Taqdir eşigi (rusça: Врата судьбы) – şu nomdagi pyesa asosida suratga olingan film yoxud zamonaviy afsona. Pyessa muallifi Şarof Boşbekovdir.
1Tarixi
„Taqdir eşigi“ pyesasi 1980-yilda yozilgan bölib, bu Şarof Boşbekovning ilk ijod namunasi sanaladi. Yozuvçi…
„Taqdir eşigi“ pyesasi 1980-yilda yozilgan bölib, bu Şarof Boşbekovning ilk ijod namunasi sanaladi. Yozuvçi bu bilan boğliq xotiralarni öz intervyusi orqali şunday xotirlaydi:
Maktabda yaxşi öqirdim, institutni ham aʼlo baholarga tugatgandim. Aniq fanlarga qiziqardim, ilmiy kitoblarni köp öqirdim, olgan bilimlarimga yaraşa saviyam, dunyoqaraşim ham bor edi. Lekin yozişdan yiroq edim. Qalam masalasida talant çatoq edi. Biroq özimga qatʼiy işonib „Taqdir eşigi“ pyesasini yozişni boşladim.
1980-yil Şarof Boşbekovning ilk pyesasi sanalgan „Taqdir eşigi“ dastlab „Yoş gvardiya“ teatrida sahnaga qöyilgan. 1993-yilga kelib, „Fayzi film“ va „Özbektelefilm“ hamkorligida film suratga olingan.
Pyesa köplab teatrlar tomonidan ham sahnalaştirildi.
2Mavzusi
Şarof Boşbekovning „Taqdir eşigi“ asari XX asrning 80 yillarida yaratilgan. Asar qahramonlari köp qavatli…
Şarof Boşbekovning „Taqdir eşigi“ asari XX asrning 80 yillarida yaratilgan. Asar qahramonlari köp qavatli uylarning birida yolğiz yaşovçi erkak va ayoldir. Yolğizlik har ikkisining ham hayotni çuqur anglaşi va inson hayotda nima qilişi kerakligi borasidagi fikrlarida aks etgan. Film boşlanişida ayolning uyiga qöşni erkak kirib qoladi. Sehrli eşik öz-özidan qulflanib qolgaç, erkak va ayol uni qança harakat qilmasin oça olişmaydi. Ular örtasida dastlab köplab anglaşmovçiliklar röy beradi. Ammo keyinroq bir-birlariga taqdrilarini sözlay ketişadi. Bu ikki tomonlama iliqlik paydo bölişiga olib keladi. Ikki juftlikning bahslari kulgili holatda aks ettirilgan. Film sönggida erkak va ayol bir-birga köngil qöyadi.
Matn: maqola «Taqdir eshigi» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.