⌕
Olimpiya
Film

Olimpiya

Olympia
1938 · hujjatli · 226 daq
🍅 80%

Olimpiya (olmonça: Olympia ) — 1938-yilda ekranlarga çiqqan, ssenariy muallifi, rejissori va prodyuseri Leni Riefenstahl bölgan nemis hujjatli tarğibot (propaganda) filmidir. Film natsistlar hukmronligi davrida Berlindagi Olimpiya stadionida ötkazilgan 1936-yilgi Yozgi Olimpiya öyinlarini özida muhrlagan. Kartina ikki qismdan iborat: „Olympia 1. Teil — Fest der Völker“ („Xalqlar bayrami“, 126 daqiqa) va „Olympia 2. Teil — Fest der Sçönheit“ („Gözallik bayrami“, 100 daqiqa).

Film özining siyosiy foni va tarğibot xarakteri tufayli köplab bahslarga sabab bölgan. Şunga qaramay, unda qöllanilgan texnik usullar keyinçalik sport musobaqalarini tasvirga oliş sanʼatiga katta taʼsir körsatgan. Şuningdek, uşbu asar "Time" jurnalining „Barça davrlarning 100 ta eng yaxşi filmi“ (All-Time 100 Movies) röyxatiga kiritilgan.

⇄ Boşqa film bilan solishtirish
1

Rollarda

2

Mazmuni

Filmning birinçi qismi — „Xalqlar bayrami“ deb nomlanib, u Berlindan emas, balki Qadimgi Gretsiya…
Olimpiya
Kadr: «Olimpiya»TMDB

Filmning birinçi qismi — „Xalqlar bayrami“ deb nomlanib, u Berlindan emas, balki Qadimgi Gretsiya xarobalaridan boşlanadi. Asar töqqiz daqiqalik uzun muqaddima (prolog) bilan oçiladi, unda Akropol daxşatlari, Parfenon ibodatxonasi, yunon xudolarining qadimiy toş haykallari hamda maşhur disk uloqtiruvçi haykali tasvirlanadi. Bu haykallar asta sekin jonlanib, tirik va yalanğoç sportçilarga aylanadi. Şundan söng, maxsus xaritalar, maketlar va tasvirlarni ustma-ust joylaştiriş (superimpozitsiya) texnikasi yordamida Olimpiya maşʼalasining Gretsiyadan Germaniyagaça bosib ötgan uzoq yöli körsatiladi.

Muqaddas maşʼala Berlinga yetib kelgaç, kamera Olimpiya stadionini osmondan (havodan), ulkan Olimpiya qönğiroğini hamda tribunalarda Gitlerga salom berib qöl çözgan minglab tomoşabinlarni muhrlaydi. 1936-yil 1-avgust kuni bölib ötgan tantanali oçiliş marosimida nemis atleti Fritz Sçilgen maşʼalani stadionga olib kiradi va zinapoyalardan yuqoriga kötarilib, Olimpiya olovini yoqadi. Şundan söng film asosiy sport musobaqalariga, yaʼni yengil atletika bahslariga ötadi. Ayollar va erkaklar örtasidagi 4×100 metrlik estafeta yugurişlari körsatiladi. Bu bahslarda Adolf Gitler tribunada ötirgan tomoşabin sifatida köriniş bersa, afsonaviy qora tanli sportçi Jesse Owens ğolib bölgan AQŞ jamoasi tarkibida marraga birinçi bölib yugurib keladi. Stadiondagi bayroqlar namoyişi va Olimpiya ramzlari tasvirlangan montaj sahnalari bilan birinçi qism yakunlanadi.

Filmning ikkinçi qismi esa „Gözallik bayrami“ deb ataladi va u bevosita Olimpiya qişloğida suratga olingan gözal tabiat manzaralari bilan boşlanadi. Bu safar kamera sportçilarning jismoniy jozibasi va harakatlariga eʼtibor qaratadi. Tomoşabin ekran orqali çavandozlar, gimnastikaçilar, mohir suzuvçilar va suvga şönğuvçilarning harakatlarini juda yaqin kadrlarda tomoşa qiladi. Film amerikalik taniqli sportçi Glenn Morrisning önkuraş musobaqasidagi mutloq ğalabasi hamda 1936-yilgi Olimpiada öyinlarining tantanali yopiliş marosimi tasviri bilan yakunlanadi.

3

Işlab çiqariş

Natsistlar 1936-yilgi Yozgi Olimpiya öyinlaridan öz ğoyalarini yoyişda yirik tarğibot (prapaganda) vositasi…
Olimpiya
Kadr: «Olimpiya»TMDB

Natsistlar 1936-yilgi Yozgi Olimpiya öyinlaridan öz ğoyalarini yoyişda yirik tarğibot (prapaganda) vositasi sifatida foydalanişni rejalaştirgan edi. Riefenstahl keyinçalik uşbu filmga Xalqaro Olimpiya qömitasi buyurtma bergan deb daʼvo qilgan bölsada, aslida u töliq davlat mablağlari hisobidan „Olympia Film GmbH“ kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan. Suratga oliş jarayonlarini esa bevosita Reyx tarğibot vazirligi nazorat qilib turgan.

Joseph Goebbels uşbu filmni suratga oliş ğoyasini 1935-yil 28-iyunda, Riefenstahl özining „Iroda tantanasi“ (Triumph des Willens) filmi uçun mukofot olganidan keyin u bilan muhokama qilgan. Goebbels, Adolf Gitler hamda Olimpiya öyinlari taşkiliy qömitasining boş kotibi Carl Diem uşbu loyihaga rejissyorlik qiliş uçun Riefenstahl eng munosib nomzod ekanligi borasida yakdil fikrga kelişgan. Filmni suratga oliş uçun dastlab 1,5 million reyxsmark ajratilgan bölib, keyinçalik bu summa 2,35 milliongaça oşirilgan.

Filmda keyinçalik kino sanoati standartiga aylangan, ammo öşa davr uçun mutlaqo yangilik bölgan köplab usullar qöllangan, noodatiy kamera burçaklari, yirik planlar (yaqindan tasvirga oliş) hamda tomoşabinlar örindiqlari içiga va harakatlanadigan maxsus relslarga örnatilgan kameralar şular jumlasidandir. Maydonning özida faqat oltita kameradan foydalanişga ruxsat berilgan bölsada, Riefenstahltasvirga oliş uskunalarini imkon qadar köproq joyga, jumladan, tribunalarga ham joylaştirgan. Şuningdek, u havo şarlariga va qayiqlarga ham kameralarni örnatib çiqqan.

Eng katta texnik yangiliklardan biri suv osti kamerasining qöllanişi böldi, bunda operator ğavvoslar suvga sakraganda ularning ortidan şönğib, suv ostida tasvir aniqligi (fokus) va yoruğlikni (diafragmani) qölda sozlab borgan. Suratga oliş guruhida operatorlar Walter Frentz va Hans Ertl ham faoliyat körsatgan. Suratga oliş jarayonida Riefenstahl hakamlardan biri bilan bahslaşib ketadi, çunki u operator Gustav Lantsçnerga bolğa otiş musobaqasini tasvirga olişni taqiqlab qöygan edi. Rejissyor bu borada Goebbelsga şikoyat qilganida, Goebbels uni „asabiy ayol“ deb atagan. Riefenstahl öşa hakamdan uzr söramagunça uni stadion hududiga qayta kiritişmagan.

Riefenstahl film montaji ustida salkam ikki yil davomida işlagan. Film premyerasi Anşlyus (Avstriyaning Germaniyaga qöşib olinişi) voqealari sababli keçiktirilgan, şundan söng Riefenstahl uni Gitlerning tuğilgan kunida katta ekranga çiqarişni taklif qilgan. Film 1938-yil 14-aprelda senzura ruxsatidan ötgan va 20-aprelda Gitlerning 49 yoşga tölgan kunida namoyiş etilgan. 1943-yilga kelib, uşbu kartina davlat ğaznasiga 114 066,45 reyxsmark miqdorida sof foyda keltirgan. Riefenstahl filmni AQŞda ham tarqatiş (prokatga çiqariş) maqsadida uşbu mamlakat böylab safar qilgan hamda Genri Ford va Uolt Disney kabi maşhur şaxslar bilan uçraşgan. Biroq Germaniyadagi „Billur tun“ (Kristallnaçt) voqealari hamda AQŞdagi Yahudiy mehnat qömitasi va Gollivudning natsizmga qarşi kuraş ligasi kabi taşkilotlarning keskin noroziliklari tufayli uning bu urinişlari muvaffaqiyatsizlikka uçragan. Film AQŞ ekranlariga faqatgina Molotov Ribbentrop pakti imzolanganidan keyingina, „Excelsior Pictures“ kompaniyasi tomonidan ingliz tiliga dublyaj qilingan.

Film Germaniyada jamoatçilik tomonidan kötarinki ruhda kutib olindi, şuningdek, butun dunyoda keng eʼtirof va nufuzli mukofotlarga sazovor böldi. Uning mukofotlari qatoridan 1937–1938-yillardagi Germaniya milliy kino mukofoti, 1938-yilgi Gretsiya sport mukofoti, 1939-yilda Xalqaro Olimpiya qömitasi tomonidan berilgan Olimpiya oltin medali hamda 1948-yilgi Lozanna xalqaro kinofestivalining Olimpiya diplomi joy olgan. 1960-yilda Riefenstahlning hamkasblari (kinorejissyorlar) uşbu asarni barça davrlarning eng yaxşi 10 ta filmidan biri deb eʼtirof etişdi.

1948-yilda AQŞda film Germaniyadan keltirilgan materiallar asosida, biroq Riefenstahlning iştirokisiz, sezilarli darajada qisqartirilgan variantida „Kings of the Olympics“ (Olimpiada qirollari) nomi ostida qayta ekranlarga çiqarildi. 1955-yilda Riefenstahl filmni Nyu-Yorkdagi Zamonaviy sanʼat muzeyida (MoMA) namoyiş etiş uçun undan Adolf Gitler tasvirlangan uç daqiqalik kadrlarni olib taşlaşga rozi böldi. Amerikalik taniqli kinoşunos Richard Corliss „Time“ jurnalida yozişiça, „Iroda tantanasi“ (Triumph of the Will) filmidan tubdan farq qilgan holda, Riefenstahl „Olympia“ filmida irqiy qaraşlardan çekinib, qora tanli yengil atletikaçi Jesse Owens ham xuddi boşqa sportçilar kabi hurmat va ehtirom bilan tasvirlanadi.

4

Suratga oliş guruhi

Leni Riefenstahl — rejissyor, prodyuser, ssenariy muallifi va…

Leni Riefenstahl — rejissyor, prodyuser, ssenariy muallifi va montajyor

Paul Holzki — operator

Walter Frentz — operator

Hans Ertl — operator

Gustav Lantsçner — operator

Herbert Windt — bastakor

Walter Gronostay — bastakor

Richard Strauss — bastakor

Matn: maqola «Olimpiya (1938 film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

Film yangiliklarini qoldirmang«Kuzatish» tugmasini bosing — yangi treyler, sana va kinoteatrlarga çiqişi haqida xabar beramiz.