Roselar jangi (inglizça: The War of the Roses — „Atirgullar jangi“) 1989-yilda katta ekranlarga çiqqan, Warren Adler qalamiga mansub şu nomdagi roman asosida suratga olingan qora komediya janridagi AQŞ filmidir. Film, göyoki mukammal nikohga ega bölgan badavlat juftlik haqida hikoya qiladi. Ularning nikohi buzila boşlagaç, ikkalasi ham moddiy boyliklarga davogar bölişib, buning yuzasida vujudga kelgan ğazab, ajraliş jangining markaziga aylanadi.
Filmda Michael Douglas, Kathleen Turner va Danny DeVitolar suratga tuşişgan. Bu uç aktyor ilgari Romancing the Stone va uning davomi The Jewel of the Nile filmlarida birgalikda rol ijro etişgan. Filmga rejissorlik qilgan DeVito, produser James L. Brooks va aktyor Dan Castellaneta bilan Tbe Simpsons loyihasi taşqarisida ham işlagan. Oçiliş sarlavhasi ketma-ketligi Saul Bass va Elaine Makatura Bass tomonidan yaratilgan.
Romanda ham, filmda ham bu juftlikning familiyasi Rose (talaffuzi: Roz) bölib, bu nom — Örta asrlarning oxirlarida ingliz taxti uçun kuraşgan York va Lancaster örtasidagi janglarga kinoya qiladi.
Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Roselar jangi haqida 40 maqola yiğilib, ulardan 85 foizi filmni ijobiy baholaydi.
1Rollarda
Michael Douglas, Kathleen Turner, Danny DeVito
2Rollarda
Michael Douglas — Oliver…
Michael Douglas — Oliver Rose
Kathleen Turner — Barbara Rose
Danny DeVito — Gavin DʼAmato
Marianne Sägebreçt — Susan
Dan Castellaneta — Gavinning mijozi
Sean Astin — 17 yoşli Josh Rose
Trenton Teigen — 10 yoşli Josh Rose
Heather Fairfield — 17 yoşli Carolyn Rose
G.D. Spradlin — Harry Thurmont
Peter Donat — Jason Larrabee
David Wohl — doktor Gordon
Shirley Mitchell — Dewitt xonim
Peter Hansen — janob Marshall
3Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDBMatn: maqola «Roselar jangi» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.