Kavkaz asirasi yoxud Şurikning yangi sarguzaştlari (rusça: Кавказская пленница; töliq nomi: Кавказская пленница, или Новые приключения Шурика
) — 1967-yilda suratga olingan romantik komediya. Aleksandr Puşkinning "Kavkaz asiri" nomli poemasiga va Lev Tolstoyning xuddi şu nomli hikoyasiga asoslangan. Filmning özbekça dublyajiga Omon Abdurazzoqov, Yoqub Ahmedov, Dias Rahmatov, Mukambar Rahimova, Amin Turdiyev, Rauf Boltayev, Tölqin Tojiyev, Öktam Luqmonova kabi aktyorlar ovoz berişgan.
1Rollarda
Aleksandr Demyanenko, Natalya Varley, Frunzik Mkrtchyan
2Syujeti
Şurik toğli hududlardan biriga ilmiy va etnografik ekspeditsiyaga boradi. Qahramon toğ marosimlari va xalq…
Şurik toğli hududlardan biriga ilmiy va etnografik ekspeditsiyaga boradi. Qahramon toğ marosimlari va xalq oğzaki ijodini, jumladan, tostlarni örganiş niyatida. Birinçi kunning özidayoq maʼlum bölişiça, Kavkazda tostlar janrini örganiş örganilayotgan material bilan amaliy tanişişni talab etadi. Yoş olimning tostlarga bölgan qiziqişidan xabar topgan mahalliy aholi Şurikka marosimlar yordamida mavzuni özlaştirişga yordam berişga tayyor ekanliklarini bildiradilar. Özining mast bölib qolganidan bexabar Şurik, tumandagi madaniyat saroyining oçilişiga halal beradi va militsiyaga tuşib qoladi. U yerdan Şurikni tuman rahbari örtoq Saaxov olib çiqadi. U Şurikni „yirik ilmiy xodim, aqliy mehnat odami“ deb ataydi, voqeaning özi esa „işdagi baxtsiz hodisa“ deb ataladi.
Örtoq Saaxovning qöllab-quvvatlaşi va maqtovlari Şurikni yöldan ozdiradi. Qahramon, taʼtilga kelgan Pedagogika instituti talabasi Ninaning gözalligini qadrlagan tuman miqyosidagi amaldor amakisi Jabrail bilan savdolaşganidan, aslida qöylar podasi va fin muzlatgiçi evaziga „kelin öğirlaş“ga aralaşib qolganidan şubhalanmaydi. Saaxov „komsomolçi, sportçi va gözal“ Ninani toğ daryosi ustida joylaşgan mustahkam uyiga olib ketmoqçi. Buning uçun amaldor Nina bilan şaharga kiraverişda uçraşgan Şurikni „kelin öğirlaş bilan boğliq qandaydir sahnalaştirilgan marosimga“ jalb qiladi. Saaxovning „sovçilari“ sifatida uçlik — „qörqoq, axmoq va barzangi“ örtaga çiqadi.
Şurik Ninaning qamoqqa olinişi bilan boğliq vaziyatda beixtiyor „satrapning xizmatkori“ bölib çiqqanini bilib qoladi. Eʼtiroz bildirmoqçi bölganida, Saaxov isyonçini ruhiy kasalliklar şifoxonasiga joylaştiriş uçun bahona yaratadi. Qahramon kasalxonadan qoçib, haydovçi Edik bilan birga tuman rahbari uçun tomoşa qöyadi: Çaykovskiyning „Oqquş köli“ baletini televizorda tomoşa qilayotganda, uning uyida çiroqlar öçadi va Saaxovni „qadimgi toğlar qonuniga binoan“ jazolaşga vaʼda bergan şaxslar paydo böladi. Saaxov qoçişga urinib, deraza oldiga yugurganida, unga miltiqdan tuz otişadi.
Keyingi epizod xalq sud zalida bölib ötadi. Uçlik, Jabrail va Saaxov sud qilinadi. Qörqoqning („Yaşasin bizning sudimiz, dunyodagi eng odil sud!“) sözidan keyin sudya hozir bölgan barçani ötirişga taklif qiladi. Saaxov, „ötira olmaydi“. Film oxirida Nina, Şurik va eşak şahar taşqarisiga çiqadigan yöl böylab yurişadi. Burilişdan mikroavtobus paydo böladi, u sahna ortida yangrayotgan „Ayiqlar haqida qöşiq“ ostida „Kavkaz asirasi“ni olib ketadi. Uning „öğirlab ketuvçisi va qutqaruvçisi“ Şurik eşakka minib boradi.
3Linklar
Kavkaz asirasi…
Kavkaz asirasi AllMovieda
Kavkaz asirasi IMDbda
Kidnapping, Caucasian style (Wayback Machine saytida 2013-11-11 sanasida arxivlangan) Mosfilm saytida
4Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDBMatn: maqola «Kavkaz asirasi» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.