«Köça kutilmagan voqealarga töla» — Sergey Sidelyov rejissyorlik qilgan, «Lenfilm» kinostudiyasida 1957-yilda suratga olingan sovet badiiy töliq metrajli rangli filmi.
Filmning SSSRdagi premyerasi 1958-yil 21-yanvarda bölib ötdi.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Leonid Vladimirovich Kharitonov, Vsevolod Larionov, Georgy Chernovolenko
3Syujet
Boş buxgalter Porfiriy Petroviç Smirnov-Alyanskiy, hamkasbi — kassir Ivan Zaxaroviç Vodnevning yubileyida…
Boş buxgalter Porfiriy Petroviç Smirnov-Alyanskiy, hamkasbi — kassir Ivan Zaxaroviç Vodnevning yubileyida yaxşi içib olgaç, tunda regulirovşik budkasiga kirib, Leningradning bir köçasida transport harakatini buzadi. Biroq yetib kelgan postovoy Vasiliy Şaneşkin adaşib, qoçib ketgan buzğunçi örniga ança obröli kassir Vodnevni milisiya bölimiga olib boradi. Ustiga-ustak, milisiya tomonidan nohaq xafa qilingan Vodnev Vasiliyning qizi Katyaning otasi bölib çiqadi. Vasiliy öz aybini tan oladi, lekin gaplaşişga jurʼat etolmay, ğazablangan Ivan Zaxaroviçni sovet milisiyasi haqida yomon fikrlar bilan qoldiradi.
Yoş serjant tez orada atrofdagilarga milisiya xodimlarining masʼuliyatli va vijdonli ekanini isbotlaş imkoniyatini qölga kiritadi: jinoyatçi Vladimir Zvantsev yoş rassom qiyofasida Vodnevlar oilasiga kirib oladi va hamtovoqlari bilan birga kassirga qarşi bosqinçilik qilib, undan katta pul summasini öğirlaydi. Serjant Şaneşkin qörqmasdan xavfli quvğinga otiladi…
4Rollarda
Leonid Xaritonov — Vasiliy Şaneşkin, milisiya…

Leonid Xaritonov — Vasiliy Şaneşkin, milisiya serjanti
Vsevolod Larionov — Vladimir Zvantsev, rassom-aferist
Georgiy Çernovolenko — Ivan Zaxaroviç Vodnev, «Stroytrest» kassiri
Yakov Rodos — Porfiriy Petroviç Smirnov-Alyanskiy, «Stroytrest» boş buxgalteri
Jemma Osmolovskaya — Katya, Vodnevning qizi
Vera Karpova — Liza, Smirnov-Alyanskiyning qizi
Olga Porudolinskaya — Nadejda Pavlovna, Vodnevning xotini
Tamara Yevgenyeva-Ivanova — Mariya Mixaylovna, Smirnov-Alyanskiyning xotini
Yevgeniy Leonov — Yevgeniy Pavloviç Serdyukov, milisiya kiçik serjanti
Georgiy Semyonov — Yegorov, milisiya mayori
Aleksandr Orlov — zoomagazin sotuvçisi
Sasha Soboleva — «Kozlik», adaşib qolgan qiz
Lyudmila Makarova — «Kozlik»ning onasi
5Epizodlarda
Titrlarda…
Titrlarda körsatilmagan
6Musiqa
Filmda Sankt-Peterburg bastakori va XIX asr dirijyori Andrey Oppelning «Esingdan çiqdingiz» («Binafşa…
Filmda Sankt-Peterburg bastakori va XIX asr dirijyori Andrey Oppelning «Esingdan çiqdingiz» («Binafşa şafaqning nuriga qarab…») romansi yangraydi. Matn rus şoiri va tarjimoni Pavel Kozlovniki. Gitarada maşhur sovet gitaraçisi, akkompaniatori va xonandasi Sergey Sorokin kuylaydi.
7Kadrlar
2
1 · TMDB
2 · TMDBMatn: maqola tarjimasi «Улица полна неожиданностей» — rusça Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.