Vijdon — 2007-yilda rejissyor Sohib Abbosxon tomonidan suratga olingan drama janridagi özbek filmi. Film Rustam Jabborovning „Musibat zanjiri“ asariga asoslangan bölib, asar muallifi Rustam Jabborov va film rejissyori Sohib Abbosxon hamkorligidagi ssenariy asosida suratga olingan. Filmda Jahongir Poziljonov, Oydin Yusupova, Rustam Karimov, Muyassar Berdiqulova, Jamşid Rayimbekov, Şodiya Töxtayeva, Raʼno Yaraşeva, Şukur Sobirjonov, Dilşodbek Kattabekov, Nilufar Raimova, Aziza Begmatova, Muqaddas Xoliqova, Nigora Farmonova, Sayfiddin Meliyev kabi aktyorlar boş rollarni ijro qilgan.
1Rollarda
2Syujeti
Holmat va Dilfuza bir-biriga muhabbat qöyişgan bölib, ular uçraşib yurişadi. Dilfuza dugonasining töyiga…
Holmat va Dilfuza bir-biriga muhabbat qöyişgan bölib, ular uçraşib yurişadi. Dilfuza dugonasining töyiga boriş uçun ammasining tilla zanjirini olgan bölib, uni uyga kelgani yöqotib qöyadi. Dilfuza bu voqeani ota-onasi, akasi va kelinopasiga aytadi. Ular uylariga kelgan löli ayoldan, akasi esa rafiqasidan gumonlanadi. Akasi rafiqasi bilan janjallaşadi va uni haydab yuboradi. Ammasi esa tilla zanjiri yöqolganini bilib, uning örnini qoplaş uçun pul berişini talab qiladi. Bu orada otasi Nosir tilla zanjirni pulini beriş uçun qöşnisi Pölatboydan qarz olib, Rossiyaga qurilişga işga ketadi. Lekin u yerda kasal bölib, qaytib keladi va tez orada vafot etadi.
Holmat esa Dilfuzaning tuşkunlikka tuşib qolgani sababini axtarib, dugonasidan bölib ötgan voqealar haqida xabar topadi va Dilfuzaga pul beriş uçun özining videokamerasini sotib yuboradi.
Bu vaqtda Dilfuzaning akasi Qahramon uyga mast kelib, onasi va singlisi bilan janjallaşib qoladi. Qahramon uydan çiqib ketib, uylariga kelgan löli ayolning oldiga boradi va uni uradi. Keyin esa tungi klubga boradi va u yerda dösti bilan rafiqasini körib, ularni ajratib, uradi. Uyga qaytib özini öldiradi. Buni onasi körib, ruhiy kasal bölib qoladi.
Bu voqealardan söng qöşnisi Pölatboy uyidan tilla zanjirni topib oladi va rafiqasidan bu Dilfuzaning zanjiri bölib, uni qizi Nilufar bilmasdan olib çiqqanini bilib qoladi. Dilfuza onasidan xabar oliş uçun şifoxonaga borganida Holmat unga pul beradi, lekin u buni qabul qilmaydi. Söng Pölatboy şifoxonaga boradi. U yerda Dilfuza va uning onasi hamda Holmatni yangi qurgan dökoniga olib borib, ularga bölib ötgan voqealarni aytib beradi va yangi qurgan dökoni ularga sovğa qiladi.
3Film musiqasi
Filmdagi musiqalarni kompozitor Ubaydulla Karimov…
Filmdagi musiqalarni kompozitor Ubaydulla Karimov yozgan.
Matn: maqola «Vijdon (film)» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.