Omad (inglizça: Luck) — 2022 yili rejissyorlar Peggy Holmes va Javier Abad; ssenaristlar Kiel Murrey, Jonathan Aibel va Glenn Bergerlarning hamkorligida, real voqealarga asoslanib yaratilgan fantastik komediya janridagi animatsion film. Skydance Animation studiyasi tomonidan işlab çiqarilgan filmga Eva Noblezada, Simon Pegg, Jane Fonda, Whoopi Goldberg, Flula Borg, Lil Rel Howery, Colin ÖDonoghue va John Ratzenberger tomonidan ovoz berilgan. Asosiy qismi Land of Luck deb nomlanuvçi mamlakatda sodir böladigan uşbu film, eng omadsiz inson Sam Greenfieldning (talaffuzi: Sem Grinfild) hayoti haqida hikoya qiladi. Voqealar rivojiga köra, Sam omadli odamlar qatoriga qöşilişi uçun Bob laqabli gapiruvçi qora muşuk bilan har doim birga bölişi kerak.
2017-yil mart oyida Skydance Animation studiyasi taşkil topganidan köp ötmay, iyulda film haqida eʼlonlar berilgan va Paramount Pictures tomonidan 2021-yil ommaga taqdim etilişi möljallangan. 2018-yilda Paramoun Animation>ning boşliği Mireille Soria loyihani imzolagan va jamoaga Alessandro Carlonini rahbar sifatida tayinlagan. Film işlab çiqariş jarayonida köplab özgarişlarga duç keladi, masalan, ssenariy qayta yoziladi; namoyiş etiş sanalari özgartiriladi; 2020 yil yanvar oyida Alessandro Carlonining örniga Peggy Holmes film uçun yangi rejissyor sifatida eʼlon qilinadi. Ovoz beriş uçun aktyorlar örtasida uzoq vaqt tanlov olib borilgan. Boş roll bölişiga qaramasdan Sam va Bob obrazlari uçun 2022-yildagina mos aktyorlar Noblezada va Pegg tanlab olingan. Filmning yaratiliş jarayoni COVID-19 pandemiyasi davrida masofadan turib amalga oşirilgan.
Omad filmining premyerasi 2022-yil 2-avgustda Madridda bölib ötadi. 5-avgustda Apple TV+ va Qöşma Ştatlardagi ayrim kinoteatrlarda muxlislarga taqdim qilinadi. Film tanqidçilar tomonidan turliça baholangan. Ovoz aktyorlari, musiqa va animatsiya uçun maqtovlarga sazovor bölgan bölsa, öz navbztida, film uçun yaratilgan olamning tuzilişi va loyihaning syujeti asosiy tanqidlarga sabab bölgan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
3Syujeti
Sam Greenfield — beadab, yetim qolgan yoş qiz bölib, uning hayoti doimo baxtsizliklar bilan keçgan. Tez orada…
Sam Greenfield — beadab, yetim qolgan yoş qiz bölib, uning hayoti doimo baxtsizliklar bilan keçgan. Tez orada asrab olinişiga umid qilayotgan kenja dösti Hazelni xafa qilib, yaqinda özi asrab olinganbolalar uyidan haydaladi. Bir kuni keçasi, köçadagi qora muşuk bilan sendviçini baham körganidan söng, bir tiyinlik tanga topib oladi va uni Hazelga berişga qaror qiladi. Ertasi kuni Sam tanga unga sezilarli darajada omad keltirganini payqaydi. Biroq, u köp ötmay, tangani hojatxonaga tuşirib yuboradi.
Sam qilgan xatosidan afsuslanadi. Yölda tasodifan yana öşa muşuk bilan uçraşadi va unga nima bölganini aytib beradi. Omad keltiruvçi tangasi yöqolganini eşitgan muşukning jahli çiqadi. Gapiradigan muşukni körgan Sam hayratda qoladi. Muşukning ortidan ergaşib, portal orqali Land of Luck olamiga boradi. Omad mamlakatida lepreçaunlar kabi mavjudotlar yerdagi odamlar uçun omad yuboradi. Bob ismli muşuk Samga yöqolgan tanga unga olamlararo sayohat qiliş uçun kerakligini va agar uni yöqotib qöygani haqida xabar tarqalsa, Bobni Land of Luckdan haydab yuborişlari mumkinligini tuşuntiradi. Sam Bobga tangani topişda yordam berişini, evaziga Bob Penny omboridan Hazel uçun ham bitta tanga olib berişi kerakligini aytadi. Ular kelişib olişganidan söng, Bob özining şaxsiy lepreçaunni Gerryning kiyimidan foydalanib, Samni omadlar mamlakatiga olib ötadi. Sayohati davomida Sam Land of Luck ajdaho tomonidan qanday boşqarilişini va omad mamlakati ostida omadsizlik mamlakati borligini bilib oladi.
Penny omborida sodir bölgan falokatdan söng, Gerry Samning kimligini bilib qoladi. Bor gapdan xabar topgan Gerry Bob yerda qoldirgan tangani izlaş uçun maxsus drondan foydalanadi, ammo dron yaxşi va yomon omad mamlakatlari oraliğida, yaʼni In-Betweenda yöqoladi. In-Between Jeff ismli yakkaşox tomonidan nazorat qilinar edi. Jeff Bad Luck Apparat deb nomlangan maşinani boşqaradi. Bad Luck Apparat Randomizerga yiğilgan yaxşi omadlarga omadsizlik doğlari tegib ketişidan saqlaydi. Yaxşi va yomon omadlar bilan tölgan Randomizer, ularning barçasini yerga uzatadi. Sam va Bob Jeffning yoniga yetib kelguniça, Jeff yöqolgan tangani topib, omborga qaytargan edi. Sam umidsizlikka tuşmasdan, ajdahoning özi bilan tanişib, Hazel uçun omad tangasi söramoqçi böladi. Ajdaho Babe Samga yangi tanga berişdan oldin, yerdagi odamlarning barçasi omadli bölsa, Land of Luckdagilar uçun qançalik yaxşi bölişini tuşuntiradi. Şu paytda Bobning yerga sayohat qiliş uçun qöşimça tangalardan foydalangani oşkor bölib qoladi. Land of Luck qonunlariga köra, har bir muşuk uçun faqatgina bitta omad tangasi berilişi şart edi. Qoidalarni buzgani uçun Bobni omad mamlakatidan surgun qilişmoqçi bölgan paytda, Sam Hazel uçun olgan tangani, Bobni saqlab qoliş uçun qurbon qiladi.
Hazel bilan sodir bölişi kutilayotgan köngilsizlikning oldini oliş uçun Sam va Bob omadsizlik apparatini vaqtinça öçirib qöyişga qaror qilişadi. Hazelni biror oila asrab olişi uçun omad yubormoqçi bölişadi. Biroq, omadsizlik doğlari Jeffning maşinalarini tösib qöya boşlaydi va Randomizer içidagi omad toşlarini yöq qiladi. Natijada Land of Luck va yerga omadsizlik toşlari kela boşlaydi. Şu sababli Hazel asrab olinmaganini körib, Sam Bobni aslida oddiy bir omadsiz ingliz muşugi deb hisoblaydi va puşaymon bölib qoladi. Bob Samdan uzur söraydi va Sam yonida bölgani uçun Hazel dunyodagi eng baxtli qiz ekanligini aytadi. Sam buzilgan narsalarni tuzatiş mumkinligini tuşunadi, çunki u In-Betweenga ketayotganda Bad Luck mamlakatida omad toşini körganini eslaydi.
Ular Bad Luckga qaytib Tiki bariga borişadi va Bobning eski dösti maxluq Rootiedan bardagilar öyinda işlatadigan omadli idişdagi omad toşini olişadi. Ajdaho Babe toş yordamida yangi yaxşi omad va yomon omad toşlarini yasaydi. Babe toşlarni joyiga joylaştirdi va Samga odamlar omad kabi omadsizlikka muhtojligini aytadi. Öz xatolarini tuşinib, toşlarni joyiga qaytarişganidan söng, omad doimiy holatiga qaytadi va Sam Hazelni yangi oila asrab olganini köradi. Bob öz işini davom ettirişdan boş tortib, Sam bilan birga yaşaşga qaror qiladi.
4Dublyaj aktyolari
Eva Noblezada — Sam…
Eva Noblezada — Sam Greenfield;
Simon Pegg — Bob;
Jane Fonda — Babe;
Whoopi Goldberg — Land of Luckdagi xavfsizlik boşliği lepreçaun;
Flula Borg — Jeff;
Lil Rel Xoueri — Marvin;
Kolin ÖDonoghue — Gerry;
Jon Ratzenberger — Rootie;
Grey DeLisle — Rivera, Saoirse, Penny Depot;
Kwaku Fortune — Gael;
Adelynn Spoon — Hazel;
Kari Wahlgren — Aine;
Nick Thurston — Hazelni asrab olgan yangi otasi;
Chris Edgerly — Bunny;
Mo Irvin — Phil;
Fred Tatasciore — Quinn.
5Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDBMatn: maqola «Luck» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.