Munnaboy M. B.B.S (hindça: मुन्ना भाई एमबीबीएस) – 2003-yilda rejissyor Rajkumar Hirani tomonidan suratga olingan Hindiston satira, komediya va drama janridagi filmi. Munnaboy filmlar seriyasining birinçi qismi. 2006-yilda uning davomi Munnaboy 2 suratga olingan.
1Rollarda
Sanjay Dutt, Arshad Warsi, Jimmy Shergill
2Syujeti
„Munnaboy“ laqabli, asl ismi Murli Prasad Şarma bölgan „köça“ odami, u Mumbay köçalarida tovlamaçilik bilan…
„Munnaboy“ laqabli, asl ismi Murli Prasad Şarma bölgan „köça“ odami, u Mumbay köçalarida tovlamaçilik bilan şuğullanadi. Uni yordamçisi Sarkeşvar Şarma doim qöllab-quvvatlaydi. Munnaning odamlari uning haqiqiy şifokor bölganiga işonadigan ota-onasi Xariprasad va Parvatini aldaş uçun har yili uning uyini kasalxonaga aylantirib, navbatma-navbat şifokorlar, kasalxona xodimlari va bemorlar rolini öynaşadi.
Bu yeçim köp yillar davomida işlab, Munnaning qişloğida ilk kasalxonaga asos solgan doktor Jagdiş Astana bilan töqnaşişi bilan yakunlanadi. Munnaning otasi Astananing uyiga sovçilikka boradi. Munna ota-onasi haqiqatni bilib qolmasligini söraydi, Astana esa rozi böladi. Biroq, uning xizmatkori Munnaning suratiga hayratlanarli munosabatda böladi, Astana haqiqatni tuşunadi va Munnani ota-onasi oldida foş qiladi. Öğlining haqiqiy kasbi yöqligidan hijolat bölib, ular şaharni tark etib, uylariga qaytişadi. Munna tibbiy maʼlumotga ega böliş orqali hamma narsani töğrilaşga va Astanadan aniq qasos olişga vaʼda beradi. Lekin özi bilmagan holda dekani Astana bölgan kollejga öqişga kiradi. Munna kiriş imtihonini aldab ötgani aniq, ammo haqiqiy dalillarni izlab topolmagaç Astana Munnaga u yerda öqişga ruxsat berişga majbur böladi.
Munna talaba bölib, kasalxonaning barça qoidalarini buzadi. U özining „soğlom aql bilan muomala qiliş“ rejimini qöllab, Astananing anʼanaviy fikrlarini notöğriga çiqaradi. Kollej şifokorlar va bemorlar örtasidagi mexanik, kartezian va köpinça byurokratik munosabatlarga urğu berişiga qaramay, Munna doimo öz atrofida empatik rejimni örnatişga intilib, erak bölganda tizimni „özgartiriş“ga çaqiradi. Uning xulq-atvori kasalxona xodimlari va bemorlar tomonidan yaxşi qabul qilinib, uning tuzumga qarşi harakatlari ortidagi yaxşi niyat borligiga işonişadi. Bularning hammasini tartibsizlik sifatida qabul qilgan Astana, Munnani haydaşga uringaniga qaramay, Munnani kollejda öz örniga ega bölişiga tösqinlik qila olmaydi.
Munna bundan taşqari kasalxonada işlaydigan doktor Suman (yoki Çinki) bilan döstona munosabat örnatadi. Munna Sumanga bölgan muhabbati tufayli, Çinki va uning otasi Astanaga qarşi qasosidan voz keçişga qaror qiladi. Munna kasalxonadagi köplab bemorlarni, şu jumladan kollejning birinçi kunida tanişgan öz joniga qasd qiliş istagida bölgan Karan, doktor Rustom Pavrining otasi kabi bemorlarni davolaş uçun mehr va muhabbatdan foydalanadi. U hatto heç kim qadrlamaydigan farroşga ham rahmat aytadi va oşqozon saratonidan ölayotgan Zohirning kayfiyatini kötariş uçun kasalxonaga striptizçini olib kelişni taşkil qiladi.
Astana striptizçi haqida bilgaç, buni Munnani haydab çiqariş uçun sabab qilib oladi. Lekin Munna kollejda qoliş uçun özini jarohatlaganidan keyin buni qila olmaydi. Biroq, u tuzalib ketgaç, şifoxona xodimlari, bemorlar va talabalar Astananing yölida turişadi hamda Munnaning ketişiga ruxsat berişmaydi. Keyin Munna ertasi kuni butun kollej oldida testdan ötadi. Öşa keçada Zohir vafot etadi. Munna şok holatiga tuşib, sinov paytida taslim böladi. Bu jarayonda sönggi 12 yil davomida miyasi ölik bölgan paraplegik bemor Anand Banerji hayotga qaytadi. Suman (yoki Çinki) Anandning tuzalişi ortidagi möjiza sifatida Munnani körsatib, uni himoya qilib, samimiy nutq sözlaydi. Nihoyat bu voqealardan söng Astana Munna haqidagi fikrini özgartirişga majbur böladi.
Munna şifokor bölmaydi, lekin uning „möjizaviy“ muolajalari haqidagi xabar ota-onasiga yetib boradi. Ular şaharga qaytib, uni keçirganini aytişadi. Munna doktor Sumanning aslida Çinkiligini bilib, unga uylanadi va ular birgalikda Munnaning qişloğida haqiqiy kasalxona oçadilar. Sarkeşvar Şarma ham bir yil ötib uylanada öğil köradi. Film yakunida, salomatligi tiklangan Anand bir neçta bolalarga uşbu voqeani aytib beradi.
3Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDB4Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Munnaboy M.B.B.S» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.
