Bahorni quvib (inglizça: In Pursuit of Spring) – Özbekfilm kinostudiyasida 2025-yil Ayub Şahobiddinov tomonidan suratga olingan psixologik drama. Filmda boş rollarni Raʼno Şodiyeva, Ilhom Berdiyev va Anvar Kartayev ijro etgan bölib, uning dunyo premyerasi Xitoyda SCO Film Festivali doirasida bölib ötdi hamda film Eng yaxşi aktrisa nominatsiyasida taqdirlandi. Film uzoq yillik quvğinda bölgan ayolning qişloğiga qaytişi va jamiyat bosimi, xotiralari hamda yöqotişlari bilan yuzma-yuz kelişi haqida hikoya qiladi.
Bahorni Quvib bir neçta xalqaro festivallarda kritiklar tomonidan yaxşi baholandi, şuningdek 2025-yilgi VI Lendoc Film Festivalida Eng yaxşi aktrisa va Eng yaxşi ssenariy nominatsiyalarida ğolib böldi. Film 56-Xalqaro Hindiston Kinofestivalining Dunyo Kinosi doirasida 2025-yil 23-noyabr kuni Goada namoyiş etilgan. Şuningdek, u 28-noyabr sanasida Eronning 43-Fajr Xalqaro Kinofestivalida ham namoyiş etilgan.
1Rollarda
Raʼno Shodiyeva
2Syujeti
Rohat Şukurova uzoq pillar quvğinda bölgan qiyinçiliklardan keyin olis Arçali qişloğiga qaytib boradi. Bir…
Rohat Şukurova uzoq pillar quvğinda bölgan qiyinçiliklardan keyin olis Arçali qişloğiga qaytib boradi. Bir paytlar yoşligi va muhabbatini yançib taşlagan Sovet davri skandallari uni hamon bezovta qilar ekan, jamiyatda haligaça özgarmay qolgan baʼzi çandiqlar bilan yuzma-yuz kelişiga töğri keladi. Rohatning qişloqdagilar bilan yana aloqaga kirişişi fonida film çidamlilik, keçirimlilik va tinçlikka bölgan intilişning şaxsiy portretlarini körsatib beradi.
3Aktyorlari
Raʼno Şodiyeva Rohat Şukurova…
Raʼno Şodiyeva Rohat Şukurova rolida
Raʼno Ahmadjonova Rohat Şukurovaning yoşligi
Ilhom Berdiyev Qudrat Ramazonov va uning öğli Nodir Ramazonov rolida
Anvar Kartayev Xojiqulov rolida
Farina Oybekzoda Rohatoy rolida
Bahora Arslonova Oygul, Nodir Ramazonovning ayoli rolida
Anna Petyayeva Larisa Şevçenko rolida
4Işlab çiqarilişi
Film ssenariysi maşhur Özbek yozuvçisi Erkin Aʼzam tominida yozilgan bölib, ssenariyda quvğinda yurişning…

Film ssenariysi maşhur Özbek yozuvçisi Erkin Aʼzam tominida yozilgan bölib, ssenariyda quvğinda yurişning inson umri badali va çidamlilik singari mavzularga urğu berilgan.
Suratga oliş işlari asosan Boysun tumanida, anʼanaviy landşaft va tarixiy izlardan foydalanilgan xolda tasvirga olingan. Rejissyor Ayub Şahobiddinov vizual ton va atmosferaning öziga xosligiga urğu bergan. Film postanovkaçi operatori Diyor Ismatov.
Film Özbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan Özbekfilm kinostudiyasida işlab çiqarilgan.
5Reliz
Bahorni Quvib filmi 2025-yilning Iyun oyida Bişkek Xalqaro Kinofestivalida ilk bor namoyiş etilgan.…
Bahorni Quvib filmi 2025-yilning Iyun oyida Bişkek Xalqaro Kinofestivalida ilk bor namoyiş etilgan. Keyinçalik boşqa köplab festivallarda iştirok etgan.
6Kritik tahlil
Özbek kritiklari filmning emotsional boyligi va qişloq hayotining tabiiy yoritilganligiga urğu berişgan.…

Özbek kritiklari filmning emotsional boyligi va qişloq hayotining tabiiy yoritilganligiga urğu berişgan. Oyina jurnalida kinotahlilçi Şohida Eşonboboyeva yozişiça film "yoş umri hasad olovida kuydirilgan, hatto sevgani ham bir umrlik „tamğa“dan asray olmagan bir özbek qizi qismati ölaroq, bir qavmning unib ösolmay, kökarolmay, boğiçini yeçolmay qolgan, qolayotgan farzandlari taqdiri" töğrisida va filmning boş qahramoni Rohat Şukurovani jonlantirgan aktrisa Raʼno Şodiyevaning ijrosi karyerasidagi eng yaxşi ijrolardan biri bölgan. Film psixologik realizm va ramziy tasvirlar orqali xotira hamda keçirim örtasidagi içki ziddiyatni yoritadi. Filmning ötib boriş surʼati va operatorlik işlari vaqt ötişini hamda hissiy yakkalanişni aks ettiradi. Rejissor Şahobiddinovning minimalistik uslubi taşqi emas, balki içki kuraşga eʼtibor qaratib, Bahorni quvib filmiga zamonaviy özbek kinosining sokin, biroq taʼsirçan namunasi sifatida alohida ohang bağişlaydi.
7Sovrinlari
Bahorni Quvib filmi dunyo böylab köplab festivallarda turli xil mukofotlari qölga…
Bahorni Quvib filmi dunyo böylab köplab festivallarda turli xil mukofotlari qölga kiritgan.
Matn: maqola «Bahorni quvib» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.