⌕
Underground
Film

Underground

1995 · komediya, drama, urush · 163 daq
🍅 86%79
▶ Treyler

Underground (Yer osti: serbça: Подземље) — 1995-yilda rejissyor Emir Kusturica tomonidan Dušan Kovačević bilan hammualliflikda yozilgan ssenariy asosida suratga olingan epik, satirik, qora komediya va uruş haqida hikoya qilivçi film. Kartina ikki döstning fojiaviy taqdiri orqali Ikkinçi jahon uruşidan tortib Yugoslaviya uruşlari boşlanişigaça bölgan davrdagi mamlakat tarixini tasvirlaydi. Film 1995-yilgi Cannes kinofestivalida boş mukofot „Oltin palma novdasi“ni qölga kiritdi, bu Kusturicaga „Dadam xizmat safarida bölganida“ (When Father Was Away on Business, 1985) kartinasidan keyin ikkinçi yirik mukofotni tanqdim etdi.

⇄ Boşqa film bilan solishtirish
1

Treylerlar

Underground▶
2

Rollarda

Miki Manojlović, Slavko Štimac, Lazar Ristovski
Emir KusturicaEmir KusturicarejissyorMMMiki ManojlovićaktyorSŠSlavko ŠtimacaktyorLRLazar RistovskiaktyorMJMirjana JokovićaktyorSTSrđan TodorovićaktyorMirjana KaranovićMirjana KaranovićaktyorMPMilena PavlovićaktyorDSDanilo StojkovićaktyorDKDušan Kovačevićssenariy muallifiGoran BregovićGoran Bregovićkompozitor
3

Syujeti

1941-yil 6-aprel, Yugoslaviya Qirolligining poytaxti Belgrad. Tungi maişat va ayş-işratga mukkasidan ketgan…
⚠️ Bu bölimda spoylerlar bor — syujet oxirigaça aytilgan
4

Işlab çiqariş

Film Yugoslaviya (Serbiya), Fransiya, Germaniya, Çexiya va Vengriya kompaniyalari hamkorligida işlab…
Underground
Kadr: «Underground»TMDB

Film Yugoslaviya (Serbiya), Fransiya, Germaniya, Çexiya va Vengriya kompaniyalari hamkorligida işlab çiqarilgan. Suratga oliş işlari 1993-yilning kuzida boşlanib, 1995-yilning erta bahorigaça uzilişlar bilan davom etgan. Davlatga qaraşli Serbiya radiotelevideniyesi filmni moliyalaştirişda qisman iştirok etgan, rekvizit hamda harbiy texnikalar esa Yugoslaviya armiyasidan ijaraga olingan. Kartina musiqasini Goran Bregović bastalagan bölib, saundtrekni yaratişda xonanda Cesária Évora ham iştirok etgan.

Filmning kinoteatrlar uçun möljallangan versiyasi 163 daqiqa davom etadi. Kusturicaning intervyularida taʼkidlaşiça, kartinaning asl montaj varianti beş soatdan oşgan, biroq prodyuserlar uni qisqartirişni talab qilişgan. Uşbu beş soatlik töliq talqin keyinçalik Serbiya radiotelevideniyesida „Bila jednom jedna zemlja“ („Qadim zamonda bir yurt bölgan ekan“) nomli miniserial (köp qismli film) sifatida namoyiş etilgan.

Film premyerasi 1995-yil 1-aprelda Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasida bölib ötdi. Fransiyada u 25-oktabrda katta ekranlarga çiqdi va atigi 350 mingga yaqin tomoşabin töpladi. AQŞda film uçun uzoq vaqt davomida distribyutor (tarqatuvçi kompaniya) topilmadi, şu sababli uning namoyişi faqat bir neçta festival doirasidagina çeklanib qoldi. Oxir oqibat, film namoyiş etiş uçun beriladigan huquqni „New Yorker Films“ kompaniyasi sotib oldi va 1997-yil 20-iyunda Nyu-Yorkda filmning premyerasini ötkazdi. Ayrim manbalar uşbu kartinaning tijoriy muvaffaqiyatsizligini Fransiyaning „CiBy 2000“ prodyuserlik kompaniyasi yopilişining asosiy sabablaridan biri sifatida körsatadi.

Film 68-Oscar mukofotining „Eng yaxşi xorijiy tildagi film“ nominatsiyasi uçun Serbiyadan rasman taqdim etilgan, biroq yakuniy nomzodlar röyxatiga (short-list) kiritilmagan. 1998-yilda kartina „Independent Spirit“ mukofotining „Eng yaxşi xorijiy film“ nominatsiyasiga daʼvogarlik qilgan, ammo yakunda sovrinni „The Sweet Hereafter“ filmiga boy bergan. „Underground“ özining siyosiy mazmuni tufayli jamoatçilik va kinotanqidçilar orasida qizğin bahs munozaralarga sabab bölgan, ayrim kinotanqidçilar uni serb tarğiboti (propaganda) deb qoralagan bölsa, boşqalari bu kabi ayblovlarni mutlaqo asossiz deb hisoblagan.

Matn: maqola «Underground (1995 film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

Nima köramiz?3 savol — kayfiyatga mos 3 film→
▶ Treylerni körish↗
Film yangiliklarini qoldirmang«Kuzatish» tugmasini bosing — yangi treyler, sana va kinoteatrlarga çiqişi haqida xabar beramiz.