Léon Nyu-Yorkda yaşovçi professional yollanma qotil bölib, özini samarali «tozalovçi» sifatida tanitgan. Qöşnilari giyohvand moddalarni nazorat qiliş boşqarmasining nazoratdan çiqqan agenti tomonidan öldirilgaç, u istamay 12 yoşli Matilda Landoning homiysiga aylanadi. Oradan köp ötmay Matilda qasos olişni öylay boşlaydi va Léonning izidan borişni xohlaydi.
Filmni yozuvçi va rejissyor Lyuk Besson suratga olgan. Boş rollarni Jan Reno, Gari Oldman va debyut qilgan Natali Portman ijro etgan. Film ingliz tilida suratga olingan bolib, triller, drama va detektiv janrlariga kiradi. Produksiyasi Gaumont studiyasi tomonidan amalga oşirilgan. Film 1994-yil 14-sentyabrda Fransiyada, 18-noyabrda esa AQŞda prokatga çiqqan. Bu Bessonning beşinçi töliq metrajli filmi bölgan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Natalie Portman, Jean Reno, Gary Oldman
·Ensiklopediyadan
Léon: The Professional (AQŞdan taşqarida Leon deb nomlangan) — 1994-yilda çiqqan ingliz tilidagi fransuz jangovar-triller janridagi film. Film yozuvçi va rejissyor Lyuk Besson tomonidan suratga olingan. Unda boş rollarni Jan Reno va Gari Oldman ijro etgan, şuningdek, filmda Natali Portmanning debyut roli mavjud. Syujet Léon (Reno) atrofida aylanadi, u professional yollanma qotil bölib, ön ikki yoşli Matilda Lando (Portman)ni öz qarmoğiga oladi, uning oilasi Giyohvand moddalarni nazorat qiliş boşqarmasi agenti Norman Stansfield (Oldman) tomonidan öldirilgan. Léon va Matilda örtasida noodatiy munosabatlar rivojlanadi, u Léonning şogirdiga aylanadi va yollanma qotillik sanʼatini örganadi. Film Fransiyada „Gaumont Film“ kompaniyasi tomonidan 1994-yil 14-sentyabrda namoyiş etildi va tanqidçilar tomonidan ijobiy baholandi.
3Syujeti
Léon italyan-amerikalik yollanma qotil (yoki özi aytganidek „tozalovçi“) bölib, Nyu-York şahrining ,…
Léon italyan-amerikalik yollanma qotil (yoki özi aytganidek „tozalovçi“) bölib, Nyu-York şahrining , Manhattan kiçik Italiya mahallasida „Qariya Toni“ ismli Amerika mafiyasi boşliği uçun işlaydi. Bir kuni, Léon ön ikki yoşli, oilasi notinç bölgan Mathilda Lando bilan tanişadi. Matilda Léon bilan bir xil qavatda yaşaydi va yomon xulqli qizlar uçun möljallangan maktabni taşlab ketgan.
Matildaning zöravon otasi Giyohvand moddalarni nazorat qiliş boşqarmasi agentlarining ğazabini qözğatadi. Ular Matildaning otasiga kokainni yaşirişi uçun tölaydilar. U kokainni öğirlaganini bilib qolişgaç, Giyohvand moddalarni nazorat qiliş boşqarmasi agentlari, ularning rahbari, narkoman Norman Stansfield boşçiligida kvartiraga bostirib kiradi. Giyohvand moddalarni qidiriş davomida Stansfield Matildaning barça oila aʼzolarini öldiradi. Bu paytda Matilda dökondan oziq-ovqat olib kelayotgan edi. U nima bölganini tezda tuşunib, Léonning kvartirasiga boradi va Léon unga boşpana beradi.
Matilda tezda Léonning yollanma qotil ekanligini bilib oladi. U Léondan bu kasbni örgatişini va qotillik sanʼatini örganişni xohlayotganini aytadi, çunki u tört yoşli ukasining ölimidan qasos olişni xohlaydi. Dastlab, Léon Matildaning yonida bölişidan noqulay böladi va hatto uni uxlayotgan paytda öldirişni öylaydi, lekin keyinçalik unga turli qurollardan foydalanişni körsatadi. Evaziga, Matilda Léonning işlari bilan şuğullanadi, uning kvartirasini tozalaydi va unga öqişni örgatadi. Matilda Léonga qoyil qoladi va tezda unga köngil qöyadi, tez-tez unga sevişini aytadi, ammo Léon unga javob qaytarmaydi.
Léon vazifada bölganida, Matilda Léonning qurol-aslahasidan sumkaga qurollarni solib, Stansfieldni öldirişga qaror qiladi. U özini kuryer qiz qilib körsatib, Giyohvand moddalarni nazorat qiliş boşqarmasi idorasiga kirib oladi va hojatxonada Stansfield tomonidan uşlab olinadi. Uning bir hamkori Stansfieldga Léonning Xitoy kvartalida tongda Giyohvand moddalarni nazorat qiliş boşqarmasining agenti Malkyni öldirganini aytadi. Léon, Matildaning rejasini uning yozgan xatidan bilib, uni qutqaradi va bu jarayonda Stansfieldning yana ikki odamini öldiradi. Ğazablangan Stansfield Tonini topadi va Léonning qayerda ekanini qiynoqqa solib bilişga harakat qiladi.
Léon Matildaga qanday qilib yollanma qotilga aylanganini aytib beradi. Léon Italiyada ön töqqiz yoşida boy oiladan kelgan bir qizni sevib qoladi, lekin Léonning oilasi kambağal edi. Ular qoçişni rejalaştirişgan, ammo qizning otasi ularni topib qizini ğazabdan öldiradi. Léon qasos uçun otani öldiradi va Nyu-Yorkka qoçadi, u yerda Toni bilan uçraşadi va qotillik sanʼatini örganadi.
Keyinroq, Matilda oziq-ovqat olib qaytayotganda, Stansfield yuborgan Nyu-York şahar politsiyasi favqulodda xizmatlar guruhi (NYPD ESU) guruhi uni qölga oladi va Léonning kvartirasiga bostirib kiradi. Léon ESU guruhini pistirmaga olib, Matildani qutqaradi. Léon Mathilda uçun havo yölida teşik oçib, uni tezda qoçişiga yordam beradi. U Mathildaga uni sevişini aytadi va Toni yoniga bir soatdan keyin kelişini iltimos qiladi, bu vaqtda ESU guruhi kvartirani portlatadi. Portlaş paytida Léon yaralangan holda ESU zobiti körinişida binodan çiqib ketadi. Uni heç kim sezmaydi, faqat Stansfield uni payqaydi va Léonni orqasidan otib öldiradi. Léon ölimidan oldin qöliga granata halqasini tutqazib, bu Matildadan sovğa ekanligini aytadi. Stansfield Léonning yelkasini oçib, bir neça granatani köradi va ular portlaydi, Stansfieldni öldiradi (Léon allaqaçon ölgan, portlaş ikkalasini ham öldiradi deyiş notöğri).
Matilda Tonining yoniga boradi va uni işga olişini söraydi, lekin Toni ön ikki yoşli qizni yollaşdan boş tortadi va Léon unga biror narsa bölsa, pulini Matildaga berişini aytganini eslatadi. Toni Matildaga 100 dollar beradi va uni yana maktabga qaytaradi. Maktab direktori Matilda bilan sodir bölgan voqealarni bilib, uni maktabga qabul qiladi. Matilda maktab yonidagi dalaga Léonning uy ösimligini ekiş uçun boradi, çunki u Léonga bu ösimlikka „ildiz beriş“ kerakligini aytgan edi, köproq ildiz yoyişi uçun u tuvakda emas boğda ösişi kerak edi.
4Işlab çiqariş
Léon: The Professional qisman Bessonning 1990-yilda işlangan La Femme Nikita (baʼzi mamlakatlarda Nikita)…

Léon: The Professional qisman Bessonning 1990-yilda işlangan La Femme Nikita (baʼzi mamlakatlarda Nikita) filmning ğoyaviy kengaytirilgan şaklidir. La Femme Nikita filmida Jean Reno Viktor ismli Léonga öxşaş personajni ijro etgan. Besson Léon haqida şunday deydi: „Endi ehtimol, Jean Viktorning amerikalik amakivaççasini öynayapti. Bu safar köproq insoniyroq körinişda“.
Filmning köp qismi Fransiyada suratga olingan bölsa, qolgan sahnalari Nyu-York şahrida suratga olingan. Maktabdagi sönggi sahna Hoboken (New Jersey)dagi Stevens texnologiyalar institutida suratga olingan.
5Musiqasi
Film uçun musiqalar 1994-yil oktyabr oyida TriStar Music tomonidan çiqarilgan. U Yaponiyadagi tijorat…
Film uçun musiqalar 1994-yil oktyabr oyida TriStar Music tomonidan çiqarilgan. U Yaponiyadagi tijorat jihatidan eng muvaffaqiyatli kompaniyalardan biri bölib, 1999-yil dekabr oyida musiqalari 100000 nusxada sotilgani uçun oltin sertifikat bilan taqdirlangan.
Stingning „Shape of My Heart“ musiqasi
Éric Serraning „The Experience of Love“ musiqasi
Björkning „Venus as a Boy“ musiqasi
Itʼs Always Fair Weatherdan „I like Myself“ musiqasi
6Namoyiş etilişi
Léon: The Professional 1994-yil 14-sentabrda Fransiyada namoyiş etilgan. Film tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli…
Léon: The Professional 1994-yil 14-sentabrda Fransiyada namoyiş etilgan. Film tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli bölib, dunyo böylab 18,662,979 ta çipta sotilgan. Fransiyada birinçi haftasida 26,8 million fransuz franki ($5,1 million) daromad keltirgan va uç hafta davomida 1994-yilda Fransiyada eng köp daromad qilgan filmlar röyxatining birinçi örnida bölgan Fransiyada jami 3,623,153 ta çipta sotilgan..
7Tanqidiy fikrlar
Rotten Tomatoes saytida film 66 ta şarh asosida 74% ijobiy reytingga ega, örtaça reyting esa 6.9/10…

Rotten Tomatoes saytida film 66 ta şarh asosida 74% ijobiy reytingga ega, örtaça reyting esa 6.9/10 körsatkiçini taşkil etadi. Sayt tanqidçilarining yakdil fikriga köra: "Tajribali qotil va uning 12 yoşli şogirdining noodatiy munosabatlariga asoslangan – yoş Natalie Portmanning yulduzlik roli – Luc Bessonning „Léon“ filmi uslubiy va özgaça taʼsirli triller hisoblanadi". Metacriticda film 12 ta tanqidçi fikridan 100 balldan 64 ball oldi, bu umuman olganda „ijobiy şarhlar“ ekanligini bildiradi.
Empire film jurnalida jurnalining Mark Salisbury filmni beşta yulduz bilan mukofotladi. U şunday dedi: „Har bir kadrda uslub, hazil va öziga işongan film, va faqat Besson keltira oladigan Nyu-York haqida yangi va boşqaça nuqtai nazarni körsa böladi. Bir söz bilan aytganda, ajoyib“. AllMoviedagi Mark Deming filmga beş yulduzdan törtta yulduz berdi va uni „qançalik zöravon bölsa, şunçalik uslubiy jihatdan jozibali“ deb taʼriflab, Jean Renoning kuçli ijrosi, Natalie Portmanning hayratlanarli debyuti va Gary Oldmanning haddan taşqari zör ijrosini taʼkidlab ötdi.
Time jurnalidan Richard Sçickel filmni maqtab, „Bu film bir neça taniş, lekin farqli elementlarni aralaştirgan, noodatiy va eʼtiborni tortadigan narsa yaratgan film“ deb yozgan. U Oldmanning ijrosini „ilohiy psixopat“ deb taʼriflagan .The Washington Postdan Hal Hinson ham Oldmanning ijrosini maqtadi va şunday dedi: ."Reno kamtarona öynaydi, Oldman esa öz ijrosini ekran böylab soçib yuboradi. Oldman öz avlodining heç qanday çeklovlarsiz aktyoridir va bu jinni detektiv rolida u heç narsani zaxiraga saqlamaydi. Kamera unga yaqinlaşganda, siz orqaga çekinişni xohlagandek bölasiz".
Roger Ebert filmga törtta yulduzdan ikki yarim yulduz berdi va şunday yozdi: „Film yaxşi rejissyorlik qilingan, çunki Besson dramatik voqealarga kuçli vizual uslub bilan şönğiş qobiliyatiga ega. Va film yaxşi öynalgan.“ Şunga qaramay, u butunlay maqtamadi: „Men doim fikrimning orqasida 12 yoşli qizni bu voqealarga qöşiş notöğri degan noxuş öy bölgan. … Aslida bu silliq şahar trillerdir, qizning yoşini ekspluatatsiya qilişadi, lekin bu masala bilan töliq şuğullanilmaydi“.
The New York Timesdan Janet Maslin „The Professional juda hissiy film bölib, u heç qanday axloqsizlik tuyğusini uyğotmaydi. Hatto ğayrioddiy zöravonlik sahnalarida ham, film xuddi yiğlab yuboradigandek böladi … Gary Oldman filmning sadizmini va köpçilik notöğri yönaltirilgan sheʼriy his-tuyğularini aks ettiradi“, deb yozgan..
8Ziddiyatlar
Film „#MeToo“ harakati (fransuzça: „BalanceTonPorc“ yoki „öz çöçqaingizni oşkor qiling“) natijasida tanqidiy…

Film „#MeToo“ harakati (fransuzça: „BalanceTonPorc“ yoki „öz çöçqaingizni oşkor qiling“) natijasida tanqidiy qayta körib çiqildi, çunki 2018-yilda jinsiy zöravonlikka oid ayblovlar Luc Bessonga qarşi qöyilgan. Maïwenn, Luc Bessonning film vaqtida ön olti yoşli xotini, filmdagi hikoya ularning munosabatidan ilhomlanganligini aytdi. U „Luc Besson Léon filmida 13 yoşli qizning kattalar bilan sevgi hikoyasi, bizni juda ilhomlantirgan edi“ deb taʼkidladi; Besson Maïwennni 12 yoşida uçratgan Besson 29 yoşda edi, 15 yoşida, bu mamlakatda qonuniy kelişuv yoshi, bilan rasman uçraşişga kirişdi. Besson 33 yoşida Maïwennni 16 yoşida homilador bölganida turmuşga çiqdi. Ayblovlar vaqtida Natalie Portman filmdagi „murakkab his-tuyğulari“ haqida gapiradi va u özini bolaligidagi Lolitaga öxşab jinsiy obyekt sifatida köringanini aytdi.
9Yil oxiridagi röyxatlar
Eslatma;– Betsy Pickle, Knoxville…
Eslatma;– Betsy Pickle, Knoxville News-Sentinel.
10Merosi
2013-yilda naşr etilgan „Poseur: A Memoir of Downtown New York City in the 90ʼs“ kitobida Marc Spitz filmni…

2013-yilda naşr etilgan „Poseur: A Memoir of Downtown New York City in the 90ʼs“ kitobida Marc Spitz filmni „kult klassik“ deb taʼriflagan. 2014-yilda „Time Out“ jurnalining bir qator kino tanqidçilari, rejissyorlar, aktyorlar va kaskadyorlardan özlarining eng yaxşi harakatli filmlarini röyxatga olişni söragan; Léon: The Professional 42-örinda keltirilgan. Norman Stansfield qahramoni esa kino tarixidagi eng yomon qahramonlardan biri sifatida tanilgan.
Angliyaning Alt-J guruhi filmga bağişlangan „Matilda“ nomli qöşiq çiqardi. Qöşiqning birinçi qatori, „Bu Matildadan“ yaʼni Léonning sönggi sözlariga işora bor, u granatalari portlaşidan oldin şu sözni ayatadi.
Janubiy Koreyalik komik Park Myeong-su va qöşiqçi IU 2015-yilda Janubiy Koreyaning maşhur „Infinite Challenge“ körsatuvi uçun bir yillik musiqa festivalida film ilhomlantirgan „Leon“ nomli qöşiqni çiqardi va ijro etdi.
2022-yilda Angliyalik repper Knucks Léon: The Professional nomli qöşiqni „Alpha Place“ albomi nomi ostida çiqardi.
11Sequal
Besson „Matilda“ filmi uçun ssenariy yozdi, ammo Portman katta bölgunça suratga oliş işlari keçiktirildi.…

Besson „Matilda“ filmi uçun ssenariy yozdi, ammo Portman katta bölgunça suratga oliş işlari keçiktirildi. Ssenariyda Matilda „kattaroq“ va „yetukroq“ tarzda tasvirlangan va „tozalovçi“ sifatida işlagan. Ammo şu vaqt içida Besson „Gaumont Film“ kompaniyasini tark etib, özining kinostudiyasi - EuropaCorp ni taşkil etdi. „Gaumont Film Company“ Bessonning ketişidan norozi bölib, „Sequal“ huquqlarini özida qattiq saqlab qoldi va ularni berişni istamadi.
2011-yilda, rejissyor Olivier Megaton jurnalistlarga Besson bilan birga „Matilda“ uçun yozilgan ssenariyni Colombiana filmining asosiga aylantirganlarini aytdi. Bu filmda Zoe Saldaña „tozalovçi“ obrazini yaratdi. Matildaga öxşab, uning qahramoni ham bolaligida oilasi öldirilganligi uçun giyohvand kartel bilan jang qiladi.
12Kengaytirilgan versiyasi
Filmning kengaytirilgan versiyasi mavjud bölib, u xalqaro versiya, „version longue“ yoki „version intégrale“…

Filmning kengaytirilgan versiyasi mavjud bölib, u xalqaro versiya, „version longue“ yoki „version intégrale“ deb ataladi. Uşbu versiyada qöşimça 25 daqiqa kadrlar mavjud va baʼzan rejissyorning versiyasi deb ataladi, ammo Besson asl versiyani „Rejissyorning versiyasi“, yangi versiyani esa „Uzun versiya“ deb ataydi.
Bessonning sözlariga köra, u aslida uşbu versiyani çiqarmoqçi bölgan, ammo qöşimça sahnalar Los-Anjelesdagi oldindan körsatilgan tomoşabinlar bilan muvaffaqiyatsiz sinovdan ötgan. Qöşimça material filmning ikkinçi qismida uçraydi va Léon hamda Matilda örtasidagi özaro munosabatlarni kengroq oçib beradi. Şuningdek, Matilda Léonning bir neçta suiqasdlarida töliq hamkor sifatida iştirok etib, uning kontrakt qotillik böyiça taʼlimini davom ettirişi yaqqol körsatiladi.
Matn: maqola «Léon: The Professional» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.