Yahudiy kelib çiqişli italyan kitob sotuvçisi Guido öz kiçik ertak dunyosida yaşaydi. Uning ijodiy va baxtli hayoti Ikkinçi jahon uruşi paytida butun oilasi konsentratsion lagerga jönatilgaç keskin töxtaydi. Lagerda u öğlini hamma narsa şunçaki öyin ekaniga işontirişga urinadi.
Filmni suratga olgan, ssenariy muallifi va boş rolni ijro etgan — Roberto Benigni. Uning hamkori — Nikoletta Braski, musiqasini esa Nicola Piovani yozgan. Bu «Melampo Cinematografica» studiyasi işlab çiqargan tragikomediya, davomiyligi 116 daqiqa. Film 1998-yil 23-oktabrda ekranlarga çiqqan. U Kann kinofestivalining Gran-prisiga sazovor böldi, Oscar mukofotiga esa yetti nominatsiyada tanlandi. Benigni eng yaxşi aktyor va çet tilidagi eng yaxşi film rejissori sifatida ikki haykalça oldi, Piovani esa musiqa uçun Oscar oldi.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Roberto Benigni, Nicoletta Braschi, Giorgio Cantarini
·Ensiklopediyadan
Hayot gözal (italyança: La vita e' bella) – 1997-yilda suratga olingan italyan tragikomediya filmi. Film italyan yahudiysi Guido Orefice (Roberto Benigni)ning millatçilar konsentratsion lagerida öz öğlini qutqariş uçun işlatgan boy fantaziyasi haqida.
Ekranga çiqişi bilan kartina keng kölamli xalqaro eʼtiborga erişdi. 1998-yili filmga Kann kinofestivalining gran-prisi taqdim etildi. Öşa yiliyoq film Oscar mukofotiga yetti nominatsiyada körsatildi („Eng yaxşi musiqa“, „Eng yaxşi erkaklar roli“, „Eng yaxşi film“, „Çet tilidagi eng yaxşi film“, „Eng yaxşi ssenariy“, „Eng yaxşi rejissura“, „Eng yaxşi montaj“). Ikki Oscar haykalçasini Roberto Benigni eng yaxşi aktyor va çet tilidagi eng yaxşi filmning rejissori sifatida qölga kiritdi. Şuningdek film „Eng yaxşi musiqa“ nominatsiyasida ğalabaga erişdi.
Bu film orqali inson yomon yoki yaxşi millatlar emas,faqat yomon va yaxşi insonlar mavjudligini öz zakovatidan ötkazişi mumkin.
3Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDBMatn: maqola «La vita e' bella» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.