Platforma (asl ispança nomi: “El hoyo”)(inglizça: “The Platform”) — 2019-yilda rejissyor Galder Gaztelu-Urrutia tomonidan suratga olingan Ispaniyaning ijtimoiy-fantastik dahşatli film. Filmda rollarni Iván Massagué, Antonia San Juan, Zorion Eguileor, Emilio Buale Coka va Alexandra Masangkay kabi aktyorlar etgan. Uning davomi sifatida „Platforma 2“ filmi suratga olilngan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Emilio Buale, Zorion Egileor, Alexandra Masangkay
3Syujeti
Goreng 48-darajadagi beton kamerada uyğonadi. Uning kameradoşi Trimagasi ular minora uslubidagi “öra”da…
Goreng 48-darajadagi beton kamerada uyğonadi. Uning kameradoşi Trimagasi ular minora uslubidagi “öra”da ekanliklarini tuşuntiradi. Bu “platforma”ga oziq-ovqat kuniga bir marta, nomaʼlum materialdan iborat plitada (0-darajadan pastga tuşib, har bir darajada 2 daqiqa töxtaydi) keladi. Mahbuslar “platforma” faqat öz darajasida töxtatilganida ovqatlanişlari mumkin bölib, agar ular biron bir oziq-ovqat mahsulotini olib qolsa, halokatli issiq yoki sovuq haroratga duçor bölişadi. Mahbuslarning “platforma”dagi darajasi qançalik past bölsa, şunçalik kam oziq-ovqat yetib keladi. Mahbuslar har oyda tasodifiy ravişda yangi darajaga ötkaziladi. Goreng kameradoşi Trimagasi 132-darajaga tuşib qolganida, u sobiq kameradoşi bilan yiqilgan odamni yeyişganini aniqladi. Kunlarning birida Mixaru ismli ayol “platforma”da oziq-ovqat bilan tuşadi. Trimagasi kameradoşiga ayol oyiga bir marta bolasini qidiriş uçun çuqurga tuşişini aytadi. Maʼlum bölişiça, Goreng “platforma”da köngilli sifatida va sertifikat evaziga 6 oyni ötkazmoqda, Trimagasi esa odam öldirgani uçun 1 yillik qamoq jazosini ötamoqda.
Birinçi oyda ular döst bölişadi, lekin 171-darajaga tuşib qoldanlarida vaziyat özgaradi. Ovqat bölmasligini bilgan Trimagasi kameradoşi Gorengni uyğonmaganidan foydalanib boğlab qöyadi. Trimagasi ikkalasini ham saqlab qoliş uçun Gorengning göştidan foydalaniş rejasini tuşuntiradi. Sakkizinçi kuni Trimagasi Gorengning göştini kesişni boşlaydi. Şu payt Mixaru kelib, Trimagasiga hujum qiladi va öldirib, Gorengni ozod qiladi. Mixaru tomonidan ruhlantirilgan Goreng Trimagasining göştini yeydi va keyinçalik Trimagasi körib, gallyutsinatsiyalariga duçor böladi. Oyning oxiriga kelib Goreng hali ham Trimagasining parçalanib ketgan jasadining parçalarini yeyayotgani körsatiladi.
Uçinçi oyda Goreng 33-darajada Imoguiri ismli ayol va uning iti Ramses II bilan uyğonadi. Imoguiri Gorengni taniydi, lekin Goreng uni tanimaydi. Maʼlum bölişiça, Imoguiri Gorengni çuqurga yuborişdan oldin intervyu olgan maʼmuriyat xodimi bölgan, ammo uning tabiatidan bexabar ekanligini va unga saraton taşxisi qöyilgandan keyin köngilli bölganini daʼvo qilgan. Imoguiri va iti navbat-navgatdan otqatlanadi. U ularning ostidagi juftlikni ham ovqat yetişiga işontirişga harakat qiladi. Bir kuni Mixaru jarohatlangan holda tuşasi va Goreng hamda Imoguiri unga yordam berişadi. Ertasi kuni Imoguiri Mixaru itini öldirib yeb qöyganini bilib u bilan janjallaşib ketadi. Goreng aralaşib, ayollar örtasidagi janjalni buzadi. Mixaru ketganidan söng, Goreng Imoguiriga uning farzandini eslatib ötadi, Imoguiri esa çuqurda bola yöqligini va Mixaru yolğiz kelganini aytadi. U Mixaruning “Osiyolik Merilin Monro” bölişga intilayotgan aktrisa ekanligini, “öra”da jami 200 daraja borligini aytib beradi. Keyingi oyda ular 202-darajada uyğonadi va Imoguiri esa özini osib qöygan böladi. Goreng özining sobiq kameradoşlarining körib, gallyutsinatsiyalar bilan azoblanib, tirik qoliş uçun Imoguirining göştini yeydi.
Beşinçi oyda Goreng 6-darajaga kötariladi. Uning yangi kameradoşi Bahorat arqon bilan yuqoridagi juftlik yordam berişiga işonib, yuqoriga çiqişga harakat qiladi. Bu juftlik uni aldab, arqonini tuşirib yuboradi va u öraga tuşib ketişiga oz qoladi. 250 daraja borligini taxmin qilgan Goreng, Bahoratni u bilan birga platformadan pastga tuşişga va oziq-ovqatni taqsimlaşga köndiradi. Birinçi 50 darajaga tuşib, ular heç kimga oziq-ovqat olişiga yöl qöyişmay, ularga ertasi kuni ovqatlanişlarini aytişadi. Lekin ular hujum qilişadi. Goreng va Bahorat bir neça namoyişçini öldirişadi. Mahbus janob Brambang Bahoratni tanib, ularni juda tajovuzkorligi uçun haqorat qiladi. U ularga yölning qolgan qismida özini tutiş böyiça maslahatlar beradi va bir dona taomni qoldirib, maʼmuriyatga ramziy xabar yuboriş mumkinliga işontiradi.
Ular pastga tuşib, mahbuslarga qismlarni tarqatib, hamkorlik qilişdan boş tortganlarni öldirişadi. Qavatlarning birida Mixaruga hujum bölganini körib, uni qutqarişga harakat qilişadi, lekin uni öldirişga majbur bölişadi. Uzoq davom etgan kuraşdan söng ular oğir jarohat olişadi. Goreng va Bahorat pastga tuşişda davom etib, oxir-oqibat 333-darajaga yetib borişdi va u yerda Goreng töşak ostida yaşiringan bolani yaʼni Mixaruning “qizi”ni topişadi. Ular platformadan tuşib, qizning oldiga borişadi, lekin platforma pastga tuşib ketadi. Goreng va Bahorat qizga oxirgi taomni berişadi.
Goreng tuşida Bahorat unga “qizaloq — bu xabar” deb aytadi. U uyğonib, Bahoratning qon ketişidan ölganini köradi. Qizaloq va jarohatlangan Goreng platformaga tuşganida asta-sekin unga çiqib olişadi. Ular qoronğu “öra”ning tubiga tuşadilar va u yerda ham yana Trimagasini (gallyutsinatsiya) köradi. Trimagasi Gorengga sayohati tugaganini aytadi, lekin Goreng unga xabarni öz zimmasiga olişi kerakligini tuşuntiradi. Trimagasi unga “Xabar taşuvçini talab qilmaydi” deb aytadi. Trimagasining haqligini anglagan Goreng platformadan tuşadi va ikkovi Mixaruning qizi kötarilayotganini kuzatib, undan uzoqlaşişadi.
4Rollarda
Iván Massagué — Goreng…
Iván Massagué — Goreng rolida;
Zorion Eguileor — Trimagasi rolida;
Antonia San Juan — Imoguiri rolida;
Emilio Buale — Baharat rolida;
Aleksandra Masangkay — Miharu rolida;
Eric L. Goode — senyor Brambang rolida;
Mario Pardo — Baharatning dösti rolida;
Txubio Fernandez de Jáuregui — oşpaz rolida.
5Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDBMatn: maqola «Platforma (film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.