"Ikki jangçi" — 1943-yilda rejissor Leonid Lukov tomonidan Uluğ Vatan uruşi yillarida Toşkentda evakuasiya şaroitida suratga olingan badiiy film. 1963-yilda M.Gorkiy nomidagi kinostudiya filmning “yangi naşri”ni yaratdi. Lev Slavinning "Mening vatandoşlarim" romani asosida Uluğ Vatan uruşi davridagi ikki sovet jangçilarining abadiy döstligi haqida hikoya qiladi.
1Rollarda
Boris Andreyev, Stepan Krylov, Maxim Strauch
2Syujeti
1941-yil edi. Öşa mahalda Leningrad frontida oğir va şiddatli janglar ketardi. Ajralmas döstlik riştalari…
1941-yil edi. Öşa mahalda Leningrad frontida oğir va şiddatli janglar ketardi. Ajralmas döstlik riştalari şiddatli janglarning qiyin damlarida jangçilarga yordam berdi. Odessalik payvandçi, pulemyotçi Arkadiy Dzyubin Ural pölat işlab çiqaruvçisi Sasha Svinsov bilan qalin döst bölişga ahdlaşişdi. Ammo chin döstlar bir kuni jiddiy janjallaşib qolişadi: bir kunlik taʼtil olgan ikki döst Leningrad böylab sayr qilişadi. Sasha döstiga şaharda Tasya ismli qizi borligini, qiz uni mehmonga taklif qilganini aytadi. Oqşom esa döstlar Tasyanikiga borişganida, Arkadiy bir daqiqa ham ularni zeriktirmadi. U hazil mutoyibaga boy voqealarni aytib, qöşiq ham kuyladi. Ammo Sasha hamon ğamgin edi.
Arkadiy va Sasha tungi payt özlarining harbiy qismlariga qaytib kelişganida, şiddatli jang bölib, köplab quroldoşlari halok bölganligi maʼlum böladi. Jangçilarni ruhini kötariş uçun Arkadiy özining odatiy aql-zakovati bilan örtoqlariga Saşaning "baxtsiz" sevgisi haqida gapirib beradi. Svinsov döstining bu hazilidan xafa bölib, ular bahslaşib qolişadi, lekin bu bahs uzoqqa çözilmaydi. Bu orada jang şiddatli tus oladi va Dzyubin bunkerni hujum qilayotgan duşmandan himoya qiladi.
Jiddiy jarohat olgan jangçi vazifani uddasidan çiqadi. Dösti uçun Sasha öz hayotini xavf ostiga qöyib, yarador döstini jang maydonidan olib çiqadi.
3Rollarda
Mark Bernes - Arkadiy…
Mark Bernes - Arkadiy Dzyubin
Boris Andrev - Sasha Svinsov
Vera Şerşneva - Tasya
Yanina Jeymo - hamşira
Maksim Ştraux - professor
Ivan Kuznesov - Galanin
Stepan Krilov - mayor Rudoy
Lavrentiy Masoxa - Okulit
Andrey Sova - artilleriyaçi
4Suratga oliş guruhida
Ssenariy muallifi: Yevgeniy…
Ssenariy muallifi: Yevgeniy Gabriloviç
Rejissor: Leonid Lukov
Operator: Aleksandr Gunzburg
Rassom: Vladimir Kaplunovskiy
Bastakor: Nikita Bogoslovskiy
Sheʼr muallifi: Vladimir Agatov
Ovoz rejissori: Arnold Şargorodskiy
5Qöşiqlar
“Qoronğu tunlar” va “Şalandlar, töla baliqlar” qöşiqlari (Nikita Bogolovskiy musiqasi, Vladimir Agatov…
“Qoronğu tunlar” va “Şalandlar, töla baliqlar” qöşiqlari (Nikita Bogolovskiy musiqasi, Vladimir Agatov sheʼri) Mark Bernes tomonidan kuylangan va u filmga katta şuhrat olib kelgan.
6Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDBMatn: maqola «Ikki jangchi» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.