«Funny Games» (rus. «Zabavnye igry», ingl. Funny Games) — avstriyalik rejissyor Michael Haneke tomonidan 1997-yilda suratga olingan eksperimental film. Film tomoşabinlar va kino tanqidçilari orasida köplab qarama-qarşi fikrlarga sabab bölgan hamda Michael Hanekening eng bahsli asarlaridan biri hisoblanadi.
Aynan 10 yil ötgaç, Michael Haneke özining şu filmini qayta suratga oladi. Uning nomi va syujeti avvalgisiga töliq öxşaş böladi. Farqlar faqat aktyorlar tarkibi va filmning ingliz tilida suratga olinib, voqeaning AQŞ ga köçirilganida edi.
1Rollarda
Susanne Lothar, Ulrich Mühe, Arno Frisch
2Syujet
Körkam köl böyidagi şahar taşqarisidagi uyiga er, xotin va 10 yoşli öğli keladi. Ularning oldiga qöşnilarning…
Körkam köl böyidagi şahar taşqarisidagi uyiga er, xotin va 10 yoşli öğli keladi. Ularning oldiga qöşnilarning mehmonlari sifatida taniştirgan ikki yoş yigit keladi. Ikkalasining qölida oq qölqop bor. Yigitlar özlarini ovutmoqçi böladi. Ular itni öldirib, uy egalariga garov taklif qilişadi.
3Aktyorlar
Susanne Lothar —…
Susanne Lothar — Anna
Ulrich Muhe — Georg
Arno Frisç — Paul
Stefan Clapczynski — Georgy
Frank Giering — Peter
Doris Kunstmann — Gerda
Christoph Bantzer — Fred
Monika Zellinger — Eva
Wolfgang Gluck — Robert
4Mukofotlar va nominatsiyalar
1997 — Kann kinofestivalining «Oltin palma şoxi» uçun…
1997 — Kann kinofestivalining «Oltin palma şoxi» uçun nominatsiya
1998 — Fantasporto kinofestivalining ikkita mukofoti: tanqidçilar mukofoti va hakamlar hayʼatining maxsus mukofoti
5Film haqida faktlar
Michael Haneke dastlab filmni AQŞ da suratga olmoqçi edi, lekin moliyaviy sabablarga köra u öz mamlakatidan…

Michael Haneke dastlab filmni AQŞ da suratga olmoqçi edi, lekin moliyaviy sabablarga köra u öz mamlakatidan çiqmasdan suratga olişga majbur böldi. 10 yil ötgaç u nihoyat şu syujet asosida filmni AQŞ da suratga oladi.
Film Kann kinofestivalida namoyiş etilgan. Film örtasiga kelib tomoşabinlarning uçdan bir qismi zalni tark etgan.
Jak Rivet filmga juda salbiy baho berib, uni «şarmandalik» va «axlat» deb atagan.
Filmda bir neçta metasahna mavjud bölib, unda qotillardan biri göyo filmning özini boşqarayotgandek körinadi.
6Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDBMatn: maqola tarjimasi «Забавные игры (фильм, 1997)» — rusça Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.