⌕
Film

Ilhaq

1900
hali baho yöq

Ilhaq — 2020-yilda suratga olingan özbek harbiy drama filmi. Film rejissori va ssenariy muallifi — Jahongir Ahmedov. Özbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan işlangan. Uşbu film „Belarusfilm“ kinostudiyasi bilan qöşma hamkorlikdagi birinçi loyiha sanaladi. Film ijodkorlarining taʼkidlaşiça, ssenariy Zulfiya Zokirovaning „Umr“ asari asosida yaratilgan. Unda Uluğ Vatan uruşi davrida beş farzandini yöqotgan onaning matonati haqida hikoya qilinadi. Boş rollarda Dilorom Karimova, Tohir Saidov, Dilrabo Mirzayeva, Fotih Nasimov va Husan Raşidov iştirok etişgan. Film katta ekranlarga 2019-yil 21-oktabrdan namoyiş etilgan.

2020-yil 9-may kuni Özbekistonning barça telekanallarida, jumladan, „Sevimli TV“, „MY5“, Zör TV", „Milliy TV“ Uluğ Vatan uruşining 75-yilligiga bağişlangan hayotiy voqealar asosida suratga olingan „Ilhaq“ filmining premerasi bölib ötdi. Film Özbekistonda birinçi bölib COVID-19 pandemiyasi tufayli çeklovlardan söng kinoteatrlarda namoyiş etildi.

Ilhaq filmi boşqa tillarga ham tarjima qilingan, hususan ingliz va rus tilida subtitr şaklida tayyorlangan, bundan taşqari toijik tilida ham namoyiş etilgan. Özbekiston Turizm va madaniyat vazirligi qoşidagi Kinematografiya agentligi xabariga köra Ilhaq" kinokartinasini qozoq, turkman, qirğiz tillariga tarjima qiliş rejalaştirilgan.

⇄ Boşqa film bilan solishtirish
1

Rollarda

Yigitali Mamajanov
JAJahongir AhmedovrejissyorYMYigitali Mamajanovaktyor
2

Mazmuni

„Ilhaq“ filmi real voqealarga asoslangan. Filmda Zulfiya Zokirovaning Ikkinçi jahon uruşi davridagi hayoti…

„Ilhaq“ filmi real voqealarga asoslangan. Filmda Zulfiya Zokirovaning Ikkinçi jahon uruşi davridagi hayoti hikoya qilinadi. Zulfiya barça öğillarini uruşga jönatadi, lekin ularning hammasi halok böladi. Ulardan törttasining rafiqalari bor edi, keyinçalik ular boşqa turmuş qurişmaydi. Zulfiya aya qora maktublar olsa ham, umrining sönggi kunlarigaça farzandlarining qaytişiga umid qiladi. Filmi söngida esa Rossiyda halok bölgan uruş qaharamonlarining qabri haqidagi maʼlumotlar va manaşu yodgorliklar tasviri bilan tugaydi.

3

Yaratiliş tarixi

„Ilhaq“ filmi Özbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan 2019-yilda Uluğ Vatan uruşining 75…

„Ilhaq“ filmi Özbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan 2019-yilda Uluğ Vatan uruşining 75 yilligi munosabati bilan yaratilgan.

FMazkur filmni suratga oliş „EZGU Film“ kinokompaniyasiga yuklangan. Aktyor sifatida Özbekiston va Belarusning eng maşhur madaniyat arboblari rol ijro etişgan.

„EZGU Film“ kino maydonçasida öşa davr muhiti qayta jonlanadi. Belorussiyadan kelgan ijodiy jamoa bilan hamkorlikda 5 gektar maydonda dekorasiya barpo etiladi: şahar va jang maydonlari. Ikkinçi jahon uruşi binolari qad rostlaydi va xuddi öşa davrga moslab quriladi.

4

Rollarda

Dilorom Karimova — Zulfiya…

Dilorom Karimova — Zulfiya Zokirova

Dilrabo Mirzayeva — Hidoyat

Fotik Nasimov — Muhammadjon Xolmatov

Maʼrifat Ortiqova — Lazokat

Dilnavoz Ahmedova — Hamroniso

Tohir Saidov — Mardon rais

Raʼno Zokirova — Nazira

Xusan Raşidov — Vahobjon Xolmatov

Bunyod Rahmatullayev — Yusufjon Xolmatov

Iskandar Elmurodov — Ahmadjon Xolmatov

Yigitali Mamadjonov —Şokir Muhammadjoni dösti

Viktor Boguşeviç

Alla Poplavskaya

Lolita Toborko

Ilona Rayenko

Dmitriy Maşko

Gennadiy Çurikov

Yekaterina Ermaloviç

Konstantin Pronkin

Mixail Kaminskiy

Nikita Kratoviç

Aleksandr Orlovskiy

Aleksandr Tkaçenok

5

Suratga oliş guruhida

Boş produser -Özbekiston kinematografiya agentligi, boş direktori Firdavs…

Boş produser -Özbekiston kinematografiya agentligi, boş direktori Firdavs Abduxoliqov

Ijroçi produser — Zafar Yöldoşev

Postakovkaçi-rejissor — Jahongir Ahmedov

Ssenariy mualliflari — Jahongir Ahmedov, Hasan Toşxöjayev

Postanovkaçi-operator — Jahongir Ibragimov

Postanovkaçi-rassom — Bahriddin Şamsuddinov

Bastakor — Doniyor Agzamov

Liboslar böyiça dizayner — Zuhra Ğaniyeva

Pardozlaş böyiça rassom — Zilola Sobirova

Kasting direktori — Zafar Asqarov

Montaj rejissori — Davlat Arabşoyev

Ovoz rejissori — Anvar Fayzullayev

Produser — Zafar Yöldoşev

Loyiha rahbari — Firdavs Abduholiqov

Kartina direktori- Hotam Hamroyev

6

Post-production

„Ilhaq“ filmi musiqasi Doniyor Agzamov tomonidan yozilgan. Ovoz rejissori Anvar Fayzullayev, Ovoz dizayni…

„Ilhaq“ filmi musiqasi Doniyor Agzamov tomonidan yozilgan. Ovoz rejissori Anvar Fayzullayev, Ovoz dizayni Doniyor Agzamov. SineLab Dolby Digital 5.1. post-prodakşn kompaniyasi ovoz kompleksi.

7

Mukofot va nominatsiyalar

„Listopad“ („Ilhaq“ filmi uçun) xalqaro kinofestivalining Gran-pri sovrindori…

„Listopad“ („Ilhaq“ filmi uçun) xalqaro kinofestivalining Gran-pri sovrindori (2021)

„Oltin Humo“ Milliy kinofestivalining „Eng yaxşi film uçun“ nominasiyasi ğolibi (2021)

„Oltin Humo“ milliy kinofestivalining „Eng yaxşi ayol roli uçun“ nominasiyasi ğolibi (2021) (Dilorom Karimova)

„Oltin Humo“ milliy kinofestivalining „Eng yaxşi operatorlik ishi uçun“ nominasiyasi ğolibi (2021) (Jahongir Ibrohimov)

„Oltin Humo“ Milliy kinofestivalining „Eng yaxşi liboslar dizayneri“ nominasiyasi ğolibi (2021) (Zuhra Ğaniyeva)

„Oltin Humo“ Milliy kinofestivalining „Eng yaxşi pardozlaş böyiça rassom“ nominasiyasi ğolibi (2021) (Zilola Sobirova)

„Oltin Humo“ milliy kinofestivalining „Eng yaxşi ovoz rejissori uçun“ nominasiyasi ğolibi (2021) (Anvar Fayzullayev)

Matn: maqola «Ilhaq» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

Film yangiliklarini qoldirmang«Kuzatish» tugmasini bosing — yangi treyler, sana va kinoteatrlarga çiqişi haqida xabar beramiz.