Kembrij universitetining astrofizika talabasi Stiven Xoking adabiyot talabasi Jane Wilde bilan munosabat boşlaydi. Matematika va fizikada yaxşi natija körsatgan yigit 21 yoşida oğir taşxis oladi. Unga yonida Jane tinmay kuraşib turadi, Stiven esa hayotidagi eng maqsadli ilmiy işga kirişadi — aynan özida kam qolgan vaqtni örganadi.
Filmni James Marsh suratga olgan, ssenariysini Anthony McCarten yozgan; asos sifatida Jane Hawkingning memuarlari olingan. Boş rollarni Eddie Redmayne va Felicity Jones ijro etadi. Film Working Title Films studiyasida tayyorlangan, musiqasini Jóhann Jóhannsson yozgan. Jahon premyerasi 2014-yil 7-sentabrda Torontodagi kinofestivalda bölib ötgan, film esa 2014-yilda prokatga çiqqan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
David Thewlis, Eddie Redmayne, Emily Watson
·Ensiklopediyadan
Stiven Xoking olami (inglizça: „The Theory of Everything“) — 2014-yilda James Marsh tomonidan suratga olingan, fizik olim Stephen Hawking hayotini hikoya qiluvçi biografik, romantik drama film.
3Syujeti
Kembrij universiteti astrofizikasi talabasi Stephen Hawking adabiyot talabasi Jane Wilde bilan işqiy…
Kembrij universiteti astrofizikasi talabasi Stephen Hawking adabiyot talabasi Jane Wilde bilan işqiy munosabatlarni boşlaydi. Stephen Hawking va uning professori Dennis Sciamaning qora tuynuklar haqidagi maʼruzasidan söng, Stephen qora tuynuklar koinotni yaratilişining bir qismi bölgan bölişi mumkinligini taxmin qilib, şu haqida öz dissertatsiyasini yozişga qaror qiladi. Biroq, Stephenning yiqilib tuşib, motor neuron disease borligini bilib oladi. Bundan söng u harakatlana olmaydi, yura olmaydi va hatto nafas ham ololmaydi. Bu kasallikning davosi yöq bölib, şifokor unga 2 yil umri qolganini aytadi. Stephen bundan söng öz işiga eʼtibor qaratadi. Bu paytda Jane Wilde uni sevişini tan olib, uning otasiga Stephenning ahvoli yomonlaşganiga qaramay, uning yonida qolişini aytadi. Ular turmuş qurişadi va birinçi öğillari Robert tuğiladi.
Stephen öz dissertatsiyasini imtihon komissiyasiga taqdim etadi va uni muvaffaqiyatli himoya qilib, doktorlik unvonini oladi. Bu orada uning yurişi yomonlaşib, nogironlar aravaçasidan foydalanişni boşlaydi. Uarning qizi Lucy tuğilgandan söng, Stephen qora tuynuklarning körinişi haqidagi nazariyani işlab çiqadi va dunyoga maşhur fizikga aylanadi. Jane bolalarga, Stephenga eʼtibor qaratib, öz dissertatsiyasi ustida işlay olmaydi va bunda hafsalasi pir böladi. U çerkov xoriga qöşiladi va u yerda Jonatan bilan uçraşib, u bilan yaqin döst bölib qolişadi. U uni ögli Robert uçun pianino öqituvçisi sifatida işga yollaydi va Jonatan butun oila bilan döstlaşib oladi. Jane 3-öğli Timothyni dunyoga keltirganda, Stephenning onasi Janedan bola Jonatannikiligini söraydi, u buni rad etadi. Jonatan dahşatga tuşib ketişga qaror qiladi, lekin u va Jane yolğiz qolganlarida ular bir-birlariga bölgan his-tuyğularini tan olişadi. U oilasidan uzoqlaşadi, lekin Stephen unga Janega muhtojligini aytadi.
Bordeauxdagi opera spektakliga taşrif buyurgan Stephen kasal bölib, şifoxonaga yotqiziladi. Şifokor Janega erida pnevmoniya borligini va omon qoliş uçun traxeostomiya qiliş kerakligini aytadi. Ammo bu uni soqov qiladi. U operatsiyaga rozi böladi. Stephen imlo taxtasidan foydalanişni örganib, yangi hamşirasi Elaine bilan muloqot qiliş uçun foydalanadi. Unga yangi ovoz sintezatoriga ega kompyuterni olib berişadi va undan „Vaqtning qisqaça tarixi“ (inglizça: „A Brief History of Time“) (1988) kitobini yoziş uçun foydalanadi, u xalqaro bestsellerga aylanadi. Stephen Jane mukofot oliş uçun AQŞga taklif qilinganini va Elaine özi bilan olib ketişini aytadi. Jane ularning örtasida nikoh ish bermayotganini anglab, ajralişga rozi böladi. Stephen Elaine bilan maʼruzaga boradi. Maʼruza paytida Stephen bir talabaning qalami tuşib ketganini köradi; uni oliş uçun örnidan turganini tasavvur qiladi, kasalligi unga qanday taʼsir qilganini eslab yiğlaydi. U tinglovçilarga taʼsirli nutq sözlaydi va quyidagi sözlar bilan nutqini tugatadi: „Toki hayot bor ekan, demak umid ham bor“.
Stephen birinçi rafiqasi Janeni qiroliça Yelizaveta II ning orden beriş marosimiga taklif qiladi. Ular farzandlari bilan birga bu kunni baxtli ötkazişadi.
4Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDBMatn: maqola «Stiven Xoking olami (film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.