Perfect Blue (yaponça: パーフェクトブル, Pāfekuto Burū) – 1997-yilda yaratilgan yapon animatsion psixologik dahşatli film bölib, unga Satoşi Kon rejissyorlik qilgan. Film Yoşikazu Takeuçining Perfect Blue: Complete Metamorphosis (パーフェクトブルー:完全変態, Pāfekuto Burū: Kanzen Hentai) nomli romaniga asoslangan bölib, ssenariyni Sadayuki Murai yozgan. Filmga Junko Iwao, Rica Matsumoto, Şiho Niiyama, Masaaki Okura, Şinpaçi Tsuji va Emiko Furukawa ovoz bergan. Syujet yapon idol guruhining aʼzosi bölgan Mima Kirigoe haqida: u musiqiy faoliyatni tark etib, aktyorlik yölini tanlaydi. Ammo şu paytdan boşlab uni aşaddiymuxlisi taʼqib qiladi, atrofida vahşiyona qotilliklar sodir böla boşlaydi va Mima asta-sekin haqiqat bilan xayol örtasidagi çegarani yöqota boşlaydi. Film fantaziya va reallikning qorişib ketişi mavzusini yoritadi. Bu Satoşi Konning Millennium Actress (2001), Paranoia Agent (2004) va Paprika (2006) kabi boşqa asarlarida ham uçraydigan asosiy falsafiy ğoya hisoblanadi.
Perfect Blue tanqidçilar tomonidan yuksak baholangan va hozirda animatsiya sanʼatining durdonasi hamda eng yaxşi anime filmlaridan biri sifatida eʼtirof etiladi.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Satoshi KonrejissyorSMSadayuki Muraissenariy muallifi3Syujeti
Mima Kirigoe maşhur yapon J-pop guruhi ÇAM! tarkibidan çiqib, töliq aktyorlik faoliyatiga ötişga qaror…
Mima Kirigoe maşhur yapon J-pop guruhi ÇAM! tarkibidan çiqib, töliq aktyorlik faoliyatiga ötişga qaror qiladi. Uning bu qarori köplab muxlislar orasida norozilik uyğotadi, ayniqsa, Me-Mania ismli aşaddiy muxlisi uni taʼqib qila boşlaydi. Bir kuni muxlislaridan biri yuborgan maktubdagi körsatmaga amal qilib, Mima „Mimaʼs Room“ nomli veb-saytni topadi. Saytda uning nomidan yozilgan kundaliklar joylaştirilgan bölib, ular qöşiqçining hayoti va şaxsiy fikrlarini ğayrioddiy aniqlikda tasvirlaydi. Mima bu holatdan qörqib, sobiq pop yulduz va hozirda menejeri bölgan Rumi Hidakaga murojaat qiladi. Rumi unga saytdagi yozuvlarni eʼtiborsiz qoldirişni, bunga ahamiyat bermaslikni maslahat beradi. Mima özining yangi aktyorlik faoliyatidagi ilk kiçik rolni „Double Bind“ nomli detektiv teleserialida oladi. Ammo uning agenti Tadokoro prodyuserlar bilan muzokara olib borib, unga kattaroq rol olişga erişadi. Biroq bu rol Mimani jinsiy tajovuz sahnasida suratga tuşişga majbur qiladi. Rumi bunga keskin qarşi çiqsa-da, Mima professional faoliyatini rivojlantiriş uçun bu sahnada qatnaşişga rozi böladi. Biroq suratga oliş jarayoni unga ruhiy zarba beradi. U özini haqiqatan ham tajovuzga uçragandek his qiladi. Serial suratga olinayotgan paytda ortib borayotgan stress, ÇAM! guruhini tark etganidan qolgan puşaymonlik va taʼqibçi muxlis sababli paydo bölgan qörquv Mimani tobora köproq siqadi. U ikki xil hayot – sahnadagi obraz va real hayoti örtasidagi çiziqni yöqota boşlaydi. Tez orada Mimada psixoz holati yuzaga keladi. U haqiqat bilan xayolni ajrata olmay qoladi va tez-tez özining sobiq „idol“ qiyofasidagi tasvirini köra boşlaydi. Bu soxta „Mima“ unga qarab: „Men haqiqiy Mimaman“, deb aytadi.
Mimaning aktyorlik faoliyati bilan boğliq şaxslarga qarşi bir qator qotilliklar sodir etiladi. Oradan köp ötmay Mima öz javonidan uni asosiy gumondor sifatida körsatuvçi dalillarni topadi. Uning tobora zörayib borayotgan ruhiy beqarorligi tufayli öz xotiralari va aybsizligiga şubha qila boşlaydi. U fotograf Muranoni, undan yalanğoç suratga tuşişga ruxsat söraganidan söng, şafqatsizlarça öldirganini ğira-şira eslay boşlaydi. Mima „Double Bind“ filmida suratga tuşişni yakunlaydi. Filmning sönggi sahnasida uning qahramoni psixologik jarohat oqibatida yuzaga kelgan dissotsiativ şaxsiyat buzilişi sababli singlisini öldirib, uning şaxsiyatini özlaştirgani maʼlum böladi. Suratga oliş jamoasi studiyani tark etgaç, Me-Mania „haqiqiy Mima“ning elektron xatidagi körsatmalariga binoan „soxta Mima“ni yöq qiliş uçun uni burçakka qisib, zörlaş va öldirişga urinadi. Biroq Mima uni bolğa bilan urib qoçib ketişga erişadi. Keyinçalik, Mimani öldira olmagani uçun Me-Manianing özi „haqiqiy Mima“ tomonidan qatl etiladi.
4Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDBMatn: maqola «Perfect Blue» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.