Tömaris (qozoqça: Томирис) — 2019-yilda rejissyor Akan Satayev tomonidan suratga olingan Qozoğiston badiiy filmi bölib, unda massagetlar malikasi Tömaris va Ahamoniylar davlati sultoni Kir II Buyuk haqida hikoya qilinadi. Filmda boş rollarni Almira Tursyn, Aizhan Lighg va Ğasson Masʼud kabi aktyorlar ijro etgan.
Film Qozoğiston Madaniyat va sport işlari vazirligi buyurtmasi asosida suratga olingan. Tömaris haqida film yaratiş ğoyasi Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyevning kenja qizi Aliya Nazarboyevaga tegişli bölib, keyinçalik u filmning boş prodyuseri sifatida qabul qilingan.
Filmning premyerasi 2019-yil 25-sentabr kuni Qozoğistonning Ostona şahrida bölib ötdi. Film tanqidçilar tomonidan turliça baholarga sazovor böldi va 2020-yil iyul holatiga köra film byujeti $6,5 millionni taşkil qilgan, lekin $1,3 million daromad keltirgan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Ghassan Massoud, Berik Aitzhanov, Ädil Akhmetov
3Syujet asosi
Tömaris Kaspiy dengizining şarqida, hozirgi Turkmaniston, Afğoniston, Ğarbiy Özbekiston va Qozoğistonning…
Tömaris Kaspiy dengizining şarqida, hozirgi Turkmaniston, Afğoniston, Ğarbiy Özbekiston va Qozoğistonning janubiy qismlarida joylaşgan Markaziy Osiyoning skif çorvador-köçmançi qabilalaridan biri bölgan massagetlarning malikasi bölib, u miloddan avvalgi VI asrda hukmronlik qilgan. Tömaris öz qabilasini Ahamoniylar davlatining sultoni Kir II Buyuk hujumidan himoya qilgan bölib, Gerodotning sözlariga köra, miloddan avvalgi 530-yilda uni mağlub etib öldirgan.
Tömarisning aşaddiy duşmani Kir II BuyukKir II Buyuk birinçi Fors imperiyasi Ahamoniylar davlatining asosçisi hisoblanadi. Uning hukmronligi davrida imperiya qadimgi Yaqin Şarqning barça oldingi sivilizatsiyalaşgan davlatlarini öz içiga olgan, juda kengayib, oxir-oqibat Ğarbiy Osiyoning köp qismini va Örta Osiyoning katta qismini bosib olgan. Kir II Buyuk ğarbda Örta yer dengizi, Dardanell böğozidan Hind daryosigaça bölgan dunyo hali körmagan eng katta imperiyani yaratgan.
4Syujeti
Film Gerodotning fors şohi Kir II Buyukning massagetlar bilan uruş paytida vafot etgani haqidagi hikoyaga…
Film Gerodotning fors şohi Kir II Buyukning massagetlar bilan uruş paytida vafot etgani haqidagi hikoyaga asoslangan bölib, unga malika Tömaris qömondonlik qilgan.
Hikoya Saklar-Massagetlar uruğlari örtasidagi uruşda qatnaşgan Tömarisning otasi qabila sardori Spargapning qisqaça tarjimai holi bilan boşlanadi. Spargap özining notiqligi va qiliçi bilan sahro qabilalarini birlaştirişga harakat qiladi, ammo heç qanday natija bölmaydi. Ular orasida makkorligi bilan alohida ajralib turadigan Kavaz va Kurtun ismli rahbarlar öz manfaatlarini himoya qiliş uçun yagona hokimiyat ostida birlaşişga ikkinlanişyapti. Bu vaqtda esa Spargapning qizi Tömaris tuğiladi, lekin onasi Bopay esa tuğruq paytida vafot etadi. Spargap qiziga şaxsan ğamxörlik qiladi va qizi Tömarisga qiliçdan töğri foydalanişni, ot minişni, şuningdek, boşqa köçmançi qabilalar uçun zarur bölgan işlarni örgatadi. Bundan taşqari Tömaris lager hayotining qiyinçiliklarini ham örganadi.
Bir qança vaqt ötgaç, Kavaz va Kurtun xorazmliklar bilan yaşirin bitim tuzib, qabila sardori Spargapni öldirişadi va oilasini qirğin qilişadi. Qirğinda faqat Tömarisgina omon qolişgan muvaffaq böladi. U örmonga yaşirinib, otasining ölimi uçun albatta qasos olişga vaʼda beradi. Bir neça yil ötgaç Tömaris otasining, oilasining qotillaridan qasos olib, vataniga qaytib keladi. Tömaris u yerda malika deb eʼlon qilinadi va uning ittifoqçisi bölgan qöşni qabila sardorining öğli bilan oila quradi.
Yillar ötib fors şohi Kir II Buyuk Tömarisning eri va uning öğillaridan birini aldab öz poytaxtiga olib boradi. Ular u yerda Ahamoniylar davlati va Massagetlar örtasida yuzaga kelgan siyosiy masalalarni muhokama qilişadi. Kir II Buyuk massagetlarni öziga böysundirib, ularni öz vassaliga aylantirmoqçi böladi. Tömarisning eri va öğli Kir II Buyukning buyruği bilan uning saroyida qatl qilinadi. Tömaris buni Massagetlar ortidan yaşirinça Fors poytaxtiga borgan asrandi öğli orqali bilib oladi.
Forslar Massagetlarga Kir II Buyukning Tömarisga uylanişi orqali tinçlik şartnomasi tuzilişini taklif qilişadi. Tömaris taklifni rad etib, Kir II Buyukni har qanday bosqinçilikdan ogohlantiradi, lekin Kir II Buyuk qöşini bilan Yaksart tomonga yuriş boşlaydi. Keyingi uruşda massagetlar forslarni mağlubiyatga uçratib, katta yöqotişlarga duçor böladilar. Oxirgi jangda Kir II Buyuk ham halok böladi.
5Rollarda
Almira Tursyn – Tömaris…
Almira Tursyn – Tömaris rolida;
Aizhan Lighg – Sardana rolida;
Ğasson Masʼud – Kir II Buyuk rolida;
Berik Aitzhanov – Kurtun rolida;
Adil Akhmetov – Argun rolida;
Zarina Yeva – Tana rolida;
Erkebulan Dayirov – Xarasp rolida;
Azamat Satybaldy – Kavaz rolida.
6Işlab çiqilişi
Film Qozoğiston Madaniyat va sport işlari vazirligi tomonidan buyurtma asosida suratga olingan. Tömaris…

Film Qozoğiston Madaniyat va sport işlari vazirligi tomonidan buyurtma asosida suratga olingan. Tömaris haqidagi film ğoyasi Qozoğistonning birinçi prezidentini qizi Aliya Nazarboyeva tegişli bölib, 2017-yil dekabr oyida suratga oliş işlari boşlangan va sahnalar Qozoğistonning turli hududlarida suratga olingan. Zamonaviy tarixçilar massagetlarni köçmançi Eron xalqi deb hisoblaşlariga qaramay, filmda massaget qahramonlari qadimgi turkiy tilda, fors qahramonlari esa yangi fors tilida gaplaşişadi. Filmning byudjeti $6,5 milionni taşkil etgan.
Tömaris rolini ijro etiş uçun 15 ming kişi orasidan psixolog Almira Tursyn tanlangan. U ot miniş va kamondan otiş böyiça professional saboq olib, qiliç va piçoqlardan foydalanişni örgangan.
7Namoyiş etilişi va tanqidlari
Film Qozoğistonda 2019-yil 1-oktabrda kinoteatrlarda namoyiş etildi. Filmning tarqatiş huquqi Italiya uçun…

Film Qozoğistonda 2019-yil 1-oktabrda kinoteatrlarda namoyiş etildi. Filmning tarqatiş huquqi Italiya uçun Blue Swan, Fransiya uçun SND Films, Ispaniya uçun Art Mood, Yaponiya uçun AT Entertainment, Yaqin Şarq uçun Gulf Film, Janubiy Koreya uçun Çallan, MDH uçun Paradise/MGN, Singapur uçun Şou, Ruminiya uçun Program 4 Media, Turkiya uçun Siyah Bayez filmlari va AQŞ uçun Well Go USA kompaniyalariga sotilgan. Bundan taşqari filmni AQŞ va Kanadada tarqatiş Amazon Prime Videoda amalga oşiriladi.
Film turliça şarhlarga ega bölgan. Tarixçilar va tadqiqotçilar tomonidan Gerodotning uşbu voqealar haqidagi talqinlari umuman qabul qilinmagan va filmdan farqli ölaroq, massagetlar eron tilida sözlaşuvçi skif xalq bölsa ham, filmdagi barça qahramonlar turkiy tilda gaplaşgan. Film Qozoq va Eron jamoatçiligi tomonidan, asosan ikki davlat tarixiga feministik yondaşuv sifatida qaralgani uçun tanqid qilindi. Eron jamoatçiligi ham filmda Gerodotning şoh Kir II Buyukning ölimi haqidagi talqinidan foydalangani sababli öz eʼtirozlarini bilgirgan.
Baʼzi kuzatuvçilarning fikriça, film Qozoğistonning sobiq rahbari Nursulton Nazarboyevning qizi Dariğa Nazarboyevaning kelajakdagi prezidentlikka nomzodini oddiy qozoğistonliklar orasida köproq yoyiş uçun möljallangan bölişi mumkin.
Film Fransiyaning 2020-yilgi LʼÉtrange festivalida Nouveau janridagi Buyuk mukofotni qölga kiritdi. 2020-yil iyul holatiga köra film byujeti $6,5 millionni taşkil qilgan, lekin $1,3 million daromad keltirgan.
8Kadrlar
4
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDBMatn: maqola «Toʻmaris (film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.