When Father Was Away on Business (Dadam xizmat safarida: serb-xorvatça Otac na službenom putu) — 1985-yilda Emir Kusturica tomonidan suratga olingan Yugoslaviya filmi. Ssenariyni dramaturg Abdulah Sidran yozgan. Film 1985-yilda Cannes kinofestivalida „Oltin palma novdasi“ni qölga kiritdi va Oscar mukofotining „Eng yaxşi xorijiy film“ nominatsiyasiga nomzod böldi.
1Rollarda
Miki Manojlović, Mirjana Karanović, Mira Furlan
2Syujeti
1950-yil iyun. Sarayevo mahallalaridan birida mast Franyo amaki dala işçilariga qöşiq aytib yurardi.…
1950-yil iyun. Sarayevo mahallalaridan birida mast Franyo amaki dala işçilariga qöşiq aytib yurardi. Ajablanarlisi şuki, u faqat meksikaça qöşiqlarni kuylaydi. Sovuq uruş avjiga çiqqan bu yillarda AQŞ yoki Sovet Ittifoqidan çiqqan bironta kuyni xirgoyi qiliş ham odamga qimmatga tuşişi mumkin edi, Meksika qöşiqlari esa heç kimni xavotirga solmaydi. Josip Broz Tito va Joseph Stalin ziddiyatidan keyin Yugoslaviyada hamma bir-biridan şubhalanadigan, hokimiyat esa har qadamda „davlat duşmanlari“ni qidirayotgan edi. Şu taşvişli mahallada kiçkina Malik tengdoşlari bilan daraxtlarga çiqib öynab yurardi. Hayoti oddiy bolalarnikidek tuyulsada, uning bir sirli odati bor, u tunda uyqusida yurardi. Onasi Sena öğliga otasi xizmat safarida ekanini aytadi va Malik bu gapga işonadi.
Aslida esa Malikning otasi Meša xizmat safarida emas, mehnat lagerida edi. Meša kommunist amaldor edi, ammo „Politika“ gazetasida çiqqan, Josip Broz Tito va Joseph Stalin ziddiyatiga bağişlangan bir karikatura haqida beixtiyor fikr bildirib qöyadi, xolos. Şu bir gap uning taqdirini hal qiladi, uni mehnat lageriga öz qaynoğasi, Senaning akasi Zijo jönatadi. Zijo ham kommunist amaldor, ustiga-ustak Mešadan ham baland lavozimda. Şunday qilib, oila boşiga tuşgan kulfatning ortida begona emas, öz qarindoşi turadi.
Oradan vaqt ötadi va Malik amakisi qölida xatna qilinadi, söng Sena bolalari bilan Zvornikka, Mešaning yoniga köçib ötadi, şu tariqa oila yana bir joyga jam böladi. Bu yerda Malik hayotida birinçi muhabbatini uçratadi, rus şifokorining qizi Maşa bolaning qalbini zabt etadi. Afsuski, bu hissiyotlar uzoqqa bormaydi. Malik Maşani oxirgi marta uni tez yordam maşinasi olib ketayotganda köradi.
Malikning toğasi Fahroning töyida köp haqiqatlar oşkor böladi. Bola şu yerda otasining ayol uçuvçi bilan yaşirin aloqasiga guvoh böladi. Keyinroq bu ayol hojatxonaning suv tuşiriş şnuri bilan özini öldirişga urinadi. Şu tariqa, hikoya özining yakuniy qismiga yetib keladi, Zijoga qandli diabet taşxisi qöyiladi, Sena esa oradagi adovatni unutib, akasi bilan yaraşadi
3Işlab çiqariş
Film Sarayevoda joylaşgan „Centar Film“ va „Forum“ kompaniyalari tomonidan suratga olingan, prodyuseri —…

Film Sarayevoda joylaşgan „Centar Film“ va „Forum“ kompaniyalari tomonidan suratga olingan, prodyuseri — Mirza Pašić. Ssenariy muallifi Abdulah Sidran filmga „Tarixiy sevgi hikoyasi“ degan kiçik sarlavha bergan. Filmning operatori Vilko Filač, montajyori Andrija Zafranović, musiqasi muallifi esa Zoran Simjanović bölgan.
Film 1985-yil 15-yanvarda Yugoslaviyada, 12-sentabrda esa Germaniya Federativ Respublikasida namoyiş etildi. GFRda film distributsiyasi bilan „Scotia International Filmverleih“ kompaniyasi şuğullandi. AQŞda esa kartina „Cannon Film Distributors“ kompaniyasi tomonidan subtitrli variantda premyera qilinadi.
1985-yil 8–20-may kunlari ötkazilgan Cannes kinofestivalida film „Oltin palma novdasi“ va FIPRESCI mukofotiga sazovor böldi. Bu Kusturica uçun birinçi „Oltin palma novdasi“ edi, ikkinçisini u 1995-yilda „Underground“ filmi uçun oldi. Film şuningdek Oscar va Oltin globus mukofotlariga nomzod bölgan. Pula kinofestivalida „Eng yaxşi film“ nominatsiyasida „Katta oltin arena“ mukofotini, Mirjana Karanović „Eng yaxşi aktrisa“ nominatsiyasida „Oltin arena“ mukofotini qölga kiritdi.
4Kadrlar
4
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDBMatn: maqola «When Father Was Away on Business» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.