Zuhra“ motivlariga asoslangan…
Asar asosida 2005-yilda kinofilm suratga olingan. Film ssenariysini „Fotima va Zuhra“ motivlariga asoslangan holda Bahrom Yoqubov hamda Uluğbek Zufarovlar yozgan. Postanovkaçi rejissor — Bahrom Yoqubov, prodyuser — Avaz Tojixonov. Filmdagi Fotima rolini aktrisa Gulçehra Eşonqulova, Zuhra rolini esa aktrisa va qöşiqçi Şahzoda ijro etgan. Filmda yana maşhur özbek aktyor va aktrisalaridan Ubaydulla Omon, Raʼno Zokirova, Uluğbek Qodirov, Lutfulla Saʼdullayevlar rol ijro etgan.
Matn: maqola «Fotima va Zuhra (film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.
