Gifted — 2017-yilda işlab çiqarilgan AQŞ drama filmi. Filmga Marc Webb rejissyorlik qilgan bölib, film ssenariysi Tom Flynn tomonidan yaratilgan. Filmdda boş rollarni Chris Evans, Mckenna Grace, Lindsay Duncan, Jenny Slate hamda Octavia Spencer ijro etişgan.
Film voqelari intellektual jihatdan juda isteʼdodli yetti yoşli qizning uning toğasi hamda buvisi örtasidagi vasiylik uçun kuraş mavzusiga bağişlangan.
Film 2017-yil 7-aprelda Fox Searchlight Pictures tomonidan namoyiş etilgan hamda dunyo böylab 43 million dollar daromad qilgan. 23-Critics' Choice Awardsda Grace Eng yaxşi yoş aktyor/aktrisa nominatsiyasiga davogarlik qilgan. Film tanqidçilar tomonidan turli xil fikrlarni olgan. Tanqidçilar Evans hamda Gracening ijrosini yuqori baholaşgan, ammo film voqealarini oldindan tahmin qiliş mumkinligini taʼkidlaşgan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Chris Evans, Mckenna Grace, Lindsay Duncan
3Işlab çiqarilişi
2014-yilning dekabr oyida Tom Flynnning ssenariysi öşa yilgi „Black listga“ kirgan 70 ta ssenariydan biri…

2014-yilning dekabr oyida Tom Flynnning ssenariysi öşa yilgi „Black listga“ kirgan 70 ta ssenariydan biri bölgan. 2015-yilning avgust oyida Chris Evans filmda boş rolni ijro etişi, rejissyorlikka esa Mark Webb çaqirilgani eʼlon qilingan. 2015-yil sentabr oyida Mckenna Grace, Octavia Spencer, Linsday Duncan va Jenny Slate aktyorlar tarkibiga qöşilişgan. 2015-yil noyabr oyida esa July Ann Emery ham filmda iştirok etişi maʼlum bölgan.
Suratga oliş işlari 2015-yilning oktyabr oyida Georgia ştatining Savannah şahrida hamda Tybee orolida boşlanib, 2015-yilning noyabrida yakunlangan. Maxsus joylar sifatida Georgianing Wilmington orolidagi May Howard boşlanğiç maktabi hamda Atlantaning Emory universiteti tanlangan.
Matematik Jordan Ellenberg film uçun matematika böyiça maslahatçi sifatida iştirok etgan. Webb uning The Wall Street Journal gazetasida çop etilgan maqolasini öqib çiqqaç, unga murojaat qilib, öz tajribalarini baham körişni söragan. Ellenberg, şuningdek, filmda böliniş funksiyasi va Ramanujan kongruensiyalari haqida maʼruza qilayotgan professor rolida epizodik çiqiş ham qilgan.
4Namoyiş etilişi
Film dastlab 2017-yil 12-aprelda premyera qilinişi rejalaştirilgan. Keyinroq premyera sanasi 2017-yil…
Film dastlab 2017-yil 12-aprelda premyera qilinişi rejalaştirilgan. Keyinroq premyera sanasi 2017-yil 7-aprelga köçirilgan.
5Daromadi
Film AQŞ hamda Kanadada jami 24.8 million dollar daromad qilgan. Dunyo böylab esa 18.3 million dollar daromad…
Film AQŞ hamda Kanadada jami 24.8 million dollar daromad qilgan. Dunyo böylab esa 18.3 million dollar daromad keltirib, jami 43.1 million dollar daromad qilgan. Film byudjeti 7 million dollarni taşkil qilgan. Film özining ilk premyera haftasida jami 56 ta kinoteatrlarda premyera qilinib, AQŞ hamda Kanadadagi daromadi böyiça 16-örinda bölgan. Keyinçalik köproq kinoteatrlarda ham seanslar qöyilib, mamlakat böylab keyingi 4 haftada daromadi böyiça top 10 talikda bölgan.
6Tanqidiy qabul
Rotten Tomatoes web saytiga köra film 181 nafar tanqidçidan 73 foiz ovoz töplab örtaça reytingda 10 dan 6.4…
Rotten Tomatoes web saytiga köra film 181 nafar tanqidçidan 73 foiz ovoz töplab örtaça reytingda 10 dan 6.4 ballni qölga kiritgan. Web sayt film haqida „garçi film jajji boş qahramoni kabi yorqin bölmasa-da, aktyorlar tarkibi odatiy voqealar asosidagi dramaning yetarliça qiziqarli çiqişini taʼminlagan“ deya izoh bergan. Metacritic sayti esa 33 nafar tanqidçi fikrlariga köra filmga 100 balldan 60 ball berib filmni örta darajadagi film sifatida körsatgan.
7Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDBMatn: maqola «Gifted (2017 film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.