⌕
Taste of Cherry
Film

Taste of Cherry

1997 · drama · 95 daq
🍅 83%80

Taste of Cherry (Gilos taʼmi) (forsça: طعم گيلاس...‎‎, Taʼm-e gīlās…) — 1997-yilda Abbos Kiarostami tomonidan yozilgan va rejissorlik qilingan Eron filmi. Filmda Homayoun Erşadi örta yoşli Tehron yigiti rolini öynagan. Film 1997-yilda Kann kinofestivalida „Oltin palma yaproğini“ qölga kiritdi.

⇄ Boşqa film bilan solishtirish
1

Rollarda

Homayoun Ershadi
2

Syujeti

Örta yoşli Badiiy maşinada Tehron böylab ish qiladigan odam qidiradi va uçragan odamlarga katta miqdorda pul…
⚠️ Bu bölimda spoylerlar bor — syujet oxirigaça aytilgan
3

Rollar

Homoyun Erşadi janob Badiiy…

Homoyun Erşadi janob Badiiy rolida

Abdolrahmon Bahoriy taxidermist janob Bahoriy rolida

Afşin Xorşid Baxtiyori işçi rolida

Safar Ali Moradi askar rolida

Mir Husayn Nuri seminarist rolida

4

Uslub

Film minimalistik, çunki u birinçi navbatda uzoq suratlarda suratga olingan; surʼati bemalol va uzoq vaqt…

Film minimalistik, çunki u birinçi navbatda uzoq suratlarda suratga olingan; surʼati bemalol va uzoq vaqt davomida olingan. Atrof-muhit (fon) tovuşlari saqlab qolingan. Janob Badiiy kamdan-kam hollarda u bilan suhbatlaşgan odam bilan bir xil kadrda körsatiladi (bunga sabab suratga oliş jarayonida rejissyor Kiarostami maşinaning yölovçi örindiğida ötirgani ham bölgan).

5

Musiqasi

Filmda Lui Armstrongning 1929-yildagi „Sent Jeyms Infirmary Blues“ining moslaşuvidan foydalanilgan. Filmda…

Filmda Lui Armstrongning 1929-yildagi „Sent Jeyms Infirmary Blues“ining moslaşuvidan foydalanilgan. Filmda foydalanilgan yagona qöşiq bu afğon qöşiqçisi Ahmad Zohirning „Khuda Bowad Yaret“ (Xudo sizning himoyaçingiz bölsin) bölib, u filmning taxminan 38-daqiqasida radioda yangraydi.

6

Çiqarilişi

Film 1997-yil 16-mayda Cannes kinofestivalida premyera qilindi va yapon rejissyori Şohei Imamuraning „The…
Taste of Cherry
Kadr: «Taste of Cherry»TMDB

Film 1997-yil 16-mayda Cannes kinofestivalida premyera qilindi va yapon rejissyori Şohei Imamuraning „The Eel“ filmi bilan birga „Oltin palma novdasi“ mukofotini qölga kiritdi. Festivaldagi birinçi namoyişdan keyin köplab taniqli gazeta tanqidçilari filmning hayotbaxş yakuniy sahnasini olib taşlaşni maslahat berişgan. Rejissyor Kiarostami esa Italiya kinoteatrlarida filmni aynan şu tarzda, yaʼni yakuniy qismsiz körsatişga rozi bölgan.

Film kinoşunoslar tomonidan asosan ijobiy kutib olindi. Filmlarni baholovçi „Rotten Tomatoes“ saytida u 40 ta fikr-mulohaza asosida 83 foiz ijobiy baho oldi. „Metacritic“ saytida esa 22 nafar mutaxassisning bahosi bilan 100 balldan 80 ball töpladi. Rob Aldam uşbu kartinani „hayot yaşaşga arziydimi?“ degan savol ustida çuqur fikr yuritiş deb atadi. Matthew Lucas esa film oxirining noaniq qoldirilişi tomoşabinni haqiqatni boşqaça tuşunişga majbur qilişi haqida yozdi. „The New York Times“ gazetasi xodimi Stephen Holden esa filmni bir vaqtning özida ham uluğvor, ham oddiy va kiçik deb taʼrifladi.

Roger Ebert „Chicago Sun-Times“ gazetasida filmga 4 yulduzdan 1 yulduz berib, uni zerikarli deb atagan va Kiarostami uslubini sunʼiy deb hisoblagan, keyinçalik esa uni eng yomon körgan filmlari röyxatiga kiritgan . Bunga javoban, „Chicago Reader“ tanqidçisi Jonathan Rosenbaum filmga 4 yulduz berib, yakuniy sahna tomoşabinni uzoqlaştirmasligini, aksinça u yolğiz qolgan qahramonni ğamdan ozod qiladigan umumiy şodlik va hayotning quvonçli lahzasidir deb taʼkidlagan.

2012-yilda ötkazilgan „Sight & Sound“ sörovnomasida olti nafar kinoşunos va ikki rejissyor uni barça davrlarning eng yaxşi önta filmidan biri deb topdi. „Slant Magazine“ naşri esa uni 1990-yillarning eng yaxşi filmlari röyxatida 9-öringa joylaştirdi. Film 1999-yil 1-iyunda „The Criterion Collection“ kompaniyasi tomonidan diskda (DVD formatida), 2020-yil 21-iyulda esa yuqori sifatli Blu-ray formatida sotuvga çiqarildi.

Matn: maqola «Taste of Cherry» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

Film yangiliklarini qoldirmang«Kuzatish» tugmasini bosing — yangi treyler, sana va kinoteatrlarga çiqişi haqida xabar beramiz.