„Parining sovğasi“ (rusça: «Подарок феи») — rus-özbek rejissyori va aktyori Farhod Mahmudovning ertak filmi. Film „Vega“ kinokompaniyasi tomonidan Özbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasi va Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi iştirokida 2022-yilda suratga olingan.
1Rollarda
Nikolai Dobrynin
2Suratga oliş jarayoni
Bu film Farhod Mahmudovning ilk rejissyorlik ishi bölib, „Parining sovğasi“ rossiyalik va özbek…
Bu film Farhod Mahmudovning ilk rejissyorlik ishi bölib, „Parining sovğasi“ rossiyalik va özbek kinoijodkorlari tomonidan birgalikda suratga olingan ikkinçi qöşma filmdir. Film 6 yoşdan katta bölgan bolallar auditoryiyasiga möljallangan. Farhod Mahmudovning sözlariga köra, dastlab filmni Tunisda suratga oliş rejalaştirilgan, lekin yakunda filmni Xivada, jumladan, Içan qalʼa meʼmoriy yodgorligi hududida suratga oliş qarori qabul qilingan, aktyorlarning 90 foizi özbeklar. Filmini suratga oliş jarayonlari Buxoro va Samarqandda ham bölib ötgan. Aktyorlarning aksariyati özbek kinosi vakillari. Şuningdek, filmni suratga olişda boş qahramonning otasi rolini Rossiyada xizmat körsatgan artist Nikolay Dobrinin öynagan. Filmning dublyaji Mosfilm kinokonserni qoşidagi studiyada bölib ötgan.
3Syujeti
„Parining sovğasi“ ertak filmida oğir xastalikka çalingan otasini qutqariş uçun davo izlayotgan yoş va…
„Parining sovğasi“ ertak filmida oğir xastalikka çalingan otasini qutqariş uçun davo izlayotgan yoş va kelişgan şahzoda haqida hikoya qilingan. Safari çoğida şahzoda juda köp turli sinov va sarguzaştlarga duç keladi, lekin şahzoda barçasini muvaffaqiyatli yengib ötib, oxirida nafaqat otasi va saltanatini qutqaradi, balki haqiqiy sevgisini ham topadi.
4Film premyerasi
Filmning Özbekistondagi premyerasi 2022-yil 30-iyun kuni Yoşlar kunlari doirasida VGIK Toşkent filialining…
Filmning Özbekistondagi premyerasi 2022-yil 30-iyun kuni Yoşlar kunlari doirasida VGIK Toşkent filialining yozgi kinoteatrida bölib ötdi. Film 2022-yil kuzida „Ipak yöli durdonasi“ XV Toşkent xalqaro kinofestivalida ham namoyiş etilgan. Jahon premyerasi 2023-yilga rejalaştirilgan.
Matn: maqola «Parining sovgʻasi» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.