Viridiana (ispança: Viridiana) — 1961-yilda Luis Buñuel tomonidan suratga olingan, Meksika va Ispaniyalik ijodkorlarining hamkorligida yaratilgan syurrealistik komediya-drama janridagi filmdir. Film Benito Pérez Galdósning 1895-yilgi „Halma“ romani asosida işlangan. Uşbu kartina 1961-yilda ötkazilgan Cannes kinofestivalining boş mukofoti „Oltin palma novdasi“ni qölga kiritgan. Biroq, filmda katolik çerkovining tanqid ostiga olingani Vatikanning rasmiy qoralaşiga hamda Ispaniyada uning taqiqlanişiga sabab bölgan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Silvia Pinal, Francisco Rabal, Fernando Rey
3Syujeti
Viridiana dunyoviy hayotdan voz keçib, rohibalik ahdini içişga hozirlik körayotgan edi. Ketiş oldidan unga şu…
Viridiana dunyoviy hayotdan voz keçib, rohibalik ahdini içişga hozirlik körayotgan edi. Ketiş oldidan unga şu paytgaça moddiy yordam körsatib kelgan yagona qarindoşi, amakisi Don Jaymeni sönggi bor yöqlab keliş majburiyati yuklanadi. Amakisi qariyb qarovsiz qolgan qasrida faqatgina xizmatkori Ramona hamrohligida yolğiz yaşardi. Viridiananing bu uydagi oxirgi keçasida Don Jayme yuragidagi yaşirin dardini bayon qiladi, uning yoş vafot etgan rafiqasi Viridiananing xuddi özi bölib, nikoh keçasida aynan şu yerda vafot etgan ekan. Çol qizdan marhuma ayolining töy köylagini kiyib körişini ötinib söraydi. Tunda esa uning qahvasiga uxlatuvçi dori solib qöyadi. Unga nisbatan zöravonlik qilişga botina olmay, sönggi lahzada öz ehtiroslarini jilovlab olişga kuç topadi.
Ertalab Don Jayme Viridianaga sodir bölgan voqeadan keyin monastir unga eşiklarini yopganini maʼlum qiladi. Bunday sovuq munosabatdan qoçmoqçi bölgan qiz narsalarini olib yölga çiqadi, ammo bekatda uni politsiya uşlab, yana qasrga qaytarib olib keladi. Bu vaqtda esa amakisi qilmişidan puşaymon bölib, hayotiga nuqta qöygan, özini osib öldirgan edi. Uning qoldirgan vasiyatnomasi böyiça barça mulk Viridiana hamda çolning nikohsiz öğli Xorxe örtasida teng bölinadi. Rohiba böliş orzusi sarobga aylangan Viridiana yordamga muhtojlarga kömaklaşiş yölini tanlaydi va uysiz daydilarni qasrga töplab, ularga omborxonalardan joy va issiq ovqat beradi, ular bilan birga din yölida ibodat qiladi. Şu kunlarda qasrga Xorxe ham sevgilisi Lusiya hamrohligida yetib keladi. Yigit qarovsiz qolgan xöjalikni tiklaş işlariga şönğib ketadi va ayni paytda Ramona bilan yaşirin aloqa örnatadi. Qişloqdagi bir xillikdan zerikkan, buning ustiga Xorxening Viridianaga nisbatan eʼtiborini körib raşk olovida yongan Lusiya oxiri qasrdan ketişga majbur böladi.
Kunlarning birida Xorxe, Viridiana va Ramona şaharga yöl olganidan foydalangan tilançilar qasr içkarisiga bostirib kirişadi. Avvaliga ular qimmatbaho buyumlarni öğirlaşga tuşadilar, söngra dabdabali ziyofat uyuştirib, Leonardo da Vincining muqaddas „Oxirgi keçki ovqat“ asarini masxaralaş uçun guruh bölib suratga tuşişadi. Bu bazm köp ötmay mastlik, jilovsiz şahvat va vahşiyona vayronagarçilik girdobiga aylanadi. Uyning egalari kutilmaganda qaytib kelgaç, daydilarning köpçiligi vahima içida qoçib ketadi, biroq ulardan eng rasvosi bölgan ikki kimsa Xorxe va Viridianani tutib olişga ulguradi. Jinoyatçilar Xorxening qöl oyoğini mahkam boğlab qöygaç, ulardan biri piçoq öqtalib, Viridiananing nomusiga tajovuz qilişga kirişadi. Şu payt navbat kutib turgan ikkinçi zöravonning közidagi taʼmagirlikni körgan Xorxe unga katta pul vaʼda qiladi va şerigini ortidan piçoqlab öldirişga köndiradi. Köp ötmay, Ramona tomonidan xabar berilgan politsiya otryadi fojia joyiga yetib keladi.
Oradan bir neça kun ötgaç, Ramona va Xorxe xonada musiqa sadosi ostida qarta öynab ötirişganda, Viridianani ham öz davralariga taklif qilişadi. Qizning ular qatoriga kelib qöşilişi bilan ularning uçovlon bölib hayot keçirişi muqarrar ekanligi oydinlaşadi. Kartina Xorxening qartalarni aralaştirgança aytgan gapi bilan nihoyasiga yetadi: „Bilasanmi, seni birinçi marta körganimda, qaçondir amakivaççam bilan mana şunday qarta öynab ötiramiz, deb heç öylamagan edim“.
4Işlab çiqariş
Film Meksika va Ispaniyalik ijodkorlarining hamkorligida „Uninci“, „Films 59“ va „Producciones Alatriste“…

Film Meksika va Ispaniyalik ijodkorlarining hamkorligida „Uninci“, „Films 59“ va „Producciones Alatriste“ kompaniyalari tomonidan işlab çiqarilgan. Prodyuseri Gustavo Alatriste, ssenariyni Luis Buñuel, Julio Alejandro bilan hamkorlikda yozgan. Film Madrid va Toledo yaqinida suratga olingan. Operatori José F. Aguayo, montajyori Pedro del Rey.
Ispaniya senzurasi filmning dastlabki yakunini rad etgan edi. Undagi asl sahna böyiça, Viridiana Xorxening xonasiga kirib, ortidan eşikni ohista yopar edi. Senzura talabi bilan yaratilgan yangi yakuniy sahna esa, ayrim kino tarixçilarining fikriça, ramziy jihatdan yopiqroq bölsada, mazmunan ança provokatsion (uyatsizroq) edi, unda Xorxe, Ramona va Viridiana örtasidagi uç kişilik yaşirin işqiy munosabatlarga işora qilingan edi.
Ispaniya kinematografiya mutasaddilari filmni 1961-yilgi Cannes kinofestivaliga taqdim etgan va kartina Anri Kolpining (Henri Colpi) „The Long Absence“ filmi bilan birgalikda boş mukofot „Oltin palma novdasi“ga loyiq köriladi. Şunga qaramay, Vatikanning rasmiy naşri bölmiş „LʼOsservatore Romano“ gazetasi filmni „kufr“ deb qoraladi, Fransisko Franko davrida kartinani Ispaniyada namoyiş etişni qatʼiyan taqiqladi. Ijroçi prodyuser Pere Portabellaning guvohlik berişiça, Ispaniya hukumati filmning asl tasmasini butunlay yoqib yuborişga ham uringan, biroq nusxa xorijiy kompaniya ixtiyorida bölgani sababli omon qolgan.
Filmning jahon premyerasi 1961-yil 17-mayda Cannes kinofestivalida, Meksikadagi ilk namoyişi esa 1963-yil 10-oktabrda bölib ötdi. Ispaniya kinoteatrlariga esa kartina faqatgina Frankoning vafotidan ikki yil ötib, Luis Buñuel 77 yoşni qarşilagan kezlarda, yaʼni 1977-yil 9-aprelda Barselonada hamda 2-mayda Madridda taqdim etildi.
5Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDBMatn: maqola «Viridiana» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.