8 yoşli Işan Avasti ranglar, baliqlar, itlar va uçurtmalar bilan töla dunyoda yaşaydi. Kattalarni esa uy vazifasi, baholar va tartib köproq qiziqtiradi, Işan esa maktabda heç narsani uddalay olmaydi. Otasi yana bir muvaffaqiyatsizlikdan keyin uni internat maktabga yuboradi va bola u yerda yolğizlik bilan yuzma-yuz qoladi.
Filmni Aamir Khan rejissyorligida suratga olgan, u Ram Nikumb rolini ham ijro etadi. Rejissyor sifatida Amole Gupte ham körsatilgan, ssenariy muallifi esa u. Asosiy rollarda Darsheel Safary va Tisca Chopra; musiqani Loy Mendonsa yozgan. Musiqiy-dramatik janrdagi film 165 daqiqa davom etadi, studiyasi Aamir Khan Productions. Film 2007-yil 21-dekabrda dunyo böylab prokatga çiqqan va bu Aamir Khanning rejissyorlik debyuti hisoblanadi.
1Rollarda
Aamir Khan, Darsheel Safary, Tisca Chopra
·Ensiklopediyadan
Yerdagi yuzduzçalar (hindça: तारे ज़मीन पर) — 2007-yilda Amir Khan rejissyorligida suratga olingan Hindiston musiqiy-dramatik filmi.
2Syujeti
Film Mumbayda yaşovçi 8 yoşli Işan Avasti ismli bola haqida hiyoya qiladi. U maktabda öqişga qiynaladi, uni…
Film Mumbayda yaşovçi 8 yoşli Işan Avasti ismli bola haqida hiyoya qiladi. U maktabda öqişga qiynaladi, uni hamma örganişni yomon köradi va muammo yaratuvçi deb hisoblab, uni kamsitişadi. Köpinça uning ijodkorligi, sanʼat va rasm çizişga bölgan qobiliyati eʼtiborga olinmaydi. Uning otasi Nandkişor, öğillarining yutuqlarini kutadigan muvaffaqiyatli rahbar, onasi Maya esa Işanga taʼlim bera olmasligidan hafsalasi pir bölgan uy bekasi. Işanning katta akasi Yohan namunali talaba bölib, Işan uning soyasida qolib ketadi.
Bir kuni Işan va uning ota-onasini maktab direktori çaqirib, uning xatti-harakati va baholarini muhokama qiladi. Işanning muvaffaqiyatsizliklari va yaxşilanmasligi haqida gap eşitişdan çarçagan otasi uni maxsus internat maktabga yuboradi. U yerda Işan özini yolğizlanib qolgandek his qilib, tuşkunlikka tuşib qoladi. Bu holat u yerdagi öqituvçilarning qattiq va şafqatsiz rejimi tufayli yanada yomonlaşadi. Uning yagona dösti — Rajan Damodaran, u nogiron, lekin eng yaxşi öquvçilardan biri bölib, otasi maktab maʼmuriyatining aʼzosi hisoblangani uçun u yerda oilasi bilan yaşaydi. Işan bir kuni öz joniga qasd qiliş haqida öylab qoladi, lekin Rajanning yiqilib tuşişini va unga yordam beriş uçun tokçadan tuşib, bu fikridan qaytadi. Bir kuni Rajan maktabning qattiqqöl tasviriy sanʼat öqituvçisi janob Xolkarning maktabni tark etgani va uning örniga boşqasi kelişi haqida xabar beradi.
Rivojlanişida nuqsoni bölgan yoş bolalar uçun “Lolalar” maktabining quvnoq va optimist öqituvçisi Ram Şankar Nikumb şu kuniyoq internat maktabning sobiq tasviriy sanʼat öqituvçisi Xolkar örniga işga kiradi. Ramning dars uslubi Xolkarnikidan keskin farq qiladi va u dars davomida heç narsa çiza olmaganidan keyin Işanning baxtsizligini sezadi. U Işanning işlarini körib çiqib, uning özlaştirişidagi muammosi disleksiyadan dalolat beradi degan xulosaga keladi. Keyin Ram Mumbaydagi Avastisning uyiga taşrif buyuradi va u yerda Işanning tasviriy sanʼatga bölgan yaşirin qiziqişini bilib hayratga tuşadi. U Maya va Yohanga disleksiya tufayli Işan harflar va sözlarni tuşunişda qiynalişi, sportdagi muvaffaqiyatsizligi esa uning motor qobiliyatining zaifligidan (bu uning poyabzal boğiçlarini boğlaşdagi qiynalişiga ham taalluqli) ekanligini körsatib beradi. Nandkişor buni aqliy zaiflik va dangasalik deb uning gaplarini qabul qilmaydi.
Ram maktabga qaytib taniqli disleksiya bilan yaşagan odamlar mavzusida dars ötadi. U Işanga bolaligida özi ham disleksiya bilan qanday kuraşganini aytib, uni yupatadi. Ram Işanning tarbiyaçisi böliş uçun direktordan ruxsat oladi. Ram sekin-asta disleksiya böyiça mutaxassislar tomonidan işlab çiqilgan tuzatiş metodlaridan foydalangan holda Işanning öqiş va yoziş qobiliyatini yaxşilaş ustida işlaydi. Oxir-oqibat, Işanning yuriş-turişi ham, baholari ham yaxşilanadi.
Bir kuni Nandkişor maktabga taşrif buyuradi va Ramga Maya bilan disleksiya haqida izlanib, vaziyatni tuşunganlarini aytadi. Ramning taʼkidlaşiça, Işanga tuşunişdan köra, uni sevib, mehr berişlari muhimroq. Nandkişor taşqarida öğli Işanning öqişga urinayotganini körib, közlari yoşlanib, öğli bilan yuzma-yuz turolmasdan ketib qoladi.
Öquv yilining oxirida Ram xodimlar va öquvçilar uçun tasviriy sanʼat va hunarmandçilik tanlovini taşkil qiladi. Tanlovni rassom Lalita Lajmi boşqaradi. Tanlovda Işanning ishi ğolib topiladi. Işannining portretini çizgan öqituvçi Ram esa 2-örinni egallaydi. Maktab direktori Ramning doimiy tasviriy sanʼat öqituvçisi sifatida işga olinganini eʼlon qiladi. Işanning ota-onasi maktabning sönggi kunida Işanning öqituvçilari bilan uçraşganda, undagi özgarişlarni eşitib, hayratga tuşişadi. Nandkişor his-tuyğularini yengib, Ramga rahmat aytadi. Işan ketişdan oldin öqituvçisi Ram tomon yuguradi. Ram esa uni quçoqlab baland kötarib oladi.
3Rollarda
Darşil Safary — Işan…

Darşil Safary — Işan rolida;
Veer Mohan — Işanning yoşligi sifatida;
Aamir Khan — Ram Şankar Nikumbh rolida;
Tisca Çopra — Maya Avasti rolida;
Vipin Şarma — Nandkişore rolida;
Tanay Çheda — Rajan Damodran rolida;
Saçet Engineer — Yohan Nandkişor Avasthi rolida;
Aniket Engineer — Yohanning yoşligi sifatida;
Ramit Gupta — Ranjet rolida;
Girija Oak — Jabeen Khan rolida;
Bugs Bhargava va Şankar Saçdev — Sen Sir va Tivari Sir rolida;
Meghna Malik — öqituvçi Viktoriya rolida;
Sonali Saçdev — öqituvçi Irina rolida;
Lalita Lajmi — özi yaʼni Lalita Lajmi rolida.
4Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB5Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Yerdagi yulduzchalar» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.
