Peter Parker örta maktab öquvçisi bölib, ota-onasining ğoyib bölişidan söng amakisi Ben va xolasi Meyning qölida ösadi. U öz ötmişidagi sirlarni aniqlaşga intiladi. Genetik jihatdan özgartirilgan örgimçakning çaqişi uniga kuç, çaqqonlik va devorlarga çiqiş qobiliyatini beradi. Yangi qobiliyatlarni özlaştirib, Peter Örgimçak-odamga aylanadi va yaqinlarini hamda şaharni xavfdan himoya qiladi.
Filmga Marc Webb rejissyorlik qilgan, boş rollarni Andrew Garfield va Emma Stone ijro etgan. Rollarda, şuningdek, Rhys Ifans, Denis Leary va Martin Sheen ham bor. Janri — boevik, triller va sport. Filmni Columbia Pictures studiyasi çiqargan, hronometraji 136 daqiqa. U 2012-yilda ekranlarga çiqqan va Sam Raimi trilogiyasidan söng ekranlaştirilgan yangi Örgimçak-odam seriyasining birinçi qismi bölgan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Andrew Garfield, Emma Stone, Rhys Ifans
·Ensiklopediyadan
Yangi Örgimçak-odam (inglizça: The Amazing Spider-man) — Marvel Comics qahramoni Örgimçak-odam komikslariga asoslanib, 2012-yilda çiqarilgan AQŞning fantastika janridagi film. Columbia Pictures tomonidan Marvel Entertainment, Laura Ziskin Productions, Arad Productions hamda Matt Tolmach Productions bilan hamkorlikda işlab çiqarilgan va Sony Pictures Releasing tomonidan ommaga taqdim etilgan. Bu film Sam Raimi tomonidan 2002—2007-yillarda suratga olingan Örgimçak-odam trilogiyasidan keyin çiqarilgan törtinçi Örgimçak-odam filmi bölib, yangi aktyorlar guruhi bilan qayta ekranlaştirilgan. Filmning davomi Yangi örgimçak-odam 2 hisoblanadi. Filmga Marc Webb rejissyorlik qilgan bölib, ssenariy James Vanderbilt, Alvin Sargent hamda Steve Kloves tomonidan yozilgan. Boş rollarni Andrew Garfield, Emma Stone, Rhys Ifans, Denis Leary, Campbell Scott, Irrfan Khan, Martin Şeen, va Sally Fieldlar ijro etişgan. Filmda Peter Parker örta maktab öquvçisi bölib, genetik jihatdan özgartirilgan örgimçak tomonidan çaqilganidan keyin örgimçakka öxşaş qobiliyatlarga ega böladi. U öz qobiliyatlaridan foydalanib jinoyatçilikka qarşi kuraşadi, lekin özining oddiy hayoti bilan qahramonlik hayotini muvozanatlaşga harakat qilganida şaxsiy muammolarga duç keladi. Peter, şuningdek, ötmişiga yuzlanişi va ota-onasining ğoyib bölişi ortida turgan haqiqatni aniqlaşga harakat qiladi. Bu Peterning otasining sobiq hamkasbi bölgan va yovuz kaltakesakka aylangan Dr. Curt Connors bilan töqnaşuvga olib keladi.
Suratga oliş işlari 2010-yil Tobey Maguire boş rolidagi Örgimçak-odam 4 filmini suratga oliş işlari bekor qilinganidan söng boşlangan. Columbia Pictures suratga oliş guruhini özgartirmasdan franşizani qayta ekranlaştirişga qaror qilgan. Vanderbilt ssenariyni yozişga çaqirilgan, Sargent va Kloveslar esa ssenariyda Vanderbiltga yordam berişgan. Asosiy rollar uçun kasting 2010-yilda suratga oliş işlari boşlanmasidan avval bölib ötgan. Komikslar asosida yangi dizaynlar, masalan, sunʼiy tör otuvçi qurilmalar kiritilgan. Red Digital Cinema Camera Companyning RED Epic kamerasi yordamida asosiy suratga oliş işlari 2010-yil dekabr oyida Los-Angelesda boşlanib, söng Nyu-York şahriga köçirilgan. Film uçun vizual effektlar va montaj işlari 2011-yil aprel oyidan boşlangan. 3ality Teçnica 3D tasvirlar tayyorlaşni öz zimmasiga olgan, Sony Pictures Imageworks esa CGI effektlar ustida işlagan.
Sony Pictures Entertainment film uçun reklama veb-saytini yaratib, köplab treylerlarni çiqargan. Filmga oid mahsulotlarga Beenox va Activision tomonidan yaratilgan video öyinlar ham qöşilgan. Film 2012-yil 30-iyunda Tokioda premyera qilingan. AQŞda esa 2012-yil 3-iyulda (2002-yilda taqdim etilgan „Örgimçak-odam“ filmidan roppa-rosa ön yil ötib) 2D, 3D, IMAX 3D va 4DX formatlarida premyera qilingan. Film tanqidçilar tomonidan ijobiy qabul qilingan. Garfield va Stone örtasidagi işqiy munosabat, jangovar sahnalar, vizual effektlar va soundtrek tanqidçilarga xuş kelgan bölsa, syujetdagi kiçik detallar baʼzi tanqidlarga sabab bölgan. Film 2012-yilda dunyo böyiça 758 million dollar daromad qilgan holda, yilning yettinçi eng köp daromad keltirgan filmi bölgan. Filmning davomi, Yangi Örgimçak-odam 2 filmi, 2014-yil 2-mayda ommaga taqdim etilgan. 2021-yilda Garfield va Ifans öz rollarini Örgimçak-odam: Uyga Yöl Yöq filmida yana takrorladilar. Bu film multi-olamlar fazasi sabab, Raimi va Webb filmlarini bir-biriga boğlagan.
3Voqealar rivoji
Bolakay Peter Parker otasining xonasi tartibsiz holatda turganligini körib qoladi. Peterning otasi Richard va…

Bolakay Peter Parker otasining xonasi tartibsiz holatda turganligini körib qoladi. Peterning otasi Richard va Mary Parkerlar yaşirin hujjatlarni olib, Peterni Ben amakisi va May xolasining uyiga taşlab, sirli ravişda ğoyib bölişadi.
Oradan yillar ötib, Peter Midtown Sciense High Sçoolga öqişga boradi. Garçi u aqlli bölsa-da, maktabning bezorilari tomonidan tez-tez tazyiqqa uçrardi. U Gwen Stacyga oşiq bölib qoladi. Uyning omboridan otasiga tegişli portfelni hamda uning içidagi yaşirin hujjatlarni topib oladi. Peter ota-onasining sirli ravişda ğoyib bölişi ustida izlaniş jarayonida otasi Oscorpda bir qölini yöqotgan va genlarning mutatsiyasi bilan şuğullanadigan Dr. Curt Connors bilan birga işlagani haqida maʼlumot oladi. Oscorpga borganida Peterni genetikasi özgartirilgan örgimçak çaqib oladi. Şu tariqa Peter örgimçakka öxşaş qobiliyatlarga ega bölib, devorga çiqa oliş, tezlik, kuçli sezgi kabi xislatlarni şakllantiradi. Bir qölini yöqotgan Connors, kaltakesaklarning yöqotilgan tana aʼzolarini qayta östira oliş qobiliyatlarini genetik mutatsiya orqali boşqa jonzotlarga ötkaziş va şu tariqa özining qölini ham östiriş ustida ish olib boradi.
Peter Connorsning tajribalarida yetişmayotgan algoritmni dadasining hujjatlari orasidan topib oladi. Söngra, Connorsning oldiga borib, u Riçardning öğli ekanligini aytadi hamda yetişmayotgan algoritm formulasini unga taqdim qiladi. Maktabdagi janjal sabab Peterning amakisi ish vaqtini tunga ötkazişga majbur bölib, xolasini işdan qaytişda uyga olib keliş Peterning zimmasiga tuşadi. Oscorpda Connors bilan genlar mutatsiyasi ustida izlaniş olib borganligi uçun uyga qaytganida xolasini işdan olib kelmagani uçun Ben amakisi bilan janjallaşib qolib, uydan çiqib ketadi. Ben Peterni qidirib yurgan vaqtda bir jinoyatçiga töqnaş kelib öldirib ketiladi. Peter yaqin hududda öq ovozini eşitib, yugurib boradi va amakisini yaralangan holda topadi. Ben Peterning qölida jon beradi. Jinoyatçining taʼriflaridan Peter unga öxşaş jinoyatçilarni qidirib qasos olişni istaydi. Spandexdan foydalanib kiyim va niqob tayyorlaydi hamda sunʼiy tör otadigan mexanik qurilma ixtiro qiladi. Gwenning oilasi bilan tuşlikda Peter örgimçak odamni qölga olişga buyruq bergan George Stacy Gwenning otasi ekanligini biladi. Tomda Peter Gwenga örgimçak odam ekanligini aytadi.
Kaltakesaklardan qayta tiklaniş mutatsiyasi boşqa jonzotlarda muvaffaqiyatli ötganidan söng, Rajit Ratha Connorsdan buni tezroq odamlar ustida sinaşni talab etadi. Connors esa begunoh odamlar ustida tajriba ötkazib, ularning hayotini xavf ostiga qöyişdan boş tortadi. Ratha Connorsni işdan böşatib, tajribani Veteranlar kasalxonasida amalga oşirişga qaror qiladi. Connors noilojlikdan tajribani öz ustida amalga oşirib huşidan ketadi. Qayta uyğonganida uning yöqotgan qöli qayta ösganini köradi. Connors Rathani töxtatişga ketayotganida ulkan kaltakesakka aylanib Williamsburg Bridgeda odamlarga hujum qiladi. Peter örgimçak odam kiyimini kiyib, u yerda odamlarni Connorsning hujumidan saqlab qoladi. Keyinroq politsiya örgimçak odamni ham, ulkan kalta kesakni ham qölga olişga buyruq beradi.
Peter Connorsning izidan borib hujumga uçraydi, ammo qoçişga ulgurib qoladi. Connors Peterning fotoapparatidan uning kim ekanligini bilib qoladi va u öqiydigan maktabga hujum qiladi. Peter Connorsning ortidan borib, uning Oscorp binosidan bir zumda butun şaharga dorini yoya oladigan moslama orqali şahar aholisini ulkan kalta kesaklarga aylantiriş rejasini payqab qoladi. Tezda Gwenga qönğiroq qilib, undan bu biologik qurolga qarşi antidot tayyorlaşni söraydi va Oscorp tomon yöl oladi.
Kapitan Stacy va politsiyaçilar örgimçak odamni qölga olişadi. Kapitan Stacy örgimçak odam aslida Peter Parker ekanligini bilib, uni kaltakesakni töxtatiş uçun qöyib yuboradi. Gwen antidotni tayyorlaydi. Peter kelib uni butun şaharga yoyib Connorsni asl holatiga qaytaradi, ammo Connors Kapitan Stacyni jarohatlab bölgan edi. Ölimidan avval Stacy Peterga Gwenni xavfsizligi uçun undan uzoqlaşişni söraydi. Peter dastlab bu işni qiladi, ammo ikkisi ham baxtsizligi sabab bu vaʼdasidan voz keçadi.
Qamoqda Connors nomaʼlum şaxs bilan Peter otasi haqidagi haqiqatni biliş bilmasligi haqida suhbat olib boradi. Connors esa Peter heç nimani bilmasligini va uni tinç qöyiş kerakligini aytadi hamda nomaʼlum şaxs ğoyib böladi.
4Rollarda
Andrew Garfield Peter Parker (Örgimçak odam) rolida: Garçi ötkir zehnli bölsa-da tabiatan tortinçoqroq…

Andrew Garfield Peter Parker (Örgimçak odam) rolida: Garçi ötkir zehnli bölsa-da tabiatan tortinçoqroq bölgan, hayot yölida öz örnini topişga urinayotgan, ota-onasidan erta ayrilgan öspirin yigit. U otasi işlagan Oscopr binosiga kirganida genetik mutatsiyalar orqali özgartirilgan örgimçak uni çaqib olib, unga örgimçaknikiga öxşaş qobiliyatlar taqdim qiladi. Amakisi jinoyatçi tomonidan öldirib ketilganidan söng, u özi yaratgan kiyim va niqob orqali Örgimçak odam nomi ostida köça jinoyatçilariga qarşi kuraşişni boşlaydi. U örgimçak kabi devorlarda yopişib yura olar va özi yaratgan tör otuvçi moslama orqali binolar aro harakatlanardi. U amakisining qotilini izlaşdan çekinib, insonlar uçun xavf tuğdirayotgan ulkan kaltakesakka aylangan yovuzga qarşi kuraşadi. Garfield unga Parker obrazi yoşligidan muhim personaj bölganini va hayot yölida muhim taʼsir ötkazganini taʼkidlagan. Garfield Maguire bilan ötkazilgan intervyu jarayonida u yoşligida „Örgimçak odam“ filmini tomoşa qilgan vaqtlari Maguirening jumlalarini dösti bilan közgu yonida yoddan aytgan davrlarini eslagan. Dösti unga u heç qaçon örgimçak odam bölmasligini aytganini eslaydi. Rolga qabul qilinganidan söng, Garfield şunday deydi: „Men bu rolni asli kabi gavdalantiriş uçun juda köp qiyinçiliklar kutib turganini bilaman. Muxlislar ham, men ham allaqaçon bu rol haqida taassurotlarga egamiz. Balki kinoteatrlarda filmni tomoşa qilganimda özimga nisbatan turli haqoratlar ham işlatarman. Ammo endi ortga yöl yöq va men ham çekiniş niyatida emasman“. U kiyimning juda noqulayligini aytib, kiyim teriga yopişib turadigan bölgani uçun içki kiyimlar kiyişga ruxsat berilmaganiga qaramay, baribir bu işni qilganini taʼkidlaydi. Suratga oliş işlari davrida Garfieldda personajning jismoniy holatiga moslaşiş uçun tört oygina muddat berilgani uçun juda qiyin va çarçatadigan bölganini aytgan. Şu sababdan Sony unga kaskadyor sifatida yoşroq bölgan Andy Devineni jalb qilgan.
Max Charles Peter Parkerning yoşligini gavdalantirgan.
Emma Stone Gwen Stacy rolida: Peterning sevgilisi va maktabdagi sinfdoşi bölib, Oscorpda malaka oşiruvçi zukko va jozibali qiz. Bu rol uçun Stone odatiy böyalgan qizil soçlaridan köra özining tabiiy tillarang soçlarini saqlab qolgan. U köproq Örgimçak odam haqida maʼlumot yiğişi kerakligini tan olib şunday deydi: „Men yoşligimdan komikslar öqib katta bölmaganman. Örgimçak odam filmi haqida tuşunçalarim faqat Sam Raimi filmlari orqali bölgan. Men har doim Mary Jane Peterning ilk muhabbati bölgan deb öylayman“. Stone yana şunday deydi: "Men iç-içimdan Örgimçak odam yoki Gwen Stacy personajlarini juda sevadiganlarning könglini olişni istayman. Umid qilamanki, ular menga bu rolga öz uslubim bilan yondaşişimga ijozat berişadi".
Rhys Ifans Dr. Curt Connors (Kaltakesak) rolida: Genetik mutatsiyalar ustida Oscorpda Richard Parker bilan hamkorlikda işlaydigan olim. Formulada nimadir xato ketganligi sabab u ulkan kaltakesakka aylanib qoladi. Ifans filmning asosiy qismini inson sifatida gavdalantirgan. 9 fut uzunlikdagi ulkan sudralib yuruvçi rolida esa Ifans maxsus CGI kiyimlaridan foydalangan. Ifans texnologiyalar öta rivojlanganligini aytib şunday deydi: „Har safar ulkan kaltakesakning közlarini qimirlaganini körsangiz, bu mening közlarim. Agar men qovoğimni solsam yoki qandaydir emotsiya körsatsam, bular ham mening emotsiyalarim. Texnologiya şunday darajada rivojlanib ketgan“. Ifans ovoz özgartiriş işlari qanday qilinişini tuşuntirar ekan, şunday deydi: „CGI kiyimlarida baqirayotgan vaqtlarim xuddi yaşil kiyimdagi a crash-test dummy kabi his qilardim. Undan taşqari, Andrew Garfieldga va Emma Stonega kaltakesakka aylangan paytimda gapirişga töğri kelgan vaziyatlar bölgan“.
Denis Leary George Stacy rolida: Örgimçak odamni va kaltakesakni quvlaydigan politsiya ofitseri bölib, Gwenning otasi rolini gavdalantirgan.
Campbell Scott Richard Parker rolida: Peterning otasi. Oscorpda örgimçak zahri ustida turli tajribalar olib boradigan olim. U yaratgan örgimçak keyinçalik öz öğlini çaqişi natijasida unga super qobiliyatlar taqdim etgan.
Irrfan Khan Rajit Ratha rolida: Oscorpda ish boşqaruvçi bölib, Connors tajribalari nazoratçisi. Khan bu rolga taklif etilişiga In Treatment serialidagi roli sabab bölgan. Webb The Namesake va The Warrior filmlaridan söng aktyorning muxlisiga aylanganini taʼkidlagan. Khan bu rol uning farzandlarini juda ham xursand qilib yuborganini aytib ötgan.
Martin Şeen Ben Parker rolida: Peterning amakisi hamda Riçardning akasi. Şeen Maguire gavdalantirgan örgimçak odam filmidan taşqari personaj haqida boşqa maʼlumotlarga ega emasligini tan olgan. Ben Parker haqida esa Cliff Robertson öynagan obraz orqali taniş bölgan.
Sally Field May Parker rolida: Ben Parkerning rafiqasi hamda Peterning xolasi.
Chris Zylka Flash Thompson rolini ijro etgan. U odatda maktabda bezoriliklar bilan şuğillanadi. Köproq Parkerning ustidan kuladi, undan taşqari, Basketbol jamoasi kapitani hisoblanadi. Zylka rol ijro etiş haqida şunday deydi: „Siz şunçaki bor diqqatingizni rolga qaratişingiz kerak. Aktyor sifatida siz şunçaki özingizni öşa olam aʼzosi sifatida tasavvur qilişingiz kerak“. Embeth Davidtz Peterning onasi Mary Parker rolini gavdalantirgan. Hannah Marks Peterga oşiq bölib qolgan Missy Kallenback rolini ijro etgan. Kari Coleman, Charlie DePew, Skyler Gisondo va Jaco Rodierlar Stacy oilasi aʼzolarini rollarini gavdalantirişgan.
5Taşkiliy jarayon
Örgimçak odam 3 (2007) filmidan söng Sony Pictures Entertainment 2011-yil 6-mayda Sam Raimi rejissyorligidagi…

Örgimçak odam 3 (2007) filmidan söng Sony Pictures Entertainment 2011-yil 6-mayda Sam Raimi rejissyorligidagi film franşizasining davomi bölişi kutilgan Örgimçak odam 4 haqida ommaga eʼlon qilgan. Bu vaqtda James Vanderbilt, David Lindsay-Abaire va Gary Ross filmning bir neça xil versiyalari uçun ssenariy yozişgan. Ikkinçi va uçinçi filmga ssenariy yozgan Ziskinning turmuş örtoği Alvin Sargent yana bir versiya ustida ish olib borayotgan edi. Raimi navbatdagi antoganist rolini John Malkovich ijro etişini istagan. Biroq, 2010-yil 11-yanvar kuni Columbia Pictures va Marvel Studios filmning navbatdagi qismlarini işlab çiqargandan köra filmni yangi aktyorlar tarkibi bilan yangi versiyada qayta ekranlaştirişni eʼlon qilgan. Kinostudiya Raimining filmlarni rejalaştiriligan vaqtida işlab çiqarişga ulgurmasligi va hatto kreativlik bilan yondaşa olmasligini tan olganini aytgan. Avi Arad, Matt Tolmach va Ziskin kinoga prodyuserlik qilişni davom ettirgan.
Arad keyinçalik film haqida şunday degan: „Biz avvalgi uç filmni işlab çiqargan guruh bilan Örgimçak odamning 4-qismi ustida ish olib borayotgan edik. Ammo bizda boşqa bir film işlab çiqariş uçun qiziqroq hikoya yöq edi. Raimi esa yana bir filmni işlab çiqariş uçun yetarli asosimiz yöq ekanligini aytdi“. Tolmach filmni qayta ekranlaştirişga sabab sifatida prodyuserlar Örgimçak odam hikoyasida bir yigitning haqiqiy erkakka aylanişini köriş istagini körsatgan. Ssenarist Steve Kloves Sargentning ssenariysini tahrirlab çiqqan. Dastlab Steve bu uçun rad javobini bergan, ammo kinorejissyorlarga yordam sifatida bu taklifni qabul qilişga qaror qilgan. Steve intervyuda şunday deydi: „Men yana Emma Stone uçun ham ssenariy yozişni istagandim. Sababi men Emmani hamda ayollar uçun ssenariy yozişni yoqtiraman. Men asosan qahramonlar va dialoglar ustida işladim. Bu yoqimli edi. Undan taşqari kiçik bir syujet yozdim, ammo syujetning katta qismi allaqaçon yozib bölingan edi“. U Peter Parker (örgimçak odam) uçun ham bir qança dialog yozgan. 2012-yil aprelda Webb yozuvçi direktor Paul Feigni filmga taklif qilgan va Paul filmdagi baʼzi maktabga oid sahnalar uçun ssenariy yozgan.
Raimining ketişi eʼlon qilinganidan söng, bir neça kun ötib filmga rejissorlik qilişga 500 Days of Summer filmi orqali rejissyorlikda debyut qilgan Marc Webb taklif etilgan. Filmni suratga olişga Kathryn Bigelow va David Fincher nomzodlari körib çiqilgan. Columbia Picturesning hozirgi prezidenti bölgan Tolmach va Sony Pictures Entertainment boşqaruv raisi örin bosari Amy Paskal filmda asosiy eʼtiborni Peterning hayotiga qaratadigan rejissyor izlaşganini taʼkidlaşgan. Webb esa dastlab bu borada ikkilangani aytgan, biroq keyin „Qanday bu imkoniyatni qöldan çiqariş mumkin“ deya taklifni qabul qilgan. Webb Örgimçak odam filmi Harry Potter franşizasidan farq qilişini aytib, uni köproq James Bondga öxşatişini taʼkidlagan. Sababi Örgimçak odam haqida köplab hikoyalar mavjud. U film haqida şunday deydi: „Biz Samning filmini qayta yaratmayapmiz. Bu umuman boşqa hikoya va yangi qahramonlar bilan birga yangi olam“.
6Kasting
The Hollywood Reporter jurnali 2010-yil may oyida Webb bilan Jamie Bell, Alden Ehrenreiç, Frank Dillane,…

The Hollywood Reporter jurnali 2010-yil may oyida Webb bilan Jamie Bell, Alden Ehrenreiç, Frank Dillane, Andrew Garfield va Josh Hutcherson boş rolga nomzodlik uçun uçraşişgani haqida xabar bergan. 2010-yil iyun oyida Los Angeles Times jurnali bu röyxatga Aaron Johnson va Anton Yelçin ham qöşilganini eʼlon qilgan. Bell, Ehrenreiç, Garfield, Yelçin, Logan Lerman va Michael Angaranolar kamera qarşisida kastingdan ötişgan. Joe Jonas ham kastingda iştirok etgan. 2010-yil 1-iyul kuni Andrew Garfield boş rolni ijro etiş uçun qabul qilingan. Webb Garfield töğri qaror ekanligini kesib taşlangan sahnada, Peter Gwenni tinçlantirayotgan payti gamburger yeyayotgan sahnaning özidayoq bilgan. Garfield kastingda hayajondan qutuliş uçun özini göyo döstlari bilan qisqa metrajli Örgimçak odam filmini suratga olayotgandek his qilganini taʼkidlagan.
Dastlab filmda Peterning sevgilisi sifatida Mary Jane Watson va Gwen Stacyning ikkisi ham köriniş berişi haqida eʼlon qilingan. Biroq, keyin The Wrap jurnali faqatgina Gwen Stacy personaji iştirok etişi haqida xabar bergan. 2010-yil avgust oyida The Hollywood Reporter jurnali rolga nomzodlar sifatida Lily Collins, Ophelia Lovibond, Imogen Poots, Teresa Palmer, Emma Roberts va Mary Elizabeth Winstead kastingda qatnaşişini eʼlon qilgan. 2010-yil sentyabrda Variety jurnali nomzodlar röyxatiga Stone va Mia Wasikowska kelib qöşilgani haqida xabar bergan. 2010-yil 5-oktyabr Stone rolga qabul qilingan. Filmdagi Andrew Garfield va Emma Stone işqiy munosabatlari haqiqiy hayotga ham köçib, filmdan taşqarida ham ular sevişganlarga aylanişgan.
2010-yil 11-oktyabr kuni Rhys Ifans filmda nömalum antoganist rolini ijro etişga jalb qilingani eʼlon qilingan. Ikki kundan söng personaj Dr. Curt Connors (kaltakesak) bölişi haqida xabar berilgan. Arad kaltakesakni Örgimçak odamga qarşi antoganistlar orasidagi eng sevimlilaridan biri bölgani va bu obrazni ançadan beri ekranlarda körişni istaganini taʼkidlagan. Dastlab rolga Michael Fassbender jalb qilinişi kerak bölgan, ammo keyinçalik bu bekor qilingan.
Noyabrda Sally Field bilan May Parker roli uçun muzokaralar davom etayotgan vaqtda Martin Şeen Ben Parker rolini ijro etişga rozi bölgan. Field dösti Laura Ziskin hurmati uçun May Parker obrazini gavdalantirişga rozi bölganini aytgan. Aynan şu oyda Denis Leary kapitan George Stacy rolini ijro etişga rozi bölgan. 2010-yil dekabr oyida Campbell Scott va Julianne Niçolson bilan Peterning ota onasi rolini ijro etiş borasida muzokaralar olib borilgan. Khan dastlab Van Adder rolini ijro etişi haqida xabar berilgandi, biroq keyinçalik personajning ismi Dr. Rathaga özgartirilgan. Annie Parisse asosiy antoganistning rafiqasi sifatida hamda Miles Elliot Dr. Connorsning öğli Billy Connors rollarini ijro etişi kerak bölgan. Ammo filmning yakuniy versiyasida bu rollar butunlay olib taşlangan.
7Dizayn
Webb Örgimçak odam obrazini qayta kaşf etişni öziga maqsad qilib olgan. Avvalgi film trilogiyasidan farqli…

Webb Örgimçak odam obrazini qayta kaşf etişni öziga maqsad qilib olgan. Avvalgi film trilogiyasidan farqli ölaroq bu filmda xuddi komikslardagi kabi qahramon sunʼiy tör otuvçi moslamalarni yaratişi kerak edi. Dizayner Kym Barret loyihaga jalb qilinib, kostyumni yaratişda Webb bilan hamkorlik qilgan. Maşhur kostyumning yangi talqinida quyoşdan saqlaydigan közoynaklardan qilingan oltin linzalar mavjud edi. Oyoq kiyimning pastki qismi yugurişga möljallangan asics oyoq kiyimlarini tagidan kesilgan bölib, kostyum dizayni kabi böyalgan. Filmda Peter işlatadigan tör otuvçi moslamalar oddiy qöl soati bölaklaridan yasalgan. 2011-yil fevral oyida film uçun rasmiy veb sahifa tayyorlanib, Garfieldning örgimçak odam obrazidagi ilk suratlari va tör otuvçi moslamalar haqida suratlar joylangan. Los Angeles Times jurnali yozuvçisi Geoff Bouçer moddiy tomondan qiynalib yurgan yigit tör otuvçi moslama yasab uni bilakka taqa oladigan holatga kelişi biroz işonarsiz deya taʼriflagan. Undan taşqari, Qahramon kiyimi Sam Raimi filmidagidan farq qilişi ammo klassik komikslardagi qahramon kiyimidan unçalik farq qilmaslik kerakligini taʼkidlagan.
Garçi Webb Ultimate Spider-Mandan bir qança detallarni filmga kiritgan bölsada, Gwen Stacy obrazini rok ijroçisidan köra obrazning asosiy versiyasini saqlab qolişni istagan. Filmdagi Peter va Gwen örtasidagi işqiy munosabat komikslardagi Ultimate versiyasining Peter va Mary Jane munosabatlariga asoslanganligini aytib ötgan.
Filmda kaltakesak odamsimon şaklda tasvirlanib, uning burni timsoh yoki dinozavrlar kabi tumşuq örniga odamnikiga öxşaş şaklda işlangan. Köplab şarhlovçilar uni komiksdagi personajdan köra boşqa obrazga öxşatişgan.
Webb klassik komikslardan biroz uzoqroq bölib, köproq hozirgi zamon bilan hamnafas bölgan holatda yangilik yaratişni istagan.
8Suratga oliş
Asosiy suratga oliş işlari 2010-yil 6-dekabrda Los Angelesda boşlangan. Film umumiy 90 kun davomida suratga…

Asosiy suratga oliş işlari 2010-yil 6-dekabrda Los Angelesda boşlangan. Film umumiy 90 kun davomida suratga olingan bölsa, bundan ikki haftasi New Yorkda şahrida bölgan. Filmning asosiy qismi Los Angelesning turli joylarida jumladan Hollywooddagi Henry Fonda Theaterda, St. John Bosco High Sçoolning sport zalida, Mid-Wilşiredagi Immanuel Presbyterian çerkovida, va South Pasadena, San Pedro, hamda Woodland Hills yaqinidagi turli manzillarda suratga olingan.
Filmdagi baʼzi manzillarni suratga oliş New York şahrida amalga oşirilgan. Alexander Hamilton U.S. bojxona qömitasi NYPD ştab-kvartirasining taşqi manzarasi sifatida foydalanilgan. Manhattanning Upper West Sideda joylaşgan 15 West 81-köçada joylaşgan uy Gwen Stacy va uning oilasing uyi sifatida körsatilgan. Brooklyndagi Windsor Terraceda joylaşgan Fuller Place hududi Qeensdagi Ben va May Parkerlarning uyi sifatida körsatilgan.
Film Hollywoodda Red Digital Cinema Camera Companyning RED Epic kamerasida 3-D formatda 5K aniqlikda suratga olingan ilk film bölgan.
2011-yil aprelda Emma Stone suratga oliş işlari tugaganligini va filmni montaj işlari boşlanganini eʼlon qilgan. Biroq baʼzi sahnalar 2011-yil noyabr oyida New Yorkda va şu yilning dekabr oyida Los Angelesda qayta suratga olingan.
9Tryuklar
Webb va uning jamoasi turli tryuklarni jismoniy jihatdan yanada realroq saqlaşni istaganlarini aytgan.…
Webb va uning jamoasi turli tryuklarni jismoniy jihatdan yanada realroq saqlaşni istaganlarini aytgan. Kaskadyorlar jamoasini Armstrong oilasi, Vic va Andy bilan birga SWAT jamoasi aʼzosi Richard Norton taşkil etgan. Andy Armstrong kaskadyorlar kordinatori sifatida işlagan. Andy Örgimçak odam qanday harakat qilişi kerakligini örganiş uçun Olimpia öyinlarida gimnastlarni gorizontal turniklarda qanday harakatlanişini videoga tuşirgan. Vic Örgimçak odamning harakatlarini Tarzan kabi bölişi kerakligini aytib buni filmga qöşişni istagan.
10Vizual effektlar
Californianing Burbank şahri 3ality Teçnica kompaniyasi suratga oliş baʼzi anjomlarni taqdim etgan. 3ality…
Californianing Burbank şahri 3ality Teçnica kompaniyasi suratga oliş baʼzi anjomlarni taqdim etgan. 3ality texnologiyasi 2D formatdan 3D formatga ötiş imkoniyatini yaratgan. Avatar filmi premyera qilinganidan söng barça studiyalarda 3D formatda film işlaş xohişi paydo bölgan. Webb örgimçak odam filmi 3D formati uçun ideal tanlov bölişini taʼkidlagan. Bu Webbning 3D formatdagi ilk filmi bölgan.
Sony Pictures Imageworksning Vancouver filiali filmning grafikasini tezda yaxşilab berişga maʼsul bölgan. Jamoa filmning maktabdagi jang sahnalarida Örgimçak odamning haraktlarini sifatini va atrof muhit vizualizatsiyasini yaxşilagan. Komikslar dizaynerlarga örgimçak odamning pozalari dizaynini işlaş uçun asosiy manba vazifasini ötagan. Dizayerlar kaltakesak dizaynini dastlab kompyuterda vizual körinişini yaratib olişgan. Bu jarayonga katta jamoa jalb qilinib, ular hatto kaltakesakning muşaklari qanday işlaşini örganib çiqişgan. Suratga oliş jarayonida kaltakesak boşqa qahramonlar bilan qatnaşgan sahnalarda Big John deb atalgan katta erkak rol ijro etgan. Keyinçalik montaj işlarida Big John kaltakesakka almaştirilgan. Yaratuvçilar kaltakesakning yuz tuzilişini aktyor Rhys Ifansnikiga öxtaşib yaratişgan. Ifans asosan kaltakesakning sözlaşuv va motion capture sahnalarida iştirok etgan. Bu esa obrazning yakuniy versiyasini yaratişda qiyinçiliklar olib kelgan.
11Musiqa
Film uçun asosiy sountrekni James Horner yaratgan. Webb musiqani hayratlanarli ekanligini tan olgan. Webbning…
Film uçun asosiy sountrekni James Horner yaratgan. Webb musiqani hayratlanarli ekanligini tan olgan. Webbning aytişiça Horner musiqani bir yarim soatda eng ideal şaklda yaratib bölgan. Filmda Coldplay guruhining X&Y albomidagi Til Kingdom Come taronasi ham qöllangan. 2012-yil may oyida Sony Classical sountrekning tafsilotlari haqida batafsil maʼlumot bergan.
12Marketing
2011-yil noyabrdagi Comic-Con korgazmasida filmning asosiy antoganisti sifatida Kaltakesak çiqişi haqida…
2011-yil noyabrdagi Comic-Con korgazmasida filmning asosiy antoganisti sifatida Kaltakesak çiqişi haqida xabar berilgan. 2011-yil dekabrda Mega Brands kompaniyasi film uçun kerak böladigan jihozlarni işlab çiqarişi eʼlon qilingan. 2012-yil yanvarda Örgimçak odam öyinçoqlari Diamond Select Toys kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilişi haqida xabar berilgan. Bu öyinçoqlar Örgimçak odamning figuraviy öyinçoqlar seriyasidagi beşinçisi bölsada, ilk bor filmga asoslangan holda işlab çiqarilgan. Hasbro kompaniyasining filmga asoslangan jangari öyinçoqlari 2011-yil iyul oyida Örgimçak odamga bağişlangan Comic-Conda ommaga taqdim etilgan. Hasbro pult orqali boşqariladigan Örgimçak odam öyinçoqlarini taqdim qilgan. Undan taşqari, boşqa öyinçoq kompaniyalari ham, jumladan, Hot Toys, MediCom va Kaiyodolar turli öyinçoqlarni işlab çiqargan. OPI Products kompaniyasi The Amazing Spider-Man nomi ostida tirnoq böyoqlari kolleksiyasini ommaga taqdim etgan.
Carlʼs va Hardeeʼs restoranlari egasi bölgan CKE Restaurants filmga homiylik qilgan. Marketing direktori Brad Haley filmni yanada ommalaştiriş maqsadida film uçun maxsus burgerlar çiqarişini aytgan. Burgerlar The Amazing Grilled Çeese Bacon Burger deb nomlangan. Burgerlar filmga oid reklamalar va Stan Lee qatnaşgan radiolar orqali reklama qilingan. Turnirlarda PlayStation 3 öyinlar sovrinlari tarkibiga video öyinlar bilan birga burgerlar ham kiritilgan. Stan Lee hatto mustaqillik kunida Örgimçak odam kabi kiyinganlarga Amazing Grilled Çeese Bacon Burgerlari tekin tarqatilişini ham eʼlon qilgan.
Big Cola kompaniyasi ham filmni ommaga yoyiş borasida şartnoma imzolagani eʼlon qilingan. Sony Qualcommning Vuforia platformasidan foydalangan holda filmga bağişlangan yangi mobil ilovani ommaga taqdim etgan. D-Box Technologies kompaniyasi baʼzi kinoteatrlarni maxsus qimirlaydigan simulyatorlar bilan taʼminlagan.
Sony kompaniyasining boşqa filmlari kabi bu filmda ham Sony product placements kompaniyasi barça elektron qurilmalarini Sonyning öz mahsulotlaridan foydalangan. Boşqa kompaniyalar esa asosan Apple kompaniyasi mahsulotlaridan foydalanadi.
13Namoyiş etilişi
2010-yil 10-fevral kuni Sony kino kompaniyasi filmning 2012-yil 3-iyul sanasida premyera qilinişini eʼlon…
2010-yil 10-fevral kuni Sony kino kompaniyasi filmning 2012-yil 3-iyul sanasida premyera qilinişini eʼlon qilgan. Film sotuvini oşiriş maqsadida AQŞdan boşqa mamlakatlarda premyera sanasi iyun oyiga köçirilgan. Film ilk bor 13-iyunda Tokioda premyera qilingan.
2024-yil mart oyida Sony Columbia Picturesning 100 yilligi munosabati bilan filmni yana kinoteatrlarga qaytarişini eʼlon qilgan. Yangi Örgimçak odam filmi 2024-yil 6-mayda kinoteatrlarda qayta premyera qilingan.
Yangi Örgimçak odam filmi 2012-yil 9-noyabrda Sony Pictures Home Entertainment tomonidan Blu-ray, Blu-ray 3D, DVD formatlarida taqdim etilgan. Filmnning disk formatlarida Marc Webb, Avi Arad va Matt Tolmaçlarning audio şarhlari ham mavjud. 2012-yil 9-noyabrda Sony kompaniyasi Örgimçak odam va kaltakesakning haykalçalari bilan birga tört dona disklarni öz içiga olgan sovğalar töplamini taqdim etgan.
Film namoyiş etilganidan söng 2012-yil 11-noyabrgaça sotuvda yetakçilik qilgan. Film ijaradan kelgan daromad borasida Prometheus filmidan söng jadvalda ikkinçi örinni egallagan. 2014-yil oxirida FX telekanali filmning televizion reklama huquqlarini sotib olgan.
2021-yil aprel oyida Sony kompaniyasi Disney bilan kelişuv imzolagan. Unga köra Sonyning Örgimçak odam haqidagi filmlari, SSU va Marvelning boşqa kontentlari bilan birga Hulu va Disney+ platformalariga çiqariladi. 2021-yil iyun oyidan boşlab Sonyning köplab filmlari Hulu platformasida namoyiş etila boşlagan. Ammo kelişuvga köra bu filmlar 2022-yildan keyin premyera qilingan bölişi kerak. Dastlab kelişuv faqat AQŞ hududi uçun möljallangan bölsa-da, 2022-yil iyundan boşlab filmlar AQŞ hududidan taşqari mintaqalarda ham Disney+ platformalariga yuklana boşlagan. Dastlab bu ish Örgimçak odamning filmlari bilan boşlangan.
Film 2023-yil 21-aprelda Disney+ platformasiga kiritlgan.
14Daromadi
Yangi Örgimçak odam filmi Şimoliy Amerikada 262 million dollar daromad qilgan. Film boşqa mamlakatlardan jami…
Yangi Örgimçak odam filmi Şimoliy Amerikada 262 million dollar daromad qilgan. Film boşqa mamlakatlardan jami 495.9 million dollar daromad keltirib, umumiy daromad 757.9 million dollarni taşkil etgan. Film eng köp daromad qilgan filmlar röyhatida 106-örinni egallab, 2012-yilda statistikada esa eng köp daromad qilgan 7-film bölgan. Film daromadi böyiça superqahramonlar haqidagi filmlar orasida 19-örinda bölgan. Sony va Columbia Pictures tomonidan işlab çiqarilgan filmlar orasida eng köp daromad qilgan filmlar orasida 6-örinni egallab, qayta işlangan filmlar orasida eng köp daromad keltirgan film bölgan.
Şimoliy Amerikada film yarim tundagi namoyişlardan jami 3150 ta kinoteatrlarda 7.5 million dollar daromad keltirgan. Undan 1.2 million dollari IMAXning 300 dan ortiq kinoteatrlari orqali kelgan. Premyera sanasida u seşanba kunda premyera qilingan filmlar orasida 35 million dollar daromadi bilan rekord örnatgan. Keyinçalik bu rekord 2019-yil Örgimçak odam: Uydan uzoqda filmi orqali yangilangan (39.3 million dollar). Premyeraning keyingi kunida daromad 33.4 foizga pasayib 23.3 million dollar daromad keltirgan. Hafta ohiridagi 3 kunda film 62 million dollar daromad keltirib, jami 6 kunda 137 million dollar foyda keltirgan.
Yangi örgimçak odam filmi dunyo böylab premyera haftasida (27-iyundan 1-iyulgaça) 5 kun davomida 13 ta mamlakatda 51.1 million dollar daromad qilgan. Hindistonda film jami 6 million dollar daromad yiğib Hindiston tarixida Hollywood filmlari orasidagi premyera kunida eng köp daromad keltirgan filmga aylangan. Yakunda film Hindistonda 20 million dollar daromad yiğib Hindistondagi Hollywood filmlari orasida eng köp daromad keltirgan 8-filmga aylangan. Ikkinçi hafta davomida 61 ta mamlakat böylab film jami 127.5 million dollar daromad keltirgan. Film 30 dan ortiq mamlakatda daromadi böyiça yetakçilik qilgan. Indoneziyada film premyera sanasidagi 4.5 million dollarlik daromadi bilan rekordni yangilagan. Film Buyuk Britaniyada premyera sanasida 11.1 million funt (18.1 million dollar) foyda keltirgan. Xitoyda film ilk haftasida 33.3 million dollar foyda keltirib, Örgimçak odam-3 filmining Xitoydagi jami yiğgan daromadidan ötib ketgan. Yakunda Xitoy filmga AQŞ hududidan taşqarida eng köp foyda keltirgan mamlakat bölgan (48.8 million dollar).
15Merosi
Newsarama veb sayti Yangi örgimçak odam filmini özining komikslarga işlangan filmlar röyhati top 10 taligiga…
Newsarama veb sayti Yangi örgimçak odam filmini özining komikslarga işlangan filmlar röyhati top 10 taligiga kiritgan. Forbes jurnali muharriri Marh Hughes filmni komikslarga işlangan eng yaxşi yettinçi film deya eʼtirof etgan. ScreenCruş jurnali muharriri Jacob Hall esa filmni Marvelning zamonaviy filmlari orasidagi eng yaxşi 13-film deb tan olgan.
Wake Forest Baptist Medical Centerdan bir olim filmni tahlil qilib, filmning faktlari va uydirmalarini aniqlab bergan.
2020-yil 30-sentyabr kuni Playstation 5 uçun Marvelʼs Spider-Man öyining qayta işlangan şakliga filmning ilk qismiga bağişlangan eksklyuziv libos (Amazing Suit) kiritilgan. Uşbu libos 2020-yil 12-noyabrda Spider-Man: Miles Morales öyinining maxsus soni ommaga taqdim etilganida kiritilgan. Libos Playstation 5 uçun möljallangan Marvelʼs Spider-Man 2 öyinida ham qaytişi rejalaştirilgan.
16Davomi
Dastlab Yangi Örgimçak odam filmi eng kamida trilogiyaning ilk qismi sifatida eʼlon qilingan. Filmning davomi…
Dastlab Yangi Örgimçak odam filmi eng kamida trilogiyaning ilk qismi sifatida eʼlon qilingan. Filmning davomi bölgan Yangi Örgimçak odam 2 filmi 2014-yil 2-mayda premyera qilingan. 2013-yil 17-iyun kuni Sony kompaniyasi filmning navbatdagi filmlar uçun sanalarni eʼlon qilgan. Unga köra 2016-yil 10-iyun kuni filmning ikkinçi qismi premyera qilinib, uçinçi qism 2018-yil 4-may kuni premyera qilinişi rejalaştirilgan. Biroq 2014-yil iyul oyida filmning uçinçi qismi 2018-yilga qoldirilgani eʼlon qilingan.
17Marvel Kino olami
2015-yil fevralda Sony Pictures va Marvel Studios örgimçak odam Marvel kino olamida (MCU) köriniş berişini…
2015-yil fevralda Sony Pictures va Marvel Studios örgimçak odam Marvel kino olamida (MCU) köriniş berişini eʼlon qilgan. Personaj kino olamda ilk bor 2016-yilda Kapitan Amerika: fuqarolar uruşi filmida köriniş bergan. Sony 2017-yil 7-iyulda Kevin Feige va Amy Pascal prodyuserligidagi Örgimçak odam: Uyga qaytiş filmini ommaga taqdim etgan. Undan taşqari Marvel kino olami filmni boşqa olam personajlari bilan birlaştiriş imkoniyatlarini ham körib çiqqan. Natijada 2021-yilda premyera qilingan Örgimçak odam: Uyga yöl yöq filmida Andrew Garfield Peter Parker (Örgimçak odam) roliga va Rhys Ifans Dr. Curt Connors (kaltakesak) rollariga qaytişgan.
18Franşiza tartibida
2 film
19Öxşaş filmlar
Matn: maqola «The Amazing Spider-Man» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.
