Budinok „Slovo“ (ukrainça: Будинок «Слово») – 2017-yilda Taras Tomenko rejissyorligi va Lyuba Yakimçuk ssenariy muallifiligida suratga olingan Ukraina hujjatli filmi. Filmning Ukrainadagi premyerasi 2017-yil 27-oktabrda Xarkovda bölib ötgan. Film 2017-yilda 33-Varşava xalqaro kinofestivalining rasmiy tanlov dasturida iştirok etgan.
2018-yilda film „Eng yaxşi hujjatli film“ nominatsiyasida „Oltin Dziga“ Ukraina milliy kino mukofotini qölga kiritgan.
1Rollarda
Borys Heorhiievskyi, Hanna Levchenko, Mykhaylo Voznyuk
2Syujeti
1920-yillarning oxirida Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasining poytaxti Xarkovda Stalinning sözlariga…
1920-yillarning oxirida Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasining poytaxti Xarkovda Stalinning sözlariga köra, ayniqsa, Ukraina yozuvçilari va SSSRning boşqa madaniyat arboblari uçun uy quriladi. Bino Xarkov şahar arxitektori Mixailo Daşkeviç tomonidan işlab çiqilgan. Bu yerda aholiga qulaylik yaratiş uçun hamma narsa – keng yoruğ xonalar, baland şiftlar, katta derazalar bilan taʼminlangan. U yerda yaşovçilar dam oladigan joy bölsin deb yaqin atrofda boğ ham qurişgan. Oltmiş törtta şinam xonadon, ovqat xonasi, solaryum, xodimlar – yozuvçilar uçun haqiqiy jannat deya taʼriflangan. Önlab daho ukrainalik yozuvçilar, şoirlar, rassomlar, ssenariynavislar va aktyorlar uşbu yangi bino yaʼni yozuvçilar uyiga köçiriladi. Mikola Xviloviy, Ostap Vişnya, Mixailo Semenko, Anatol Petritskiy, Antin Dikiy va boşqalar köçib ötgan.
Biroq, bu jannat maxsus kuzatuv tizimi va agentlar tarmoği bilan himoyalangan, buning natijasida mualliflar sovet maxfiy xizmatlari tomonidan nazorat ostida bölgan. Xususan, baʼzi yozuvçilar haqida öz xotinlari, agentlari, baʼzilari esa xizmatkorlari xabar berib turgan. Bu uyga taşrif buyurganlarning hammasi xuddi şu nazorat ostida bölgan, jumladan, Bertolt Breçt, Teodor Drayzer, Bruno Yasenski, 1930-yilda Xarkovga inqilobçi yozuvçilarning xalqaro konferensiyasiga kelganlar. Ukraina yozuvçilari 1932–1933-yillardagi Golodomor oqibatlarining guvohi bölişadi va natijada ularning ahvoli yomonlaşadi.
Baʼzi yozuvçilar öz joniga qasd qilişgan, baʼzilari aqldan ozgan. Stalin qatağonlari davrida oltmiş uçta xonadondan qirqtasi qamoqqa olingan. Bino Slovo deb nomlangan, çunki binoning özi kirill alifbosidagi „C“ (özbek tilidagi talaffuzi „S“ harfi) harfiga öxşaş qurilgan. Ammo bir neça yil davomida bu uy „krematoriy“ yoki „tergov qamoqxonasi“ deya nom olgan.
3Film haqida fikrlar
Ukraina kino tanqidçilari va kino ekspertlari filmga ijobiy baho berişgan. Ukraina davlat kino agentligi…

Ukraina kino tanqidçilari va kino ekspertlari filmga ijobiy baho berişgan. Ukraina davlat kino agentligi rahbari Pilip Ilyenko filmni yuqori baholab, suratga oliş işlari boşlanişidan avval kino ijodkorlari arxivlar bilan katta ish olib borganini, bu esa ularga yangi, avvalroq namoyiş etilmagan, noyob faktlarni topişga yordam berganini taʼkidlagan. Ilyenko şuningdek, filmning badiiy mahoratiga yuqori baho berib, ijodkorlar zamonaviy va arxiv videolarini uzviy uyğunlaştirişga muvaffaq bölganini taʼkidlagan.
Matn: maqola «Budinok „Slovo“» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.