«Scarface» (Лицо со шрамом) kubalik muhojir Tony Montana haqida hikoya. U 1980-yilda Mariel qoçqini paytida Mayamiga keladi. Kuba hukumati amaldorini öldiriş evaziga yaşil kartaga ega bölgan Tony Mayamida narkotik savdosiga daʼvo qiladi. Yolida turgan har kimni şafqatsizlarçha öldirib, u asta-sekin şahardagi kokain yetkazib berişning deyarli barçasini qöliga oladi.
Filmni Brian De Palma suratga olgan, ssenariy muallifi — Oliver Stone. Boş rolni Al Pacino ijro etgan. Filmda Steven Bauer va Michelle Pfeiffer ham rol ijro etgan. Bu jinoyat dramasi va triller, 1932-yilgi şu nomdagi filmning remeyki. Filmni 1983-yilda Universal Pictures çiqargan, musiqasini Giorgio Moroder yozgan. Vaqt öte borib, film kult klassikasiga aylangan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Steven Bauer, Michelle Pfeiffer, Mary Elizabeth Mastrantonio
·Ensiklopediyadan
Scarface – 1983-yilda çiqarilgan amerika jinoyat drama filmi bölib, Brian De Palma tomonidan suratga olingan. Ssenariy muallifi Oliver Stonedir. Filmda Al Pacino boş rolni ijro etgan. Bu film, öz navbatida, 1930-yilda Armitage Trail tomonidan çop etilgan roman asosida suratga olingan 1932-yilgi şu nomdagi filmga remeyk hisoblanadi. Uşbu film Kubalik qoçoq Tony Montana (Pacino) haqida bölib, u Mariel qoçqini (ing: Mariel boatlift) paytida Mayamiga pulsiz keladi va kuçli narkobaronga aylanadi. Filmda şuningdek, Steven Bauer, Michelle Pfeiffer, Mary Elizabeth Mastrantonio, Robert Loggia, Míriam Colón va F. Murray Abraham ham rol ijro etişgan.
Pacino 1932-yilgi versiyani körgandan söng filmni qayta suratga olişga qiziqişi ortadi. Prodyuser Martin Bregman bilan birga bu loyihani rivojlantira boşlagan. Dastlab film uçun rejissyor sifatida Sidney Lumet yollanadi, lekin u keyinçalik De Palma bilan almaştirilgan. De Palma esa ssenariyni yoziş uçun Oliver Stoneni yollaydi. De Palma „Scarface“ ning uşbu versiyasini original filmning rejissyori va ssenariy muallifi bölgan Howard Hawks va Ben Heçtning xotirasiga bağişlaydi. Filmning suratga oliş işlari 1982-yilning noyabridan 1983-yilning mayigaça Los Anjeles va Mayamida amalga oşirilgan. Filmning musiqalari Giorgio Moroder tomonidan bastalangan.
„Scarface“ 1983-yil 1-dekabrda Nyu York şahrida premyera qilingan va 9-dekabrda Universal Pictures tomonidan çiqarilgan. Film mahalliy kassa yiğimida 45 million dollar va dunyo böylab 66 million dollar daromad oladi. Dastlabki tanqidiy munosabatlar haddan taşqari zöravonlik, sökiniş va narkotiklardan foydalaniş tasvirlari tufayli salbiy bölgan. Mayamidagi baʼzi kubalik muhojirlar filmning kubaliklarni jinoyatçi va narkotik savdogarlari sifatida tasvirlaşiga eʼtiroz bildirdilar. Keyingi yillarda baʼzi tanqidçilar filmni qayta körib çiqib, uni eng buyuk gangster filmlaridan biri sifatida baholadilar. Martin Scorsese kabi ssenariynavis va rejissyorlar film haqida iliq fikr bildirişgan. Film pop madaniyatida, ayniqsa, hip-hop madaniyati/gangsta rapda, şuningdek, komikslar, telekörsatuvlar va video öyinlarda keng tilga olingan. Film kult klassikasi sifatida tan olingan.
3Syujeti
1980-yilda Kubalik muhojir va sobiq mahkum Tony Montana Mariel qoçqini operatsiyasi doirasida Mayamiga keladi…
1980-yilda Kubalik muhojir va sobiq mahkum Tony Montana Mariel qoçqini operatsiyasi doirasida Mayamiga keladi va u yerda eng yaqin dösti Manny Ribera hamda şeriklari Angel va Chi-Chi bilan birga muhojirlar lageriga yuboriladi. Törtovlon Mayamilik narkobaron Frank Lopezning iltimosiga binoan, Fidel Kastroning sobiq qöriqçisini öldiriş evaziga ozod qilinib, yaşil kartaga ega bölişadi. Ular restoranda idiş yuvuvçi bölib işlay boşlaşadi, lekin tez orada bu işdan köngli tölmay qoladi; Tony kattaroq işlar uçun yaratilganini aytadi. Frankning öng qöli bölgan Omar Suarez Tony va uning döstlarini kolumbiyalik dilerlardan kokain sotib olişga yuboradi. U yerda Tony va Angel tuzoqqa tuşib, qölga olinadi. Tonyni Angelning motorli arra bilan bölaklarga bölinişini tomoşa qilişga majbur qilişadi, şundan söng Manny va Chi-Chi uni qutqarişadi. Ular uçta dilerni öldirib, narkotiklar va pullarni qaytarib olişadi. Omar ularni sotgan deya şubhalanib, qaytarilgan pul va narkotiklarni şaxsan özlari Frankga yetkazişadi.
Tony va Manny Frank uçun işlay boşlaydi, bu orada Tony Frankning gözal rafiqasi Elvirani yoqtirib qoladi. Keyinçalik, Tony onasi va singlisi Gina bilan uçraşadi. Tony oilasini qiyinçiliklarini kamaytiriş maqsadida onasiga „siyosiy vositalar“ orqali pul topişini aytib, $1,000 beradi. Tonyning onasi uning yolğon gapirganini bilib, jahl bilan bu taklifni rad etadi, lekin Gina pulni özida saqlab qoladi. Manny Ginani yoqtirib qoladi, lekin Tony uni Ginadan uzoq turişini aytib ogohlantiradi. Frank Tony va Omarga Boliviyaning Coçabamba şahriga, kokain qiroli Alejandro Sosa bilan uçraşişga yuboradi. Uçraşuv çoğida, Omar Frankning roziligisiz katta kelişuvni muzokara qilgani uçun Tonydan norozi böladi. Keyinroq, Sosa odamlariga Omarning politsiya informatori ekanligini va Frank unga işoniş orqali notöğri qaror qabul qilganligini aytib, uni vertolyotdan osib ölimga mahkum etadi. Tony Frankning taşkilotini himoya qiladi va sadoqatini bildiradi; Sosa Tonyga qiziqib qoladi va kelişuvga rozi böladi, lekin Tony uni heç qaçon aldaşga urinmasligini aytib, ogohlantiradi.
Omarning ölimidan Frank qattiq ğazablanadi. Sosa bilan kelişuvning kattaligini bilgan holda, Tony özining kokain operatsiyasini yölga qöyadi. poraxör detektiv Mel Bernstein Tonyni tungi klubda tutib olib, undan politsiya himoyasi uçun pora talab qiladi. Şundan söng, suiqasdçilar Tonyni öldirişga harakat qilişadi, lekin Tony yarador holatda qoçişga muvaffaq böladi. Tony Frank va Bernstein bilan yuzma-yuz keladi va ularni hujum ortida turganlikda gumon qiladi; Frank qurol bilan tahdid ostida hujumdagi iştirokini tan oladi va hayotini saqlab qoliş uçun yalinadi, lekin Tony Mannyga uni otib öldirişni buyuradi va Bernsteinni öldiradi. Tony Elviraga uylanib, Sosa mahsulotlarining distribyutori böladi va foydalarini köpaytirib, köp million dollarlik imperiya, qattiq qöriqlanadigan mulk quradi.
1983-yilda federal agentlar tomonidan amalga oşirilgan pul yuviş böyiça operatsiya natijasida Tony soliq tölaşdan böyin tovlaşda ayblanadi va qamoqqa tuşiş xavfi ostida qoladi. Sosa Tony qamoqqa tuşmasligi uçun özining hukumatdagi aloqalarini işlatişni taklif qiladi, lekin buning evaziga Tony Sosaning narkotik operatsiyalarini foş qilişni rejalaştirgan jurnalistni öldirişga yordam berişi kerak böladi. Tony va Sosaning odamlaridan biri bölgan „Soya“ (inglizça: Shadow) Nyu-Yorkda faollik körsatayotgan jurnalistni öldiriş uçun borişadi; Soya jurnalistning maşinasiga radio boşqaruvli bomba qöyadi. Biroq maşinada jurnalistning ayoli va bolalari borligini körib Tony hujumni bekor qilişga urinadi. Soya bunga rozi bölmaydi. Tony bombani portlatişdan oldin Soyani öldiradi. Tony keyin Mayamiga qaytadi. Ğazablangan Sosa qasos olişga vaʼda beradi.
Kokain taʼsirida bölgan Tony Ginani qidira boşlaydi va uni Manny bilan birga köradi. Ğazab bilan Tony Mannyni otib öldiradi. Şundan söng, Gina va Manny turmuş qurganlarini bilib oladi. Köngli buzilgan Tony Ginani olib uyiga qaytadi va ofisida katta miqdorda kokain isteʼmol qila boşlaydi. Sosa odamlarini yuborib, Tonyning qöriqçilarini, şu jumladan Chi-Çini öldiradi. Şu paytda Gina qurol bilan ofisga kirib, Tonyga öq uzadi va uni yaralaydi. lekin Sosaning odami Ginani otib öldiradi. Tony qurol va granatomyot olib, hujumçilarga qarşi kuraşadi va köplarini öldiradi, ammo öziga ham köplab öqlar tegadi. U hujumçilarni masxara qiladi, şu paytda bir qotil ofisga kirib, uni orqasidan otib öldiradi. Tonyning jasadi balkondan hovuzga, „Dunyo seniki“ degan ironik şiorli globusning tagiga qulaydi.
4Asosiy rollar
Al Pacino – Tony Montana: Mayamida boy narkobaron bölib ketgan kubalik…

Al Pacino – Tony Montana: Mayamida boy narkobaron bölib ketgan kubalik qoçoq
Steven Bauer – Manny Ray: Tonyning dösti va öng qöli
Michelle Pfeiffer – Elvira: Frank Lopezning sevgilisi, keyinçalik Tony Montana bilan turmuş quradi
Mary Elizabeth Mastrantonio – Gina: Tonyning singlisi
Robert Loggia – Frank Lopez: Mayamidagi narkobaron
Míriam Colón – Mama Montana: Tonyning onasi
F. Murray Abraham – Omar: Frankning öng qöli
Paul Şenar – Alejandro Sosa: Boliviyalik narkobaron va Tonyning yetkazib beruvçisi
Harris Yulin – Bernstein: Frankning pulini olayotgan poraxör politsiyaçi, Tonydan pora talab qiladi
Ángel Salazar – Chi-Chi: Tonyning dösti
Arnaldo Santana – Ernie: Frankning tan soqçisi, keyinçalik Tonyga işlaydi
Pepe Serna – Angel: Tonyning dösti
Michael P. Moran – Nick the Pig (özbekça: Çöçqa Nik): Tonyning yordamçisi
Al Israel – Hector: Kolumbiyalik narkotik sotuvçisi
Dennis Holahan – Bankir: Tonyning pulini yuviş uçun foydalangan bankiri
Mark Margolis – Soya: Sosaning yordamçisi
Michael Alldredge – Şeffield: Tonyning advokati
5Yordamçi rollar
Boşqa rollarda quyidagi aktyorlar suratga…

Boşqa rollarda quyidagi aktyorlar suratga tuşgan:
Ted Beniades – Seidelbaum: politsiya xodimi
Geno Silva – „The Skull“: Tony Montanani öldirgan qotil
Richard Belzer – Babylon Clubning ish boşqaruvçisi
Albert Carrier – Pedro Quinn: Sosaga yordam beruvçi şakar magnati
Victor Millan – Ariel Blayer: Sosaga yordam beruvçi boliviyalik siyosatçi
Roberto Contreras – Emilio Rebenga: Montana tomonidan öldirilgan kubalik muhojir
Gregg Henry – Charles Goodson: Sosaning amerikalik şerigi
Şuningdek, De Palmaning doimiy hamkorlari Charles Durning va Dennis Franz oçiliş sahnasida Montanani tergov qilayotgan Immigratsiya xizmati ofitserlari rolini ijro etişgan, lekin ularning ismlari keltirilmagan. Uşbu sahnada Garnett Smith, Tony Perez va John Brandonlarni ham köriş mumkin. Lana Clarkson, Angela Aames, Ava Lazar, Margaret Miçaels va Katt Şea Babylon Klubidagi mijozlar sifatida filmda iştirok etişgan. Ösmir model Tammy Lynn Leppert arra sahnasida fohişa rolida köriniş bergan. Yangiliklar reportyori Mario Maçado öz rolida iştirok etgan.
6Loyihani tayyorlaş
„Scarface“ning işlab çiqilişi Al Pacino Los Anjelesdagi Tiffany Teatrida 1932-yilda suratga olingan xuddi şu…

„Scarface“ning işlab çiqilişi Al Pacino Los Anjelesdagi Tiffany Teatrida 1932-yilda suratga olingan xuddi şu nomdagi filmni körgandan keyin boşlanadi. U keyinçalik menejeri, prodyuser Martin Bregmanga qönğiroq qilib, uşbu filmni qayta suratga olişning potensialiga işonişini maʼlum qilgan. Sidney Lumet rejissyor sifatida loyihaga qöşiladi va Montananing Mariel qoçqinlari davrida Qöşma Ştatlarga kelgan kubalik böliş ğoyasini ilgari suradi.
Bregman va Lumet örtasidagi ijodiy tafovutlar tufayli Lumet loyihani tark etadi. Lumet Qöşma Ştatlarga kokain oqimi uçun hozirgi Prezident maʼmuriyatini ayblaydigan siyosiy hikoya yaratmoqçi böladi, lekin Bregman bunga qarşi çiqadi. Bregman Lumetni Brian De Palma bilan almaştiradi. Ssenariy uçun Oliver Stoneni yollaydi. Stone 1932-yildagi asl „Scarface“ni körgan va uni yoqtirmaganligi sababli dastlab taklifni rad etadi. Faqat Lumet bilan suhbatdan söng, ular filmni zamonaviy filmga aylantirişga kelişib olişadi va taklifni qabul qiladi. Stone şunday dedi: „Sidney 1930-yillardagi Amerika gangster filmini olib, uni zamonaviy immigrant gangster filmiga aylantiriş ğoyasini berdi. Filmda biz spirtli içimliklarni emas, giyohvand moddalarni qoralamoqdamiz“. Oliver Stonening „The Oliver Stone Experience“ kitobida şunday deb yozilgan: „Men italyan mafiyasi haqidagi filmni suratga olmoqçi emas edim… Bizda bu kabi işlar önlab topiladi. Lekin keyin Bregman Sidneyning ajoyib ğoyasi borligini aytdi – filmni Mayamidagi Marielito filmi sifatida suratga olmoqçi. Men bunga qiziqib qoldim. Sidneyning ğoyasi ajoyib edi“.
Stone özining kokain qaramligiga qarşi kuraşar ekan, ssenariy ustida işlay boşlaydi. U va Bregman öz tadqiqotlarini amalga oşiriş maqsadida Florida ştatining Mayami şahriga sayohat qiladilar, u yerda AQŞ prokuraturasining idorasi va Taşkil etilgan jinoyatçilik byurosining yozuvlaridan foydalaniş imkoniga ega bölişadi. Stone Qöşma Ştatlarda qaramlikdan xalos böla olmasligiga işonib ssenariyni yoziş uçun Parijga köçib ötadi. 2003-yildagi intervyusida u öşa paytda butunlay giyohvand moddalaridan voz keçganini aytgan: „Kokain yozişga yordam bermaydi. Bu miya hujayralariga juda zararli“.
Asl hikoyaga boşqa özgartirişlar qatorida, Alejandro Sosa qahramoni qöşiladi. Stone bu qahramonni „Kokain qiroli“ laqabini olgan boliviyalik narkobaron Roberto Suárez Gómezdan ilhomlanib yaratgan.
7Kasting
Tony Montana roli dastlab Robert De Niroga taklif qilingan va u rolni rad etgan. Pacino boş rolni ijro etişni…

Tony Montana roli dastlab Robert De Niroga taklif qilingan va u rolni rad etgan. Pacino boş rolni ijro etişni talab qilgan. Pacino piçoq bilan jang qiliş böyiça mutaxassislar va murabbiylar bilan şuğillangan. Rol uçun mos tana tuzilişiga ega böliş uçun boksçi Roberto Duran bilan işlagan. Meryl Streepning „Sophieʼs Choice“ (1982) filmidagi muhojir qahramoni ham Pacinoning Tony Montana obrazini yaratişda taʼsir körsatgan. Bauer va dialekt murabbiyi unga kubalik ispan tilining ayrim jihatlari va talaffuzini örganişda yordam beradi.
Pfeiffer öşa paytda maşhur aktrisa emas edi va asosan „Grease 2“ filmidagi roli bilan tanilgandi. Pacino va De Palma uning rolga tayinlanişiga qarşi bölişgan, ammo Bregman ularga qarşi çiqadi. Rol uçun dastlab Glenn Close tanlangandi. Şu bilan birga Geena Davis, Carrie Fisher, Kelly McGillis, Rosanna Arquette, Melanie Griffith, Kim Basinger, Brooke Şields, Sharon Stone va Sigourney Weaver ham nomzodlar qatorida bölgan.
Bauer sinovdan ötmasdanoq öz rolini oladi. Tanlov jarayonida kasting direkori Alixe Gordin Bauerga közi tuşadi va darhol uning Manny roli uçun mos ekanligini taʼkidlaydi, bu fikrga De Palma va Bregman ham qöşilişadi. U boş rollardagi yagona haqiqiy kubalik edi. Manny roliga John Travolta ham nomzod bölgan.
8Suratga oliş
Film suratga oliş işlari 1982-yil 22-noyabrdan 1983-yil 6-maygaça 24 hafta davomida amalga oşirilgan. Filmda…

Film suratga oliş işlari 1982-yil 22-noyabrdan 1983-yil 6-maygaça 24 hafta davomida amalga oşirilgan. Filmda Mayami tasvirlangan bölsa-da, Mayami turizm kengaşi filmning narkotiklar va gangsterlar mavzusi turizmni salbiy taʼsir qilişi mumkinligidan qörqib, suratga oliş iltimoslarini rad etadi. Şu sababli filmning katta qismi Los Anjelesda suratga olinadi. 1983-yil aprel oyida, bir sahna Mayamidagi Fontainebleau Miami Beaçda suratga olingan. Zanjirli arra sahnasi Miami Beaçdagi Ocean Driveda suratga olingan. Ikkinçi jamoa Kaliforniyaning San Diego şahridagi Coronado Beaçda bir kunlik suratga oliş işlarini amalga oşirgan. Tonyning haşamatli uyi esa Santa Barbara yaqinida joylaşgan Rim uslubida qurilgan El Fureidis saroyi edi.
Suratga oliş işlari Kaliforniyadagi ob-havo şaroitlari tufayli ikki marta töxtatiladi. Mart oyidagi suratga oliş jarayonida, Pacino jang sahnasida yiqilib, endigina öq uzilgan qurolning oğzida çap qölini kuydirib oladi. Pacino soğayib ketguniga qadar suratga oliş işlari bir haftadan köproq vaqtga töxtatiladi. Uning yöqligida suratga olingan sahna davomida vaqtli portlagan bomba sababli ikki nafar kaskadyor jarohatlanadi.
Filmning oxiridagi otişma sahnasida öşa paytda suratga oliş maydonçasiga taşrif buyurgan Stiven Spilberg tomonidan suratga olingan bitta kamera kadri mavjud. Filmda kokainni tasvirlaş uçun bolalar kukunli iç suruvçi işlatilgan. Pacino suratga oliş davomida katta miqdordagi kukunni burun orqali tortganligi sababli burun yöli biroz şikastlanadi. Maxsus effektlar Ken Pepiot va Stan Parks tomonidan amalga oşirilgan.
Stone maydonçadagi aktyorlar bilan gaplaşib, işlaşiga tösqinlik qilgani sababli De Palma Uni suratga oliş maydonçasidan ketişini talab qilgan.
9Reyting
Film çiqarilişidan ikki oy oldin, 1983-yil 28-oktabrda, MPAA „Scarface“ filmiga „ortiqça va ketma-ket…

Film çiqarilişidan ikki oy oldin, 1983-yil 28-oktabrda, MPAA „Scarface“ filmiga „ortiqça va ketma-ket zöravonlik hamda til“ uçun X reytingini beradi. Şu vaqtga qadar filmni uç marta qayta tahrirlagan De Palma, "Men bu odamlardan çarçadim, endi heç narsani olib taşlamayman" deb aytadi. Bregman The New York Times gazetasiga "biz pornografik film sifatida belgilandik… Biz X reytingini berişdi va biz apellyatsiya beramiz" deb intervyu beradi. Universal pornografik film fikrlar yomonlaşuviga va çiptalar sotilişining kamayişiga olib kelişi sababli X reytingli filmni çiqarişni xohlamas edi. Köplab gazeta, televideniye va radio stansiyalari X reytingli film uçun reklamalar olmasdi.
8-noyabr kuni, 20ta teatr egalari, studiya rahbarlari va mustaqil distribyutorlardan iborat apellyatsiya kengaşi qarorni 17 ga 3ta ovoz bilan qaytarib, filmga R reytingini berdi. De Palma özgartirişlar juda kiçik ekanligini va sezilmasligini his qilib, filmning asl tahririni uşbu reyting bilan çiqarişni söraydi. MPAA bu sörovni rad etganida, De Palma filmni kesilmagan holda çiqarib yuboradi va film çiqarilganidan bir neça oy ötgaçgina buni tan oladi.
10Musiqa
"Scarface" filmining musiqasi öşa davr maşhur musiqalaridan foydalanişdan köra „Oskar“ mukofoti sovrindori,…
"Scarface" filmining musiqasi öşa davr maşhur musiqalaridan foydalanişdan köra „Oskar“ mukofoti sovrindori, italiyalik musiqiy prodyuser Giorgio Moroder tomonidan yaratilgan musiqalarni afzal köradi. Saundtrekdagi sintezatorli yangi tölqin va elektron musiqa Moroderning uslubini aks ettiradi. 2022-yil iyun oyida barça musiqa va saundtreklar La-La Land Records tomonidan omma eʼtiboriga havola etiladi.
11Teatr versiyasi
"Scarface" filmi 1983-yil 1-dekabr kuni Nyu York şahrida premyera qilindi va dastlab aralaş munosabatlar…
"Scarface" filmi 1983-yil 1-dekabr kuni Nyu York şahrida premyera qilindi va dastlab aralaş munosabatlar bilan qarşi olindi. Filmning ikkita yulduzi Al Pacino va Stiven Bauer bilan bir qatorda Burt va Diane Lane, Melanie Griffith, Raquel Welch, Joan Collins, uning sevgilisi Peter Holm va Eddie Murphy kabi maşhurlar ham qatnaşadilar. Film 9-dekabr kuni keng namoyişga qöyiladi.
12Uy mediasi
"Scarface" dastlab 1984-yil yozida MCA Home Video tomonidan VHS, CED Videodisc, LaserDisc va Beta…
"Scarface" dastlab 1984-yil yozida MCA Home Video tomonidan VHS, CED Videodisc, LaserDisc va Beta formatlarida çiqarilgan. Bu ikki tarafli tasma töplami 1.33:1 pan va skan (inglizça: pan and scan) nisbati bilan çiqarilgan va tezda eng köp sotilgan mahsulotga aylanadi. $79.95 narxda 100,000 nusxa sotilgan birinçi filmga aylanadi. Keyinçalik, 1998-yilda filmning teatr versiyasidagi 2.35:1 keng ekranli nisbati bilan formatlangan VHS maxsus naşr DVD naşri bilan bir vaqtga töğri keladi. Oxirgi VHS naşri 2003-yilda 20-yillik DVD yubiley naşri bilan bir vaqtda çiqariladi. 2003-yilgi DVD Universal Records orqali qayta işlanib, qayta çiqarilgan.
„Scarface“ filmining televizion versiyasi 1989-yil 7-yanvarda ABC telekanalida premyera qilingan. Filmdan 32 daqiqa davom etadigan zöravonlik, haqoratli sözlar va jinsiy sahnalar tahrir qilingan va köpgina dialoglar, jumladan, doimiy işlatiladigan „fuck“ sözi, sözning boşlanişi eşitilgandan keyin ovozsiz qilingan yoki kamroq haqoratli alternativalar bilan almaştirilgan.
1998-yilda ön beş yillik yubiley munosabati bilan Şimoliy Amerikada filmning Signature Collection LaserDisc naşrining DVD-ga köçirilgan versiyasi DVD formatida çiqarilgan. Bu naşrda anamorfik bölmagan keng ekranli köçirma, „Making of“ hujjatli filmi, çiqarib taşlangan sahnalar, treylerlar, foto galereya, aktyorlar va film ijodkorlarining biografiyalari mavjud edi. Uşbu naşr muvaffaqiyatsiz deb topilgan. Köplab muxlislar va şarhlovçilar undagi sifatsiz video va çalkaş ovozi sabab şikoyat bildirgan. Bu reliz „yirik studiyalar tomonidan çiqarilgan eng yomon naşrlardan biri“ deb taʼriflangan. 20-yillik yubiley naşri 2003-yilda DVD va VHS formatlarida çiqarilgan. DVD birinçi haftada 2 milliondan ortiq nusxada sotiladi. Bu paytda R-reytingli DVD filmlari orasida eng yaxşisi hisoblangan
.
2003-yilda Def Jam Recordings tomonidan çiqarilgan „Music Inspired by Scarface“ kompilyatsion albomi çiqariladi. Albom filmdan töğridan-töğri ilhomlangan yoki filmga tegişli mavzularni qamrab olgan turli hip-hop ijroçilarining qöşiqlarini öz içiga olgan.
„Scarface“ 2011-yilning 6-sentyabrida Blu-ray formatida ikki diskli, pölat quti töplamida, çeklangan naşrda çiqarilgan. Bu töplam DVD naşridan olingan eski master işlatilgani va bu tasvir sifatini tuşirib yuborgani sababli tanqid qilingan. Ikkinçi diskdan Robert Osborne tomonidan işlab çiqarilgan kiriş va muqobil yakuni bölgan 1932-yilgi „Scarface“ filmi DVD formatida örin olgan. Qöşimça materiallar „The Making of Scarface“ hujjatli filmi va „The Scarface Phenomenon“ deb nomlangan yangi retrospektiv hujjatli filmni öz içiga oladi.
Maxsus sovğa töplami 1000 nusxada çiqarilgan. Blu-ray töplamini sigar namlagiç içiga joylaştirilgan. Bu namlagiç quti hunarmand Daniel Marshall tomonidan işlab çiqilgan va uning narxi 999,99 dollarga baholangan.
2019-yilning 15-oktabrida standart 4K Ultra HD Blue-ray va çeklangan naşr töplamlari çiqarilgan. Çeklangan naşr töplamiga maxsus tayyorlangan haykalça, qayta tiklangan transfer va Blue-ray formatidagi 1932-yilgi original film kiradi. Standart töplamiga esa 1932-yilgi versiya kiritilmagan. Bir oy ötib, 19-noyabrda, 1932-yilgi original film alohida naşr etiladi. 4K naşri barça eski maxsus xususiyatlar bilan bir qatorda filmning 35-yilligi şarafiga bağişlangan uçraşuv maxsus dasturini öz içiga oladi.
2003-yilda film AQŞda 3,7 million dona DVD sotib, 78,2 million dollar daromad topgan. 2020-yilga kelib esa 285,916 dona Blue-ray disklari sotilib, 6,103,545 dollar daromad oladi. 2020-yilda jami 3,985,916 DVD va Blue-ray disklari sotilib, 84,303,545 dollar daromad keltirgan.
13Kassa daromadi
"Scarface" filmi 1983-yil 9-dekabrda Şimoliy Amerikada kinoteatrlar ekraniga çiqadi. Premyera oqşomida film…
"Scarface" filmi 1983-yil 9-dekabrda Şimoliy Amerikada kinoteatrlar ekraniga çiqadi. Premyera oqşomida film 996 ta kinoteatrda 4,5 million dollar daromad oladi. Bu har bir kinoteatrga örtaça 4,616 dollar miqdorini taşkil etadi. Şuningdek, „Scarface“ hafta oxirida eng köp daromad keltirgan ikkinçi filmga aylanadi, birinçi örinni esa şu hafta öz premyerasini ötkazgan „Sudden Impact“ filmi (9,6 million dollar) egallaydi.
„Scarface“ filmi Şimoliy Amerikada 44,6 million dollar va boşqa mamlakatlarda 20,4 million, jami 65,1 million dollar dollar daromad oladi. Natijada „Scarface“ filmi 1983-yilning eng köp daromad keltirgan 16-filmi va Şimoliy Amerikada 1983-yilning eng köp daromad keltirgan 7-filmiga aylanadi. Şundan beri film 2003, 2012 va 2014-yillarda uç marta qayta namoyiş etilgan.
Filmning 20 yilligi munosabati bilan 2003-yilda raqamli texnologiyalar yordamida tassvir sifati yaxşilangan versiyasi çiqariladi. Jami daromad esa dunyo böylab 66 million dollarga yetadi. Şu jumladan Şimoliy Amerikada 45,4 million dollar daromad qayd etilgan.
Billboard kassa yiğimlari statistikasiga köra, film çiptalari sotilişi böyiça Qöşma Ştatlar va Ispaniyada 14,197,700 ta, Fransiya va Italiyada 1,067,544 ta, Janubiy Koreyada 250,746 ta,, va Germaniyada 195,872 ta çipta sotilgan. Uşbu hududlar böyiça jami 15,711,862 ta çipta sotilgan.
14Tanqidçilar fikrlari
Filmning dastlabki namoyişida tanqidçilar „Scarface“ga nisbatan salbiy fikrda bölişgan. Film zöravonlik va…
Filmning dastlabki namoyişida tanqidçilar „Scarface“ga nisbatan salbiy fikrda bölişgan. Film zöravonlik va qöpol sözlarning haddan ziyod köpligi bilan ajralib turgan. New York Magazine tahdidli va B-darajadagi film deb atagan. Yozuvçilar Kurt Vonnegut va John Irving arralaş sahnasidan keyin kinoteatrni tark etişganini maʼlum qilişgan. Filmning örtasida, Martin Scorsese Bauerga, „Sizlar juda zörsizlar – lekin tayyor böling, çunki Gollivudda buni yomon körişadi… çunki bu film ular haqida“, deb aytganligi haqida xabarlar bor
.
Newsweek uçun yozgan şarhida, Devid Ansen şunday deydi „Agar Scarface sizni titratib yuborsa, bu siz körgan narsalardan va bu yovvoyi manzaraning yiğilgan tarangliklaridan kelib çiqadi. Bu katta, yuzaki, dekadent köngiloçar film bölib, barça yaxşi Gollivud gangster filmlari kabi glamour va nafratning zarba va qarşi zarbasini beradi“. Jay Skott The Globe and Mail uçun yozgan şarhida: „Bir muddat, Al Pacino Montana rolida gipnotikka aylangan. Lekin mukammal kubalik aksentga sarflangan kuç va qoğozdan yaratilgan qahramonni jonlantirişga urinişlar behuda“. The Washington Post uçun yozgan şarhida, Gary Arnold: „Zamonaviy jinoiy subkulturani oşkor qilişga intilgan film asta-sekin yer osti klişelarga aylanib boradi, özining derivativ izlarini ğayrioddiy dekor va apokaliptik finali bilan qoplaydi. Qahramonni haqiqiy qon vannasida suzuvçi holda qoldiriş uçun mohirona xoreografiyadan foydalanilgan“, deb yozgan edi.
Roger Ebert 1983-yilgi şarhida „Scarface“ filmiga törtdan tört yulduz beradi va keyinçalik uni „Buyuk Filmlar“ röyxatiga qöşgan. Ebert şunday yozgan edi: „De Palma va uning yozuvçisi Oliver Stone maxsus şaxslar galereyasini yaratdilar. Filmning jozibasi şundaki, biz jinoyat-filmlari klişelarini tomoşa qilmay, örniga jinoyatçi bölgan odamlarni tomoşa qilayapmiz“. Vincent Canby The New York Times gazetasida filmni maqtagan: „Filmdagi asosiy kayfiyat… qayğuli va befoyda: kötarilgan narsa har doim pastga tuşişi kerak. Scarface qulaganda, halokat juda qörqinçli bölib, bu juda jonli va qiziqarli“.
Leonard Maltin „Scarface“ filmini salbiy baholagan tanqidçilar qatoriga kiradi. U filmga törtdan bir yarim yulduz bergan va „Scarface“ filmi „deyarli uç soat davomida ortiqça va yoqimsizlikka botgan holda, jinoyat foyda keltirmasligini aytişdan boşqa yangi tuşunçalarni taklif qilmaydi. Heç bölmaganda 1932-yilgi filmda bu narsalar bor edi“ deb taʼkidlagan. Maltin yillik kino qöllanmasining keyingi naşrlarida öz şarhiga qöşimça kiritib, filmning yangi topilgan kult klassik sifatida maşhurligidan hayratda ekanligini bildirgan..
Şarhlarni yiğuvçi Rotten Tomatoes saytida film 77 ta şarhga asoslanib, 79% tasdiqlaş reytingiga ega bölgan. Örtaça reytingi 7.50/10 ni taşkil etadi. Saytning tanqidçilar konsensusi quyidagiça: „Rejissor Brian De Palma va yulduz Al Pacino bu stilistik, öta zöravon va eminant sitatali gangster epikda axloqiy drama va nişonlangan ortiqlik örtasida nozik oq çiziqni bosib ötadilar“. Metacritic saytida, film 9 ta tanqidçining şarhlariga asoslangan holda 100 balldan 65 ball bilan baholanib, „umuman olganda ijobiy şarhlar“ olgan
.
15Filmda tasvirlangan stereotiplar
Film suratga olinayotganda, baʼzi kubaliklar kubalik obrazlarning asosan kubalik bölmagan aktyorlar tomonidan…
Film suratga olinayotganda, baʼzi kubaliklar kubalik obrazlarning asosan kubalik bölmagan aktyorlar tomonidan jinoyatçilar sifatida tasvirlanişiga qarşi çiqişgan. Filmning kreditlaridan keyin qizil rangda, katta harflar bilan yozilgan izoh mavjud edi: „Scarface şafqatsiz jinoyatçilarning kiçik guruhining faoliyati haqidagi badiiy hikoyadir. Belgilar kubalik/amerikalik jamoani aks ettirmaydi va buni taʼkidlaş notöğri va adolatsizdir. Kubalik/Amerikaliklarning aksariyati Amerikaning hayotini boyitgan fidoyilik, hayotiylik körsatgan“.
2008-yilda The Guardian gazetasida Damarys Ocaña film Marielito kubaliklari haqidagi stereotiplarni kuçaytirişini, va bu Mariel qoçqinlari orasidagi jinoyatçilar sonini oşirib yuborganini yozgan. Şuningdek, u Pacinonng kubalik-amerikalik obrazini „kulgili aksent va haddan taşqari dramatik“ deb atagan. 1985-yilda Sun Sentinel jurnalida çop etilgan maqolaga köra, taxminan 125,000 qoçqinlar orasida, taxminan 16,000 dan 20,000 gaça jinoyatçilar bölgan va har kuni taxminan 350 dan 400 nafargaça Mariel kubaliklar Dade County qamoqxonalarida bölişi taxmin qilingan. Biroq, film çiqarilganidan keyin New York Daily News tahririyatida Miguel Perez „jinoyatçilik tarixiga ega bölgan Marielitolar minglab odamlar bor edi, ularning jinoyatlari şu qadar kiçik ediki, ular bu yerda jinoyatçi sifatida körilmas edi. Minglab boşqalar esa kommunistik rejimga qarşi bölganligi sababli 'jinoyat tarixiga ega edi“ deb taʼkidlagan.
Mayami şahar komissari Demetrio Perez filmga qarşi kuraşni olib borgan. Taxminlarga köra, kubalik qoçqinlar orasida atigi 2,700 tajribali jinoyatçilar bölgan. The Oliver Stone Experience kitobida Stone şunday izoh beradi: "Xöş, Tony Montana gangster edi… Onasi va singlisi toza kubalik jamoani ifodalaydi. Onasi Tonyni tanqid qiladi: Sen iflossan, uydan çiq! Singlingni buzyapsan! Bundan çiqadiki filmda kuçli axloq bor. Men hatto oldindan bilardim, kubaliklar bunday emasligini aytişardi. Ammo uzr: köplab kubaliklar Marielitoga aylanişdi. Agar kolumbiyaliklar haqida film olsam ham, ular menga „Siz anti-kolumbiyansiz“ der edilar".
16Mukofotlar
Film Amerika kino instituti (AFI) tomonidan quyidagi röyxatlarda tan…
Film Amerika kino instituti (AFI) tomonidan quyidagi röyxatlarda tan olingan:
2003: AFIning 100 yilligi…100 qahramon va yovuzlar: Tony Montana – Nominatsiya qilingan yovuz
2005: AFIning 100 yilligi…100 kino iqtiboslari: Tony Montana: „Say hello to my little friend!“ – 61-örin
2008: AFIʼning eng yaxşi 10ligi: 10-örindagi Gangster filmi
Eʼtiborlisi, Scarface AFI Top 10 röyxatida original film bilan birga paydo bölgan yagona remeyk film hisoblanadi. 1983-yilgi remeyk 10-örinni, 1932-yilgi original film esa 6-örinni egallagan.
17Film industriyasi
Film olingan vaqtda Pacino allaqaçon muvaffaqiyatli aktyor bölgan, ammo Scarface Pfeiffer va Mastrantonio…
Film olingan vaqtda Pacino allaqaçon muvaffaqiyatli aktyor bölgan, ammo Scarface Pfeiffer va Mastrantonio karyeralarini boşlaşga yordam bergan. Entertainment Weekly filmni „Eng yaxşi 50 ta kult filmlar“ röyxatida 8-öringa qöygan. Empire jurnali uni barça davrlarning eng yaxşi 500 ta filmlari qatoriga 284-örinda kiritgan. 2009-yilda Total Film uni 30 ta eng zör Gangster filmlari röyxatida 9-öringa qöyadi. Scarface „fuck“ sözi doimiy ravişda işlatilgan eng birinçi filmlardan biri bölib, jami 226 marta işlatilgan. Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husayn tomonidan pul yuviş uçun taşkil etilgan kompaniya filmdagi Tony Montananing pul yuviş operatsiyasi şarafiga Montana Management deb nomlangan.
18Mafiyalar bilan aloqadorlik
2012-yilda politsiya italiyalik mafiya gangsteri Carlo Padovanining Neapoldagi uyiga bostirib kirişi çoğida…
2012-yilda politsiya italiyalik mafiya gangsteri Carlo Padovanining Neapoldagi uyiga bostirib kirişi çoğida Tony Montananing çinnidan yasalgan haqiqiy ölçamdagi byusti topilgan. Italiya mafiyasining yetakçi arboblari Scarface filmi va Tony Montanaga qoyil qolişlari aytilgan va bu film haqiqiy narkobaronlarning hayotini tasvirlaşini yana bir bor tasdiqlaydi. Yana bir neapollik narkobaron Walter Sçiavone Italiyaning Neapol şahrida qurilgan Tony Montananing Mayamidagi saroyining aynan nusxasini qurişga buyruq bergan.
19Hip hopga taʼsiri
Scarface filmining çiqarilişi hip hopning yuksaliş davri bilan bir vaqtga töğri keladi va film hip hop musiqa…
Scarface filmining çiqarilişi hip hopning yuksaliş davri bilan bir vaqtga töğri keladi va film hip hop musiqa sanʼatkorlariga doimiy ravişda taʼsir körsatadi. Amerikalik reper Nas özini Tony Montana bilan, reper Jay-Zni esa Manolo bilan taqqoslagan. Ikkala personaj ham „Scarface“ filmidan olingan. Bu taqqoslaş Nasning „Godʼs Son“ albomidagi „Last Real Nigga Alive“ qöşiğida, ikki reper örtasidagi maşhur mojarolar davrida amalga oşirilgan. Nasning yaqin hamkori reper AZ yillar davomida özini SOSA deb atab kelgan.
Reper Chief Keef özini Alejandro Sosa şarafiga „Sosa“ taxallusi bilan ataydi. BTS guruhining Janubiy Koreyalik repperi Agust D ham özini Tony Montana bilan soliştiradi va özining ilk albomi Agust D dan örin olgan „Tony Montana“ trekida filmga bir neça marta işoralar qöllaydi.
2011-yilda reper Future „Tony Montana“ nomli oltin sertifikatlangan qöşiğini çiqargan. Reper 2Pacning Snoop Dogg bilan birgalikdagi „2 of Amerikaz Most Wanted“ qöşiğining musiqiy videosi boşlaniş qismi filmning bir sahnasiga işora qiladi. Reper Tony Yayoning sahna nomi filmdagi Tony Montananing ismi va Tony Chi-Çiga „get the yeyo“ (kokainni olib kel) deyişidan kelib çiqqan. 2023-yilda Drake filmdagi Al Pacinoning monologidan bir qismini olib, uni „Daylight“ qöşiğiga qöşadi.
20Pop madaniyatga taʼsiri
2010-yilda rassom James Georgopoulos Scarface filmida işlatilgan qurollarni özining maşhur Guns of Cinema…
2010-yilda rassom James Georgopoulos Scarface filmida işlatilgan qurollarni özining maşhur Guns of Cinema seriyasiga kiritadi. Dark Horse Comicsning DH Press naşriyoti L. A. Banks tomonidan yozilgan Scarface: The Beginning nomli romanini çiqaradi. IDW naşriyoti 2006-yil dekabridan 2007-yil aprelgaça Scarface: Scarred For Life nomli beş qismli seriyani çiqardi. Bu seriya korrupsiyaga uçragan politsiya xodimlarining Tonyning oxirgi saroydagi töqnaşuvdan omon qolganini aniqlaşidan boşlanadi. IDW 2007-yil iyuldan oktyabrgaça Scarface: Devil in Disguise nomli tört qismli prequel seriyasini naşr etdi. Bu seriya Tonyning Castro nazoratidagi Kubadagi jinoyatlar bilan töla köçalarda ösib-ulğayişi va filmda körsatilgan Mayamidagi gangsterga aylaniş jarayonini hikoya qiladi.
Scarface filmidan 2002-yilda çiqarilgan „Grand Theft Auto: Vice City“ video öyini yaratuvçilari ilhomlangan. Bu öyin 1980-yillarning Mayami şahriga asoslangan. Montana saroyining nusxasi ham öyinda mavjud. Mötley Crue guruhining „Dr. Feelgood“ qöşiği uçun klipda filmning bir qança elementlarini aks etgan (klipning oxirida Tony Montana öldirilgan jangning qonsiz versiyasi körsatiladi), qöşiqning özida esa giyohvand moddasi savdosi yöli bilan katta kuçga ega bölgan va keyin barçasini yöqotgan yigit haqida hikoya qilinadi.
2006-yilda „Scarface: The World Is Yours“ va „Scarface: Money. Power. Respect.“ video öyinlari çiqarilgan.
Filmning eng halokatli sahnasidagi „Say hello to my little friend!“ iborasi pop madaniyatining ajralmas qismiga aylandi va AFI ning „100 yil… 100 filmdan iqtibos“ röyxatida 61-örinni egalladi.
1992-yilda professional kuraşçi Scott Hall World Wrestling Federation (WWF, hozirda WWE) ga qöşilgan va Mayamidan kelgan şubhali Kubalik-amerikalik zöravon Razor Ramon obrazini yaratadi. Bu personaj Tony Montana va Manny Ribera qahramonlaridan ilhomlangan edi. Ramonning laqabi (The Bad Guy) va şiori (Say hello to The Bad Guy) Montananing sözlari: „Say hello to my little friend“ va „Say goodnight to the bad guy!“dan kelib çiqqan. Keyinçalik karyerasida Hall Vince McMahon va Pat Patterson bilan uçraşuvda hazil sifatida Scarfacega öxşaş personaj haqidagi ğoyani ilgari surganini aytgan.
Scarface filmi musiqa dunyosida ham öz izini qoldiradi. Bob Dylanning 2020-yilda çiqqan „My Own Version of You“ qöşiğida şunday misralar bor: „Iʼll take the Scarface Pacino and the Godfather Brando / Mix 'em up in a tank and get a robot commando“. Metric guruhining „Fantasies“ albomidagi „Gold Guns Girls“ (2009) qöşiği ham uşbu filmdan ilhomlangan.
Qiziqarli fakt sifatida, 2006-yil 9-noyabrda „MTV Cribs“ körsatuvining bir epizodida Tony Montana saroyining 3D nusxasi körsatildi. Bu Vivendi kompaniyasining (hozirda Activision tarkibiga kiradi) öyin çiqarişi uçun marketing strategiyasining bir qismi edi. Epizodda Tonyning özi (André Sogliuzzo tomonidan ovozlaştirilgan) operatorni saroy böylab olib borib, film va öyinda körilgan xonalarni batafsil körsatadi..
„The Batman“ multserialida Ventriloquist qahramoni Montana kiyimiga öxşaş kiyim kiygan qöğirçoqdan foydalanadi.
21Bekor qilingan film davomi
2001-yilda rejissyor Brian De Palma hip-hop ijroçisi Cuban Link bilan hamkorlikda „Scarface“ filmi uçun „Son…
2001-yilda rejissyor Brian De Palma hip-hop ijroçisi Cuban Link bilan hamkorlikda „Scarface“ filmi uçun „Son of Tony“ nomli film davomini yaratişga qaror qiladi. Loyihada Cuban Link ssenariy yozişi va boş qahramon rolini öynaşi kerak edi. Bir neça yillik muzokaralardan söng, Cuban Link film huquqi va ijodiy nazorat masalalari tufayli loyihada iştirok eta olmasligi mumkinligini bildirgan.
22Taklif qilingan film remeyki
2011-yilda Universal studiyasi „Scarface“ filmining yangi versiyasini işlab çiqarişga kirişadi. Studiya yangi…
2011-yilda Universal studiyasi „Scarface“ filmining yangi versiyasini işlab çiqarişga kirişadi. Studiya yangi film na sikvel, na remeyk emas, balki asl nusxasi va 1932-yildagi asl versiyaning elementlarini öz içiga oladi, deya taʼkidladi. Uşbu elementlarga „Amerikaça orzu“ga intilgan odamning jinoyat dunyosida qirolga aylanişi kiradi. 1983-yilda remeykni işlab çiqargan Bregman uşbu yangi versiyani ham işlab çiqarişga tayyor edi. Ssenariy muallifi David Ayer bölişi kerak edi.
2014-yil mart oyida TheWrap xabariga köra, Pablo Larrain filmning rejissori, Paul Attanasio esa ssenariy muallifi böliş uçun muzokaralar olib borişgan. Filmning yangi versiyasi Los Anjelesda sodir böladigan zamonaviy voqealarga asoslangan bölib, Meksikadan kelgan immigrantning „Amerikaça orzu“ga intilişi natijasida jinoyat dunyosida yuksalişi haqida hikoya qilar edi. 2015-yil mart oyida Jonathan Herman ikkala ssenariy loyihasini ham qayta yoziş uçun tayinlangan.
„Scarface“ filmining remeykini yaratişga bir neça urinişlar bölgan. Universal studiyasi 2011-yilda loyihani işlab çiqarişni boşlaydi. Remeykka asl nusxadan ham, 1932-yildagi versiyadan ham elementlar olinişi kerak edi. Ssenariy muallifi va rejissor bir neça bor özgargan.
2016-yil avgust oyida rejissorlik Antoine Fuqua tomonidan amalga oşiriladi, ssenariy esa Terence Winter tomonidan yozilişi kerak edi. Biroq, 2017-yil yanvar oyida Fuqua loyihani tark etadi va boş rolga Diego Luna tayinlanadi.
Dastlab film 2018-yil avgust oyida teatrlarda namoyiş etilişi rejalaştirilgan, ssenariy mualliflari aka-uka Coenlar edi. Keyinçalik Fuqua rejissorlikka qaytadi, ssenariy muallifligi esa Gareth Dunnet-Alcocerga topşiriladi. Biroq, film rejalaştirilgan sanada çiqarilmaydi.
Fuqua 2020-yil may oyida yana loyihani tark etadi. Uning örniga rejissorlik lavozimiga Luca Guadagnino tayinlanadi, ssenariy esa aka-uka Coenlar tomonidan yozilişi tasdiqlanadi.
2022-yil holatiga köra, film loyihasi töxtab qolgan; Guadagnino loyihada iştirok etiş yoki qatnaşmaslik töğrisida heç qanday izoh bermagan.
Matn: maqola «Scarface» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.
Mark Margolisaktyor