1996-yilda xazina ovçisi Brok Lovett va uning jamoasi Atlantika okeani tubida yotgan «Titanic» laynerining qoldiqlarini tekşiradi. Ular çökkan kemadan seyf topadi, ammo içidan faqat namlangan qoğozlar çiqadi. Ulardan birida 1912-yil 14-aprel sanasi qöyilgan, yaxşi saqlangan portret bor. Portretdagi ayol kim ekanini aniqlaş uçun jamoa öşa kemada sayohat qilgan 101 yoşli Rose bilan uçraşişga qaror qiladi.
Filmni rejissyor James Cameron suratga olgan. Boş rollarni Leonardo DiCaprio va Kate Winslet ijro etgan. Bu epik-romantik drama va falokat janridagi film «20th Century Studios» studiyasi tomonidan çiqarilgan. AQŞda film 1997-yil 19-dekabrda prokatga çiqqan. Musiqasini James Horner yozgan. «Titanic» 14 ta «Oscar» nominatsiyasida körsatilgan va ulardan 11 tasini qölga kiritgan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Leonardo DiCaprio, Kate Winslet, Billy Zane
·Ensiklopediyadan
Titanic 1997-yilda ekranlarga çiqarilgan epik-romantik filmdir. James Cameron tomonidan suratga olingan. Filmda RMS Titanic kemasining birinçi suzişidayoq çökişi badiiy tasvirlangan. Filmda boş rollarni Leonardo DiCaprio, Kate Winslet, Billy Zane, Kathy Bates, Frances Fisher, Gloria Stuart, Bernard Hill, Jonathan Hyde, Victor Garber va Bill Paxton ijro etgan.
Filmning ilk namoyişi 1997-yilning 1-noyabrida bölib ötgan. Film ham tijoriy, ham tanqidiy jihatdan muvaffaqiyat qozongan. Köplab yutuqlarga, jumladan, 14 marotaba Oscarga nomzod qilib körsatilgan; ularning 11 tasida ğolib bölgan. Film kinoprokatlarda umumjahon böylab $2,2 milliardan ortiq mablağ töplagan va tarixdagi uçinçi eng kassabop filmga aylangan (birinçi örinni Cameron suratga olgan Avatar filmi egallagan). Titanic kinokartinasining 3D versiyasi 2012-yilning 4-aprelida çiqarilgan.
3Syujeti
1999-yil Akademik Mstislav Keldiş tadqiqot kemasida Brock Lovett va uning jamoasi ummon tubidan RMS Titanic…
1999-yil Akademik Mstislav Keldiş tadqiqot kemasida Brock Lovett va uning jamoasi ummon tubidan RMS Titanic layneri qoldiqlarini izlaşadi. Jamoa kema qoldiqlaridan seyf topadi. Seyfni oçib körişganda, uning içidan böyniga „Okean yuragi“ taqinçoğini taqqan yalanğoç ayolning çizilgan surati çiqadi. Surat 1912-yilning 14-aprelida, Titanic aysbergga urilgan kunda çizilgan bölib, unda tasvirlangan ayol Rose Dawson Calvert (talaffuzi: Rouz Douson Kalvert) ekanligi aniqlanadi. Söngra, Rose Keldiş kemasiga olib kelinadi. U jamoaga Titanicda bölganida boşdan keçirgan voqealari haqida sözlab beradi.
1912-yili 17 yaşar Rose DeWitt Bukater (talaffuzi: Rouz Dyuitt Bukeyte) beva onasi — Ruth (talaffuzi: Ruz) va qalliği — Caledon „Cal“ Hockley (talaffuzi: Kaledon Kol Hokli) bilan birgalikda birinçi klass yölovçilari ölaroq Southampton portidan New York şahriga yöl olgan Titanic kemasi bortiga çiqadi. Ruth Rosening badavlat Calga turmuşga çiqişiga oilasidagi moliyaviy muammolar yeçimi sifatida qaraydi. Bu vaqtda kambağal hayot keçiruvçi musavvir — Jack Dawson (talaffuzi: Jek Douson) poker öyinida Titanic kemasining uçinçi klassi uçun çipta yutib olib, sönggi lahzalarda kema bortiga çiqişga ulgiradi. Kema yölga çiqqanda, Rose muhabbat ustiga qurilmagan nikohidan tuşkunlikka tuşib, kema bortidan suvga sakrab özini öldirmoqçi böladi. Buni körib qolgan Jack Roseni bortdan sakraş fikridan qaytaradi. Şundan keyin ikkovi bir-birlari bilan döstlaşib olişadi. Biroq, Cal va Ruth bunga kuçli qarşilik bildirişganda, Rose özini Jackdan olib qoçişga harakat qiladi. Ammo, keyinçalik unga nisbatan hissiyotlarga sohibligini tuşunib yetadi.
Rose Jackni bölmasiga olib boradi. Söngra, böyniga Cal tuhfa qilgan „Okean yuragi“ taqinçoğini taqib olib, yap-yalanğoç bölib oladi va Jackdan suratini çizişini söraydi. Jack bunga rozi bölib, uning yalanğoç suratini qoğozga tuşiradi. Keyinçalik, ular Calning xizmatkori Lovejoy (talaffuzi: Lavjoy) dan qoçib ketişadi hamda kema tryumida yaqin işqiy munosabatda bölişadi. Söngra, ikkovlon Titanicning aysberg bilan töqnaşuviga şohid bölişadi va kema ofitserlarining jiddiy muammo haqida gaplaşişayotganini eşitib qolişadi. Bu orada, Cal seyfida Jack çizgan surat, taqinçoq va Rose yozib qoldirgan haqoratomuz maktubni topadi. Jack va Rose töqnaşuv haqida boşqalarni ogohlantiriş uçun qaytganda, Cal xizmatkori Lovejoyga taqinçoqni Jackning çöntagiga bildirmasdan solib qöyişini buyuradi. Lovejoy buyruqni bajargandan biroz ötib, Jack taqinçoqni öğrilaganlikda ayblanadi va palubaga kişanlanadi. Cal esa taqinçoqni olib, kamzuli çöntagiga solib qöyadi.
Kema asta-sekin ummon qariga çökişni boşlagan bir mahalda, Rose Cal va onasi bilan birga qutqaruv qayiğiga ötirişdan boş tortib, ulardan qoçib ketadi. Söngra, u kişanlangan Jackni topadi va uni ozod etadi. Keyin, ikkalasi qutqaruv qayiğiga ötiriş uçun palubaga qaytişadi. Cal va Jack Roseni qutqaruv qayiğiga ötirişga undaydi. Cal Jack ham u bilan birga qayiqda ketişi haqida aytgandan keyingina Rose qutqaruv qayiğiga ötiradi. Biroq, Rose Jacksiz özi keta olmasligini tuşunib, qayiqdan tuşadi va Jack tomon intiladi. Ikkalasi örtasida muhabbatni körgan Cal Lovejoyning töpponçasini olib, ularni kemaning birinçi klass yölovçilari uçun möljallangan ovqatlaniş zaligaça taʼqib etadi. Jack va Rose undan qoçib qutulişga erişadi. Cal keyinçalik yöqolgan bolaning otasiman, deb aldab, qutqaruv qayiğiga ötiradi.
Jack va Rose palubaga qaytadi. Ammo, ular qaytganlarida, qutqaruv qayiqlari jönab ketgan böladi. Biroz ötib, kemaning suv bosgan tumşuği çöka, quyruq qismi esa kötarila boşlaydi. Jack va Rose kema quyruğining eng oxiriga borib, u yerga mahkam örnaşib olişadi. Kema teng yarmidan ikkiga bölinib, tumşuq qismi çökib ketadi. Kemaning qolgan qismi biroz muddat ummon ustida turib, keyin suvga ğarq böla boşlaydi. Kema töliq çökib bölganidan söng, Jack va Rose boşqalar kabi suv ustidagi ilingan narsalarga osilib olişga harakat qiladi. Jack Rosega faqat bir kişi ketadigan yoğoç panel ustiga çiqib olişiga yordamlaşadi. Jack gipotermiyadan halok böladi, Rose esa qutqaruv qayiqlarida kelgan ofitserlar tomonidan qutqariladi.
RMS Carpathia paroxodi omon qolganlarni qutqaradi; Cal omon qolgan yölovçilar orasidan Roseni qidiradi, ammo uni topa olmaydi (Rose undan yaşirinib oladi). Ustiga Calga tegişli kamzulni taşlab olgan Rose kamzul çöntagidan taqinçoqni topadi. Bugungi kunda, Rose Cal 1929-yilgi inqirozda xonavayron bölib, bunga çida olmay öz joniga suiqasd qilganligini aytadi. Lovett Rosening hikoyasini eşitgandan keyin „Okean yuragi“ni izlaşdan voz keçadi. Keyinçalik, Rose Keldiş kemasining quyruq qismiga borib, uzoq yillardan beri özida bölgan „Okean yuragi“ taqinçoğini suvga uloqtirib yuboradi. Film söngida, yoş Rose Titanic kemasida kema halokatidan vafot etgan odamlar olqişlari ostida Jack bilan raqs tuşayotgan sahna körsatiladi.
4Musiqasi
Röyxatda keltirilgan treklarning barçasining musiqasini James Horner…
Röyxatda keltirilgan treklarning barçasining musiqasini James Horner yaratgan.
5Tanqidi
Taqriz yiğuvçi Rotten Tomatoes saytida Titanis filmi haqida 193 maqola yiğilib, ulardan 89 foizi filmni…
Taqriz yiğuvçi Rotten Tomatoes saytida Titanis filmi haqida 193 maqola yiğilib, ulardan 89 foizi filmni ijobiy baholagan.
6Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDB7Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Titaniс (film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.
