⌕
Işdagi işq
Film

Işdagi işq

Office Romance
1977 · romantik komediya, drama · 151 daq
hali baho yöq
▶ Treyler

„Işdagi işq“ (rusça: Служебный роман, transkripsiyasi: Sluzhebnyy roman, inglizça: Office Romance) – 1977-yil sovet kinorejissori Eldar Ryazanov tomonidan suratga olingan romantik komediya janridagi maşhur film. Film Eldar Ryazanovning Emil Braginskiy bilan birga teatr uçun yozgan „Hamkasblar“ (Soslujivsi) nomli pyesa asosida suratga olingan. Namoyiş etilgan yili Sovet davlatida eng köp foyda olgan film sifatida tarixda qolgan kartina, Sovet ittifoqidan ajralib çiqqan respublikalarda maşhurligini hanuz yöqotgan emas. Film 1979-yil RSFSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

SSSR davrida Moskovadagi statistika qömitasining turmuşga çiqmagan rahbari Ludmila Kalugina va uning qöl ostida işlovçi iqtisodçi xodim Anatoly Novoseltsevning nafrat bilan boşlangan munosabatlarining sevgiga aylanişi körsatib berilgan komediya filmdir. Bu aslida AQŞ film turi sanalgan „Screwball komediyasi“ga xos kartinadir. Klassik taʼrifi bilan aytganda, „Içida jinsiy oçiqlikka yöl qöyilmagan jinsiy mavzudagi komediya“ tarzidadir. Bu şakldagi film suratga oliş Qöşma Ştatlarda röy bergan „Buyuk depressiya“ davrida avj olgan edi. Film bu holatga öxşaydigan vaziyatda Brejnev davrida yuzaga kelgan „Turğunlik davri“ (Period zastoya, Stagnation Era) suratga olingan. Film 1976-yil Moskvasining kundalik turmuşini körsata olgani bilan ahamiyatlidir.

Film sovet kinoijodkorlarining SSSR filmlarini yanada köproq şaxslarga yetib borişi yölida yangi kino turlariga murojaati közga taşlanib turadi. Melodrama va komediya xususiyatlarini özida mujassam etgan „Işdagi işq“ kartinasi Eldar Ryazanovning „Uçlik“ uslubidagi filmlaridan biridir. Ryazanovning „Uçlik“ filmlari jumlasiga şular kiradi: „Taqdir hazili yoxud quşdek yengil böling“ (1976), „Işdagi işq“ (1977), „Ikki kişilik vokzal“ (1982). Bu filmlarning asosiy mavzusi „Insonlar har vaqt bir-biriga ehtiyoj his qiladilar“dir.

⇄ Boşqa film bilan solishtirish
1

Treylerlar

Işdagi işq▶
2

Rollarda

Alisa Freindlich, Andrey Myagkov, Oleg Basilashvili
Eldar RyazanovEldar RyazanovrejissyorAlisa FreindlichAlisa FreindlichaktyorAndrey MyagkovAndrey MyagkovaktyorOBOleg BasilashviliaktyorSNSvetlana NemolayevaaktyorLALiya AkhedzhakovaaktyorLILyudmila IvanovaaktyorPSPyotr ShcherbakovaktyorEBEmil Braginskyssenariy muallifiAPAndrey Petrovkompozitor
3

Mavzusi

Film voqealari 1976-yil SSSR poytaxti Moskovada bölib ötadi. Davlat statistika qömitasining qattiqqöl rahbari…
Işdagi işq
Kadr: «Işdagi işq»TMDB

Film voqealari 1976-yil SSSR poytaxti Moskovada bölib ötadi. Davlat statistika qömitasining qattiqqöl rahbari Ludmila Kalugina (Alisa Freindliç) örta yoşlarda bölişiga qaramasdan turmuş qurmagan ayoldir. Işçan va talabçan bölgan Ludmila işga barçadan avval kelib, hammadan keyin ketadigan odati bölgan. Ludmillaning qöl ostida işlovçi xodimlari unga „Telba kampir“, deb laqab qöygan bölib, u taşqi körinişiga umuman ahamiyat bermagan. Rahbar, şuningdek, barçaga nisbatan ijtimoiy masafoda turgani bois atrofidagilarda yolğizlikni xuş köruvçi şaxs taassurotini uyğotgan. Barça xodimlar bu rahbardan hayiqib turişgan.

Davlat statistika qömitasida işlovçi iqtisodçi xodim Anatoliy Novoseltsev (Andrey Myagov) bölsa, hamkasblari hurmatida bölgan. U xotini taşlab ketgani sababli 2 nafar farzandi bilan yaşovçi erkakdir. Lapaşanglarga xos turişi bilan ajralib turuvçi Anatoliy doimiy iqtisodiy qiyinçilik va pulsizlikdan aziyat çekib keladi. U hamkasblarining qistoviga qaramay, rahbaridan mukofot puli söraşdan tortinib yurar edi. Film voqealari taşqi ovoz orqali yoritib boriladi va film boşida barça qahramonlar birma-bir tomoşabinga tanitiladi. Anatoliyning eng yaqin dösti yoqimtoy va u bilan yaxşi kelişadigan Olga Ryzovadir (Svetlana Nemolyayeva). Statistika qömitasiga yangi tayinlangan direktor yordamçisi Yuriy Samahvalov edi (Oleg Basilaşvili). Xarizmatik körinişi, sirli kişiligi va yaxşi kiyinişi bilan ajralib turadigan Yuriy doimiy xorijda bölgani uçun xodimlarga kiçik sovğalar keltirib turadi. Ofisda Ludmilladan tortinmaydigan yagona şaxs Yuriy edi. Yuriy dösti Anatoliyning lavozimini kötariş borasida bergan taklifi qabul qilinmaydi. Şundan söng, Yuriyning uyida taşkil etilgan mehmondarçilik keçasida uning taklifi bilan Anatoliy rahbari Ludmillaning könglini olişga harakat qilib köradi. Ammo tajribasiz harakatlari ortidan bunga erişa olmaydi. Anatoliy ayolning sovuqqon holati va eʼtiborsizligi qarşisida jahlga otiga minib, unga haqoratli sözlar yoğdira boşlaydi. Haqoratga uçragan Ludmilla mehmondorçilik keçasini tark etadi.

Anatoliy ertasi kuni uzr söraş niyatida rahbar xonasiga kirganida, işdan haydalişini kutar ekan, heç kutilmagan holat yuz beradi. Ludmilla tösatdan yiğlaşni boşlab, yolğizlikdan aziyat çekişi haqida sözlay boşlaydi. Keyinroq sekretari Veroçka (Liya Akhedzhakova)ni yoniga çaqirib, ayollarning qay tarzda kiyinişi kerakligi va modada bölgan kiyimlar haqida söraydi. Ofisda bölayotgan hamma narsadan xabardor bölgan sekretar rahbarga Anatoliyning ajraşganligi va uning ijtimoiy holati haqida gapirib beradi. Ludmillada Anatoliyga nisbatan qiziqişi uyğonib, u bilan yaqin bölişga harakat qila boşlaydi. Har ikkisining jasorati yetmasdan bir-biriga bölgan tuyğularni oşkor etmasligi, doimiy anglaşmovçiliklarning yuz berişi sababli örtada bahsli munosabatlar davom etaveradi. Ludmilla yangiça uslubdagi körinişida Anatoliyni uyiga mehmon sifatida çaqiradi. Ertasi kuni bu yangiça körinişida işga kelgan Ludmilani körgan ofisdagi barça xodimlar hayratda qolişadi. Direktor ilk bor işga keç qolgandi. Munosabat baxtli yakun topadi.

Oilali bir ayol bölgan Olga universitet davrida sevişgan Yuriy bilan qayta topişişni istaydi, ammo Yuriy ofisda birga işlaydigan xotini bilan birga qoladi. Olganing baxtsizligiga qarama-qarşi ravişda, sekretar Veroçkani taşlab ketgan sobiq sevgilisi bilan munosabatini qayta tiklab oladi.

4

Uslubi

XX asrning 70-yillariga kelib SSSRda film tomoşasiga taşrif buyuruvçi insonlar soni kamaygani sababli sovet…
Işdagi işq
Kadr: «Işdagi işq»TMDB

XX asrning 70-yillariga kelib SSSRda film tomoşasiga taşrif buyuruvçi insonlar soni kamaygani sababli sovet rejissyorlari yangi film uslubi böyiça ish olib borişga kirişadilar. Buning natijasida, ğarb dunyosiga xos bölgan baʼzi film turlari sinovdan ötkazilgan. Fantastika, sarguzaşt va vestern kabi film turlari şular jumlasidandir. Avval boşda böşliqni töldirgan bu film turlari qisqa vaqtdan keyin Sovet kino sohasiga heç qanday özgariş olib kirmagani maʼlum böladi. Istisno ölaroq, şuni ham alohida taʼkidlab ötiş kerakki, komediya va melodrama aralaşgan uslubdagi filmlar SSSR içkarisida ham, SSSR taşqarisida ham keng jamoatçilikka yetib borilgani kuzatilgan. Ezgulikni madh etuvçi, his-tuyğu aralaş mavzular, şuningdek, vaqti-vaqti bilan nostalgiyaga örin berilgan, inson mehri va uning taftini körsatib turuvçi bu turdagi filmlarning eng yaxşi örnaklari Eldar Ryazanovga tegişli.

Bu filmlar baʼzi tanqidçilar tomonidan yengil mavzuli sifatida tanqid qilingan bölsa-da, baʼzilar melodramaga xos bölgan motivlarda jiddiy içki ramzlar mavjudligini aytiladi. Vladimir Menşov rejissyorligida suratga olingan „Moskva köz yoşlarga işonmaydi“ filmi bu kabi filmlarning eng maşhuridir. Bu film nafaqat SSSRda, balki xorijiy mamlakatlarda ham rekor darajada tomoşa qilingan.

Eldar Ryazanov rejissyorligida suratga olingan „Işdagi işq“ romantik komediyasi AQŞ kinoijodkorlariga tegişli „Screwball komediyasi“ga asosida suratga olingan. Sevgi-nafrat munosabatlarining qorişuvi natijasida özaro ziddiyatli qahramonlarni bir-biriga qarama-qarşi qöygan bu jozibador film turi XX asrning 40-yillariga kelib nihoyatda taraqqiy qilgan. Bu filmlarga tegişli öxşaş jihatlardan biri erkak qahramonning „maço“ şaxsiyati söroqqa tutilişi, ayol va erkak örtasidagi munosabatda ayolning yetakçilik salohiyati közga taşlanişidadir. Ijtimoiy tabaqalarning qarama-qarşiliklarini yuzaga çiqargan „screwball“ komediyasining boşqa xususiyatlari orasida „fars“ (beöxşov kulgi) qismlari, tezkor savol-javob tarzida keçadigan dialoglarga, hozirjavob hazillarga boy suhbat va xayolparast qahramonlar bölişi bilan ahamiyatlidir. „Jinni komediya“ deb nomlangan bu uslubga yoqqal misol sifatida 1934-yil suratga olingan „It Happened One Night“ (Bir keçada amalga oşdi) filmini körsatiş mumkin.

„Screwball komediya“ uslubi AQŞda yuz bergan „Buyuk depressiya“ vaqtida çuqur ildiz otgan. AQŞ hukumati tomonidan öşa yillarda çiqarilgan va filmlarga senzura örnatgan „Hays qonunlari“ tufayli kinoijodkorlar jinsiy mavzuga unçalik murojaat etişmasdi. Bu film turi ham qonunlarni aylanib ötiş asnosida, yaʼni jinsiy mavzudan uzoqroq turiş niyatida yaratilgan. Şu sababli ham bu film turiga „Içida jinsiy mavzu körsatilmagan jinsiy mavzudagi film“ deya taʼrif berilgan.

Screwball – amerikaliklar argosida „ğalati narsa“ maʼnosida keladi. Şuningdek, beysbol öyinida aldamçi harakat bilan uloqtirilgan töpga ham „Screwball“ nomi berilgan. Aldamçi harakat bilan uloqtirilgan töpning qarşidagi kişini çalğitgani kabi bu uslubdagi filmlarda doimiy janjal qilib kelgan juftlik film sönggida turmuş quradi. AQŞda „Screwball komediyasi“ film turi „Buyuk depressiya“ vaqtida avj olgan bölsa, „Işdagi işq“ kartinasi bunga öxşaş ravişda Brejnev davridagi „Turğunlik davri“da suratga olingan. Film 1976-yilgi Moskvasining kundalik turmuşini körsata olgani bilan ham ahamiyatlidir.

5

Musiqalari

Filmning musiqalari sovet bastakori Andrey Pavloviç Petrov (1930–2006) tomonidan bastalangan. Qöşiqlarni esa…
Işdagi işq
Kadr: «Işdagi işq»TMDB

Filmning musiqalari sovet bastakori Andrey Pavloviç Petrov (1930–2006) tomonidan bastalangan. Qöşiqlarni esa boş rollarni ijro etgan Alisa Freindliç va Andrey Myagkov kuylagan. Qöşiq sözlari esa şotland xalqining milliy şoiri Robert Burns (1759–1796)ga tegişli. Bir dona sheʼr maşhur rus şoiri Yevgeniy Yevtuşenkoga oiddir. Pop musiqa yönalişida va ballada uslubida kuylangan soundtracklar film qadar maşhurlikka erişgan. LP formatida bölgan musiqa albomi, 1977-yil „Melodiya“ nomli plastinka şirkati tomonidan eʼlon qilingan (S60—09545-46). Filmda soundtrack albomidan örin egallagan qöşiqlar quyidagilardir:

„Moey duşe pokoya net“ – Andrey Petrov bastalagan va sözlari Şotlandiya xalq şoiri Robert Berns tomonidan yozilgan sheʼrdan olingan uşbu qöşiq filmning asosiy musiqasi bölib, qöşiqning ikkita alohida versiyasini filmning boş qahramonlari bölgan Alisa Freindliç va Andrey Myagkov ijro etgan. Sheʼr sözlarini rus tiliga Samuil Marşak tarjima qilgan.

„Nas v nabitix tramvayax boltaet“ – Andrey Petrov tomonidan bastalangan, sözlari rus şoiri Yevgeni Yevtuşenkoga tegişli bu qöşiqni filmda Andrey Myagkov kuylagan.

„Obrivayutsya reçi vlyublyonnix/Obletayut poslednie maki“ – Andrey Petrovning kompozitsiyasi asosidagi qöşiq sözlari Nikolay Zabolotskiyga tegişli. Bu qöşiq ham Alisa Freindliç va Andrey Myagkov tomonidan ijro etilgan.

„Pesenka o pogode“ boşqaça nomi „U prirodi net ploxoy pogodi“ – Andrey Petrov bastalagan qöşiq matni film rejissyori Eldar Ryazanov tomonidan yozilgan va Alisa Freindliç tomonidan kuylangan.

„Uvertyura“ – kompozitor Andrey Petrov, sözlari Robert Bernsga tegişli. Filmning oçiliş qöşiğidir.

„Utro“ – Instrumental musiqa bastakori Andrey Petrovdir.

„Dojd“ – instrumental, Andrey Petrov tomonidan bastalagan.

„Tanes vospominaniy“ – instrumental, Andrey Petrov bastalagan.

„Osen“ – Uşbu instrumental qöşiq bastakori ham Andrey Petrovdir.

„Final“ – Qöşiq Robert Bernsga tegişli. Bastakor – Andrey Petrov.

Matn: maqola «Ishdagi ishq» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

▶ Treylerni körish↗
Film yangiliklarini qoldirmang«Kuzatish» tugmasini bosing — yangi treyler, sana va kinoteatrlarga çiqişi haqida xabar beramiz.