Qoronğilik qutblari (inglizça: Limitless, tarjimasi – çeksizlik) – Alan Glynn qalamiga mansub roman asosida suratga olingan film. 2011-yilning 8-mart kuni xalqaro premyerasi böldi. Film inson miyasining yuz foizi işlaşi mumkinligi haqidagi fantastikaga asoslanadi.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Bradley Cooper, Abbie Cornish, Robert De Niro
3Syujeti
Eddie Morra – Nyu-York şahrida yaşaydigan omadsiz yozuvçi. Sevgilisi Lindie uni omadsizligi va yomon hayot…
Eddie Morra – Nyu-York şahrida yaşaydigan omadsiz yozuvçi. Sevgilisi Lindie uni omadsizligi va yomon hayot tarzi tufayli taşlab ketgan. Bir kuni Eddie özining sobiq rafiqasi Melissaning ukasi Vernon Gant bilan tasodifan uçraşib qoladi. Vernon unga NZT-48 nomli yangi nootrop dori namunasini beradi. Vernon Eddiega „muammolari“ni şu dori bilan hal qilişi mumkinligini aytadi. Eddie dorini içadi va uning vositasida mukammal xotiraga va çeksiz qobiliyatlarga ega böliş mumkin ekanligini, tafsilotlar va maʼlumotlarni aql bovar qilmaydigan tezlikda tahlil qila olişini anglaydi. Dori kuçga kirgaç, Eddie özi yaşaydigan uy egasining xotiniga uy vazifasini bajarişda yordam beradi. Xonasini tartibga keltiradi va ulkan ilhom bilan kitob yoza boşlaydi.
Köp ötmay, Vernon dorilarni qidirayotgan nomaʼlum kişi tomonidan öldiriladi. Eddie Vernonning dorilardan iborat berkitilgan töplamini va bir qança pullarini topib oladi. Hayoti yaxşilanar ekan, u fond bozoriga sarmoya kiritişga qaror qiladi. Rus gangsteri va noqonuniy işlaydigan kreditordan qarz oladi. U brokerlik firmasiga işga olinadi. Lindie bilan munosabatlarini tiklaydi. Muvaffaqiyati moliya magnati Carl Van Loon bilan uçraşadi. Carl uni Hank Atvud kompaniyasi bilan birlaşiş böyiça maslahat sörab sinovdan ötkazadi. Uçraşuvdan söng Eddie 18 soatlik xotirasini yöqotadi, u buni „vaqtni ötkazib yuboriş“ deb ataydi. Ertasi kuni Van Loon bilan uçraşuv paytida Eddie mehmonxonada bir ayol öldirilgani haqidagi telekörsatuvni körib qoladi. Eddie uni özi bilan birga bölgan ayol sifatida eslaydi va uçraşuvni tösatdan tark etadi.
Eddie NZT-48 dorisini qabul qilgan har bir kişi kasalxonaga yotqizilgan yoki ölganini tuşunadi. Bu orada palto kiygan nomaʼlum odam uning orqasidan kuzatib yurganini biladi. Lindie Eddieni dori qabul qilayotganini biladi va dori içişni taşamasa, u bilan birga bölolmasligini aytadi. Eddi NZT-48 bilan tajriba ötkazdiradi va nojöya taʼsirlarning oldini oliş uçun uning dozasini kamaytirişga erişiladi. Özining uyqu jadvalini va oziq-ovqat isteʼmolini tartibga keltirişni örganadi. U NZT-48 dorilarni işlab çiqariş uçun laboratoriya oçadi. Öziga tahdid qilayotgan noqonuniy kreditor va tovlamaçi Gennadiydan himoyalaniş uçun ikkita tansoqçi, şuningdek politsiya bilan muammolarini hal qiliş uçun advokat yollaydi.
Hank Atvud komaga tuşadi. Eddie Atvudning haydovçisini özini taʼqib qilayotgan palto kiygan odam sifatida taniydi va Atvud NZT-48 dorisini qabul qilayotganini tuşunadi. Eddie politsiya körigida qatnaşayotganda, uning advokati Eddiening kostyumidagi maxsus çöntagidan dorilarni öğirlaydi. Van Loon Eddiedan Atvudning komaga tuşgani sababini sörayotgan bir paytda, Eddi posilka oladi, unda öz qöriqçilarining çopilgan qöllari bor edi. Gennadiy Eddiening uyiga bostirib kirib, köproq NZT-48 berişini talab qiladi. Gennadiy NZT-48 dorisini inyeksiya yöli bilan qonga singitib, töğridan-töğri organizmga kiritiş orqali taʼsiri uzoqroq davom etişi mumkinligini namoyişkorona tuşuntiradi. Eddie Gennadiyni öldiradi va NZT-48 taʼsirini qoniga singitiş uçun Gennadiyning qonini içadi. Eddie yana bir bor dori tufayli çeksiz aqliy qobiliyatini tiklaydi. Keyinroq özini taʼqib qilgan odam bilan uçraşib, vaziyatni tuşuntiradi. Atvud vafot etgandan söng, ikkalasi Eddieni dorilarini öğirlagan advokatining kvartirasini tintib, dorilarni qaytarib olişadi.
Bir yil ötgaç, Eddie kitob naşr etadi va Qöşma Ştatlar Senati aʼzoligiga öz nomzodini qöyadi. Bir kun kelib Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti bölişni niyat qiladi. Van Loon uning ofisiga taşrif buyuradi. NZT-48 işlab çiqaradigan kompaniyani sotib olganini, Eddiening laboratoriyasi yopib qöyilganini, şuning uçun Van Loon Eddiega dorilarni doimiy ravişda yetkazib berişi mumkinligini, uning siyosiy tayançiga aylanişini taklif qiladi. Eddie Van Loonga dorini allaqaçon mukammallaştirganini va dori qabul qilişni töxtatganini, nojöya taʼsirlarsiz qobiliyatini saqlab qolganligini aytadi. Van Loon qaytib ketadi.
Eddie Lindie bilan tuşlik qilgani boradi. Eddie ofitsiant bilan xitoy tilida ravon gaplaşgandan söng, Lindi Eddiga şubha bilan qaraydi.
4Rollarda
Bradley Cooper – Edward…
Bradley Cooper – Edward Morra
Robert De Niro – Carl van Loon
Abbie Corniş – Lindie
5Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDBMatn: maqola «Qorong‘ilik qutblari» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.
