Yadroviy uruşdan keyin Amerika quruq çölga aylanadi, yöllarda esa suv va ozuqa uçun kuraşadigan bandalar yurib yuradi. Shu yerda yalğiz yurguvçi Elay qadrli kitobni olib, ğarb tomon yöl oladi. Yöli Karnegi ismli hukmdor boşqarayotgan şaharçaga olib keladi, hukmdor esa shu kitobni qidirmoqda.
Filmni aka-uka Allen va Albert Hughes suratga oldi, boş rollarda Denzel Washington, Gary Oldman va Mila Kunis ijro etgan. Bu postapokaliptik jangari triller bolib, Silver Pictures studiyasi tomonidan işlab çiqarilgan. AQŞda 2010-yil 15-yanvarda prokatga çiqqan, byudjeti 80 million dollar bölgan.
1Rollarda
Gary Oldman, Mila Kunis, Ray Stevenson
·Ensiklopediyadan
Elayning kitobi (inglizça: „The Book of Eli“) – 2010-yilda Hughes Brothers tomonidan suratga olingan AQŞ jangari filmi. Suratga oliş işlari 2009-yil fevralda Nyu-Meksikoda boşlangan.
„Elayning kitobi“ 2010-yil 15-yanvarda AQŞʼda Warner Bros. Pictures tomonidan kinoteatrlarda namoyiş etilgan. U tanqidçilar tomonidan turli baholarga sazovor bölgan va butun dunyo böylab 80 million dollarlik byudjet bilan 157,1 million dollar daromad qilgan.
2Syujeti
Quyoş çaqnaşidan keyin 30 yil ötgaç, Elay AQŞʼning çöl yerlari böylab yayov safar qiladi. U suv qidirib,…
Quyoş çaqnaşidan keyin 30 yil ötgaç, Elay AQŞʼning çöl yerlari böylab yayov safar qiladi. U suv qidirib, Karnegi ismli harbiy qömondon tomonidan boşqariladigan şaharçaga kelib qoladi.
Elay musiqa pleyerining quvvatini töldiriş uçun bir dökonga kiradi. Dökon egasi unga kutib turiş uçun barga kirişi mumkinligi aytabdi. Elay suv oliş uçun barga kiradi va unga şaharça zöravonlari hujum qiladi, lekin u ularning barçasini yer tişlatadi. Karnegi taajjubga tuşib, Elayga ish taklif qiladi, lekin Elay rad etadi. Elayning savodli ekanligini bilgan Karnegi uni mehmon qiladi. Karnegining közi ojiz bekasi Klaudiya unga ovqat va suv olib keladi. Klaudiyaning qizi Solaraga mehmon bilan tunni ötkazişni buyuradi. Solara Elayning kitobi borligini köradi. U ovqatlanişdan oldin şukrona aytib, Solara bilan taomni baham körib, birga ovqatlanişni taklif qiladi. Tongda Karnegi Solaraning onasiga duosini takrorlayotganini eşitib qoladi va Elayda qidirayotgan kitobi borligini tuşunadi: Injil.
Elay yaşirinça ketadi, lekin Karnegi va uning yordamçilari köçada unga duç kelişadi. Elay kitobni Karnegiga bermasa, u uni öldirişni buyuradi. Jang boşlanadi va Elay uning köplab yordamçilarini öldirib, Karnegining oyoğiga öq uzadi. Solara Elayga hamroh bölişni xohlab, uni şaharning suv taʼminotiga olib boradi, lekin Elay unga hiyla işlatib, öşa yerga qoldiradi. Solara u yerdan çiqib Elayning ortidan ketayotganda pistirmaga tuşib qoladi. Ular uni zörlaşmoqçi bölişadi, ammo Elay yana paydo bölib, ularni öldiradi.
Elay bilan Solara yölda davom etişadi. Elay unga öz maqsadi haqida aytib beradi: undagi kitob injilning qolgan söngi nusxasi bölib, boşqa barça nusxalar yadroviy uruşdan keyin yöq qilingan edi. Uning sözlariga köra, bir ovoz uni kitobga olib borib, uni ğarbga borişga undagan va safar davomida uni himoya qiliş hamda hidoyat qilişiga işontirgan.
Yölda ular qarovsiz qolgan uyga duç kelişib, unga kirmoqçi bölganlarida tuzoqqa tuşib qolişadi. Uy sohiblari Jorj va Marta ularni çoyga taklif qiladi. Elay va Solara uy sohiblar odamxör ekanligini tuşunib ketmoqçi bölganlarida, Karnegi va uning odamlari kelib qolişadi. Otişmada uy sohiblari va Karnegining köplab odamlari halok böladi. Elay bilan Solara esa qölga tuşadi. Karnegi kitobni unga berişmasa Solarani otib taşlaş bilan tahdid qiladi, Elay uni qayerdaligi aytadi. Karnegi Elayni otib taşlab, Solara va kitobni olib ortga qaytişadi. Lekin Solara qoçib, Elayni topiş uçun qaytib keladi. Karnegi yoqilği kamligi tufayli şaharga qaytadi.
Solara Elayni topib, ular Golden gate köprigigaça maşinada yetiş olişadi. Söng Alkatraz oroliga suzib, u yerda ular insoniyatning merosini saqlab qoliş niyatidagi bir guruhni topişib, qöriqçilarga injilning nusxasi borligini aytişadi. Elay u yerning rahbari Lombardiga injilning „yangi qirol Jeyms talqini“ni yoddan aytib beradi.
Şaharda Karnegi kitob Brayl şriftida yozilganligini bilib, Klaudiyaga uni öqişini aytadi. Klaudiya yozuv esidan çiqib ketganligi aytib, uning oyoği kasallanganini va uni odamlari dovdirab qolganini aytadi. Elay kitobni barçasini Lombardi yozib olganidan keyingina vafot etadi. Bosmaxonada injilni çop etiladi va Lombardi uni kitob javonidagi Ibroniy Injili va Qurʼon orasiga qöyadi. Lombardi Solaraga Alkatrazda qolişni taklif qiladi, lekin u Elayning narsalarini olib, uyiga qaytişni tanlaydi.
3Rollarda
Denzel Washington – Elay…
Denzel Washington – Elay rolida;
Gary Oldman – Bil Karnegi rolida;
Mila Kunis – Solara rolida;
Ray Stevenson – Redrige rolida;
Jennifer Beals – Klaudiya rolida;
Evan Jones – Martz rolida;
Joe Pingue – Hoyt rolida;
Frances de la Tour – Marta rolida;
Michael Gambon – Jorj rolida;
Tom Waits – muhandis rolida;
Chris Browning – Hijack Leader rolida;
Malcolm McDowell – Lombardi rolida.
4Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDBMatn: maqola «Elayning kitobi» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.