Sevginator — 2007-yilda rejissyor Abduvohid Ğaniyev tomonidan suratga olingan komediya va fantastika janridagi özbek filmi. Şoira Ğiyosova ssenariysi asosida suratga olingan filmda boş rollarni Manzura Yöldoşeva, Uluğbek Qodirov, Murod Rajabov, Şafoat Rahmatullayeva, Aziz Rametov kabi aktyorlar ijro etgan.
1Rollarda
Ulug’bek Qodirov, Manzura, Murad Radzhabov
2Syujeti
Akmal ismli aspirant robot qiz yaratadi. Ammo boşqa odamlar va ijraçi xolaning qiziqişini uyğotmaslik uçun…
Akmal ismli aspirant robot qiz yaratadi. Ammo boşqa odamlar va ijraçi xolaning qiziqişini uyğotmaslik uçun uni „Malomat“ deb taniştiradi. Akmal robotning yuzini özi sevib qolgan Maftuna ismli öqituvçiga öxşatib yasaydi va uni qobiliyatlarini sinab köriş uçun sportçilar bilan jang uyuştirdi. Robot esa ularni yer tişlatadi. Bundan söng esa özi va Maftunani yomğirda konalizatsiyaga taşlagan, institutdagi hamma öqituvçilarni qiyratgan, ularga laqab qöyib mazaxlagan institutning eng yomon guruhiga „Malohat“ni dars ötib, öqituvçilik qilişga jönatadi. U esa institutdagi eng yomon guruhni tartibga solib qöyadi. Bundan institut dekani Hoşim Soqiyeviç ham, Akmal ham, Maftuna ham va yana institutdagi barça öqituvçilar xursand bölişadi.
Bu orada „Malomat“ Akmalni sevib qoladi, lekin Akmal u odam emas, robot ekanligini aytib, uni ranjitadi. „Malomat“ esa öziga Akmalga quyib qöygandek öxşaş robot yasab oladi va buni Akmal körib, xuşidan ketib qoladi. Film esa 2 robotning quyidagi jumlalari bilan tugaydi:— Malomat, men sizni sevaman!— Men ham sizni sevaman...
3Suratga oliş
Manzura filmda suratga tuşişni istamagan va rejissyor unga „Sizdek sovuq yuz boşqa yöq-da“ deb…
Manzura filmda suratga tuşişni istamagan va rejissyor unga „Sizdek sovuq yuz boşqa yöq-da“ deb aytgan.
4Film musiqasi
Filmdagi musiqalarni kompozitor Doniyor Aʼzamov…
Filmdagi musiqalarni kompozitor Doniyor Aʼzamov yozgan.
5Kadrlar
1
1 · TMDBMatn: maqola «Sevginator» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.