Haqiqiy erkaklar ovi (rusça: Охота для настоящих мужчин) — 2006-yilda rejissyor Jasur Işoqov tomonidan suratgan olingan özbek jangari filmi. Film ssenariysi Mastura Işoqova va Jasur Işaqovga tegişli bölib, unda boş rollarni Asal Xöjayeva, Faxriddin Şamsimatov va Mexridin Rahmatov kabi aktyorlar ijro etgan.
1Syujeti
Beva Şohida va xotini bilan ajraşgan Ozod uçraşib yurişadi. Bundan Şohidaning onasi, öğli Mumtoz va Ozodning…
Beva Şohida va xotini bilan ajraşgan Ozod uçraşib yurişadi. Bundan Şohidaning onasi, öğli Mumtoz va Ozodning hamkasbi Akbar xabardor bölib, ular tez orada oila qurişmoqçi bölişadi. Lekin bunga Mumtoz qarşi böladi.
Özbekiston Içki işlar vazirligining giyohvand moddalarni noqonuniy tarqatişga qarşi kuraşiş bölimi xodimi bölgan Ozod Yöldoşev giyohvand moddalar oldi-sotdisi bilan şuğullanuvçilarni qölga oliş uçun maxsus harbiy operatsiyalar uyuştiradi. Operatsiya davomida u Pardayev ismli mayorning uyidan giyohvand moddalarni topadi. Şu bilan kalavaning uçini topadi va birma-bir narkobaronlarni ovlaşni boşlaydi.
Bu orada Şohida öğlini tarbiyasi buzilib, giyohvand bölib qolganidan dugonasi Gulbahor orqali xabar topadi. Ikki dugona Mumtozni kim yöldan urganligini qidirib, Marat ismli giyohvand moddalar yetkazib beruvçi odamni topişadi, lekin uni körişolmaydi. Marat esa ularning telefon raqamini yozib olib, Mumtoz „qora dori“ sörab kelganida ularni kimligini bilib oladi. Şu ondayoq Marat öğlini uyga kelmaganidan xavotirga tuşgan Şohidaga qönğiroq qiladi va undan öğlining uç ming dollar qarzi borligini, qarzni qaytarsagina öğlini qöyib yuborişini aytib taxdid qiladi.
Şohida bölgan voqealarni Ozodga aytib beradi va Ozod Maratni iziga tuşadi. Akbar yemakxonaga kirib, girgittonga Mumtozning suratini körsatadi va u Marat bilan uçraşganini, Marat esa yemakxonaga kirişda Akbarga turtilib ketganini aytib beradi. Akbar uning iziga tuşadi va Ozod bilan uning uyini topib, maxsus harbiy operatsiya ötkazadi. Marat qölga tuşadi, Mumtozni esa qutqarişadi.
Film söngida Ozod va Akbar şifoxonaga kelişadi. Şifoxonada Şohida, onasi va Mumtoz çiqadi. Ozodni yomon köradigan Mumtoz yugurib borib u bilan quçoqlaşadi.
2Film musiqasi
Filmga musiqalarni Eola Pak…
Filmga musiqalarni Eola Pak yozgan.
Matn: maqola «Haqiqiy erkaklar ovi» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.