Smallfoot, 2018-yilda Warner Bros. Pictures tomonidan tarqatilgan Amerika 3D kompyuter-animatsion komediya sarguzaşt filmi. Film Sergio Pablosning Yeti Tracks kitobi asosida işlangan bölib, film rejissori Karey Kirkpatrick, şuningdek, Channing Tatum, James Corden, Zendaya, Common, LeBron James, Gina Rodriguez, Danny DeVito, Yara Şahidi, Ely Henry va Jimmy Tatrolar ovoz bergan.
Smallfoot multfilmi AQŞda 28-sentabr 2018-yildan boşlab teatrlarga çiqa boşladi va hozirçalik dunyo böylab $213 million yiğişga muvaffaq böldi.
1Treylerlar
▶2Rollarda
3Syujeti
Yetilar Nepaldagi Himolay toğining tepasida, bulutlarning ustida yaşaşar edi va közdan yaşirinar edilar. Migo…
Yetilar Nepaldagi Himolay toğining tepasida, bulutlarning ustida yaşaşar edi va közdan yaşirinar edilar. Migo ismli yeti, yettinçi yölboşçi tomonidan olib boriladigan qadimiy toşlar qonuniga amal qilar edi. Migoning otasi Dorgle, har kuni ertalab öz boşini gongga uriş uçun havoga kötarilar, bu esa quyoş kötarilişiga imkon berardi. Migo Stonekeeperning qizi Meçeeni sevar edi va qişloqning taşqarisida gongni qöndiradi. Bu yerda Migo samolyot halokatiga guvoh böladi va afsonaviy olgan „smallfoot“ (inson)ni topadi. Migo qişloqqa nima körganini aytib beriş uçun qaytib ketadi, ammo heç qanday dalil yöq. Migoning gapiga heç kim işonmaydi. Qişloq yölboşçisi esa uni haydaydi.
Migo birdan Gwangi, Kolka va Fleemlar bilan birgalikda, ularni Meeçee boşçiligidagi Smallfoot Evidentiary Society (S.E.S) jamiyatiga qöşadi. U toşlarning ularga qişloqning ostida heç narsa yöqligini aytişiga qaramay, jamiyat aʼzolari Migoni bulutlar ostiga arqon orqali tuşirişni taklif qilişadi. Bir oz ikkilanib bölgaç, Migo tuşişga rozi böldi. Muammolar tufayli arqon uziladi va Migo yerga tuşadi.
Percy Patterson yovvoyi tabiat haqida hujjatli film oluvçi filmmaker. U yetini körgan uçuvçini uçratadi va uning şuhratini qayta tiklaşga urinib, uning yordamçisi Brendani film oliş uçun yeti sifatida kiyinişga harakat qilişini aytadi. Migo mahalliy kiçik şaharçaga yetib boradi va u bilan muloqot qilişga urinadi. Migo Percyni özi bilmagan holda qörqitadi. Migo Percyni özi bilan birga olib boradi va ular ayrim sabablarga köra ğorda töxtaşadi. Percy Migodan qoçadi. Percyning orqasidan quvayotgan Migoning oyoği tuzoqqa tuşib qoladi. Percy esa tuzoqni olib taşlaş va Migoning yarasini kanal trubkasi bilan boğlab, unga rahm qiladi. Percy Migo bilan borişga rozi böladi va ular Yetilar qişloğiga boradilar. U yerda S.E.S. Percy körib, uni yeti xalqiga körsatişadi. Uning qiyofasi qişloqni çalkaştiradi, lekin uni qabul qiliş va madaniyatini örganişdan yetilar baxtiyor; Stonekeeperning dahşati smallfootga nisbatan juda köp edi. Keyin Stonekeeper Migo bilan birga saroy içiga kiradi va unga haqiqatni oçib beradi: „Qadim zamondan beri Yetilar yerda yaşar edilar. Yetilar insonga yaxşi munosabat bildirişadi. Smallfootlar (inson) esa ularga hujum qildilar. Yetilar esa Himolayning eng baland çöqqisidan qönim töişadi. Yeti sardorlari toşlarni yaratişadi. Toşlar yordamida bulut hosil qilinib, yeti qişloği közdan ğoyib bölar edi“. Stonekeeper Migoga Percyni smallfoot emasligini, u tuksiz bir kiçik mavjudot ekanligini aytiş kerakligini tuşuntiradi va bu smallfoot yetilarga xavf keltirişini aytib ötadi. Migo bunga işonadi va sovuqdan kasallangan Percyni qutiçaga solib qöyib, yuqoridagi gaplarni yetilarga aytadi. Şuningdek, Migo S.E.S jamiyatini ham tentakka çiqaradi. Keyinçalik, döstlari Migodan xafa bölişadi. Ammo u xatosini tuşunganida, Meçee smallfootni olib, uni uyiga qaytariş ilinjida yerga tuşadi.
4Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDB5Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Smallfoot (film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.
