Xitoy imperatori farmon çiqardi: har bir oiladan bitta erkak mamlakatni şimoliy bosqinçilardan himoya qiliş uçun imperator armiyasiga xizmat qilişi kerak. Faxriy jangçining tönğiç qizi Hua Mulan kasal otasining örnini egallaşga qaror qiladi. Erkak sifatida niqoblanib, özini Hua Jun deb taniştiradi va u yerda içki kuçini işga solişi kerak böladi.
Filmni Niki Caro suratga oldi, boş rollarda Liu Yifei, Donnie Yen, Jet Li, Jason Scott Lee va Gong Li ijro etgan. Janri — sarguzaşt, drama va jangari. Film 2020-yilda ekranlarga çiqdi va 1998-yilgi xuddi shu nomdagi multfilmga asoslangan. Budjeti 200 million dollar böldi, bu uni ayol rejissyor suratga olgan eng qimmat filmga aylantiradi. Film ikki nominatsiya uçun «Oskar»ga nomzod böldi: eng yaxşi kostyum dizayni va eng yaxşi vizual effektlar.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Liu Yifei, Donnie Yen, Jet Li
·Ensiklopediyadan
Mulan 2020-yilda ekranlarga çiqqan, Niki Caro tomonidan suratga olingan, Walt Disney Pictures mahsuloti bölgan hamda Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgan fentezi va jangari janridagi AQŞ filmidir. Film Walt Disney Animation Studios studiyasi tomonidan 1998-yilda çiqarilgan xuddi şu nomdagi multfilmga asoslangandir. Film boş qahramonlarini Liu Yifei, Donnie Yen, Jason Scott Lee, Yoson An, Gong Li va Jet Li kabi aktyorlar jonlantirişgandir.
Mulan filmining umumjahon premyerasi 9-mart 2020-yilda Hollywooddagi Dolby kinoteatrida böldi. Film budjeti $200 million bölib, jahon böylab $70 million jamğardi.
Film tanqidçilar va omma tomonidan xuş qarşilandi. Rotten Tomatoes kinotanqid saytida bu film haqida 310 ta maqola yiğilib, ulardan 73%i filmni ijobiy baholadi. Sayt konsensusi şunday: „U özining klassik hikoyasini öta teranroq qilib sözlab berişi mumkin edi, ammo multfilm emas, balki inson tomonidan gavdalantirilgan Mulan özining animatsion ötmişdoşining hayajonli yangilanişi vazifasini bajaradigan bir ajoyibotdir“.
3Syujeti
Xitoy imperatori mamlakatni şimoliy bosqinçilardan himoya qiliş maqsadida har bir oila boşliği imperator…
Xitoy imperatori mamlakatni şimoliy bosqinçilardan himoya qiliş maqsadida har bir oila boşliği imperator armiyasiga xizmat qilişi kerakligi töğrisida farmon çiqarganidan söng, faxriy jangçining tönğiç qizi Hua Mulan kasal otasining örnini egallaşga kirişadi. Erkak sifatida niqoblanib, özini Hua Jun deb taniştiradi, u har qadamda sinaladi hamda özining içki kuçini işga solib, özining haqiqiy salohiyatidan foydalanişi kerak böladi. Bu uni şarafli jangçiga aylantiradigan, şuningdek minnatdor xalq va mağrur otasining hurmatiga sazovor böladigan epik sayohat böladi…
4Rollarda
Liu Yifei — Hua…
Liu Yifei — Hua Mulan
Donnie Yen — kommandor Tung
Jason Scott Lee — Bori Khan
Yoson An — Çen Honghui
Gong Li — Xian Lang
Jet Li — Xitoy imperatori
Tzi Ma — Hua Zhou
Rosalind Chao — Hua Li
Xana Tang — Hua Xiu
Ron Yuan — serjant Qiang
Jimmy Wong — Ling
Doua Moua — Çien-Po
Çen Tang — Yao
Nelson Lee — kansler
Çeng Pei-pei — sovçi
Utkarş Ambudkar — sovçi
Çum Ehelepola — Ramtiş
Jun Yu — Cri-Kee (ovoz bergan)
5Saundtrek
Manba:…
Manba: Tidal
6Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDBMatn: maqola «Mulan (film, 2020)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.