Taki Taçibana Tokioda yaşovçi örta maktab öquvçisi, Mitsuha Miyamidzu esa Hida provinsiyasidagi kiçik qişloqda yaşaydi. Ular bir-birini umuman tanimaydi va hayoti butunlay boşqaça. Bir kuni tun paytida ikkalasi tasodifan bir-birining tanasida uyğonadi. Bu ğalati hodisa tez-tez takrorlanib turadi, şuning uçun ikkala yoş bir-birining hayotiga moslaşişga majbur böladi.
Filmni Makoto Shinkai rejissyorlik qilgan va ssenariysini ham özi yozgan. Animatsiyani „CoMix Wave Films“ studiyasi bajargan, tarqatuvçisi „Toho“ kompaniyasi bölgan, musiqasini esa RADWIMPS guruhidan Yodziro Noda yaratgan. Janri — melodrama va fentezi, ekran vaqti 107 daqiqa. Yaponiyada film 26-avgust 2016-yilda namoyiş etilgan, AQŞda esa 7-aprel 2017-yilda çiqqan. Funimation kompaniyasi uni amerikalik tomoşabinlar uçun litsenziyalagan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
·Ensiklopediyadan
„Sening isming“ (yaponça: 君の名は。Kimi no na va.) — rejissyori Makoto Şinkai bölgan töliq metrajli anime-film. Film animatsiyasi bilan „CoMix Wave Films“ studiyasi şuğullangan, „Toho“ kompaniyasi filmning distributori hisoblanadi. Personajlar dizayni ustida Tanaka Masayoşi işlagan, kompozitori esa Yodziro Noda (RADWIMPS guruhidan). Premyera 3-iyul 2016-yil Los-Anjelesda ötkazilgan „Anime Expo 2016“ körgazmasida bölib ötgan, Yaponiyada esa 26-avgust 2016-yil namoyiş etilgan. Şinkai tomonidan yozilgan Novelizatsiya-romani 18-iyun 2016-yilda çop etilgan. „Anime Expo 2016“ filmni amerika kompaniyasi „Funimation“ tomonidan litsenziyalanganini eʼlon qilgan. BBC versiyasi böyiça uşbu anime 2016-yilning eng zör öntaligiga kirgan, Rossiyaning „Mir Fantastiki“ jurnali esa uni yuz yilikning eng zör anime-filmi deb nomlagan.
3Syujeti
Film Taki Taçibana va Mitsuha Miyamidzu ismli boş qahramonlarni taniştiriş bilan boşlanadi; ular…
Film Taki Taçibana va Mitsuha Miyamidzu ismli boş qahramonlarni taniştiriş bilan boşlanadi; ular uyğonganlarida, özlari uçun muhim bölgan nimanidir yöqotganlik hissi paydo böladi. Keyin film Hida provinsiyasi qişloğida yaşovçi örta maktab öquvçisi Mitsuhaning hayoti haqidagi hikoyani boşlaydi. Mitsuha ğalati tuyğu bilan uyğonadi va maktabda döstlari unga bir kun oldin u özini juda ğalati tutganini aytişadi. Ammo Mitsuha heç narsani eslay olmaydi. Uyga qaytgaç, Miyamidzu ziyoratgohida miko rolida bölib, singlisi bilan kutikamisake (yaponça : 口噛み酒, qadimiy sakening turi, guruçni çaynaş orqali tayyorlanadi) marosimida qatnaşadi. Marosim tugagandan söng, Mitsuha öz şahri va hayoti uçun nafrat bilan qiçqiradi va heç bölmaganda Tokioda yaşovçi çiroyli yigit bölib qayta tuğililişni orzu qiladi. Ertasi kuni ertalab Mitsuha Tokio markazida yaşovçi örta maktab öquvçisi Taki Taçibananing tanasida uyğonadi va bu qanday va nima uçun sodir bölganini bilmaydi.
Tez orada Taki va Mitsuha uxlayotganlarida bir-birining tanasiga ruhlari almaşayotganini tuşunişadi, ammo buning sababi ular uçun sir bölib qoladi. Bir munça vaqt ötgaç, ular birovning tanadasidagi hayotni qiziqarli deb hisoblay boşlaydilar, özlari uçun xatti-harakatlar qoidalarini örnatadilar va şaxsiy hayotlariga aralaşmaslikka kelişib olişadi, bir-birlarining tanasida ötkazgan kunlar haqida eslatmalarni qoldiradilar. Ammo kelişuvga qaramay, Mitsuha Takiga hamkasbi Miki Okudera bilan yaqinlaşişiga yordam beradi va oxir-oqibat Mitsuha Takining nomidan uçraşuv kunini belgilaydi. Miki uçraşuv davomida Takining feʼl-atvori sönggi paytlarda juda özgarganini payqadi. Yigitning yuragi öziga tegişli emasligini körib, Takini öz xayollari bilan yolğiz qoldirib, uyiga qaytadi. Taki biroz öylanib, Mitsuha bilan telefon orqali boğlanmoqçi böladi, biroq uning raqami mavjud emasligi maʼlum bölib, ruhlarning almaşişi negadir töxtab qoladi. Köp öylagaç, Mitsuha uning hayotida alohida örin tutişini tuşunadi va Mitsuhaning şahriga borib, u bilan şaxsan gaplaşişga qaror qiladi.
Şahar nomini ham, uning aniq manzilini ham bilmagan Taki, faqatgina xotirasida qolgan manzara eskizlariga tayanadi va yöl topişga harakat qiladi. Döstlari Tsukasa Fujii va Miki Okudera bilan birga Yaponiyaning boşqa qismlariga sayohat qilib, Mitsuha yaşaydigan şaharni topiş uçun behuda harakat qiladi. Bir kuni Hida şahrida joylaşgan yöl çetidagi restoranda Mika rasmdagi manzarani payqaydi. Xuddi şu şaharda tuğilgan restoran egasi ularni ulkan zarba krateriga olib boradi va ularga uç yil oldin aynan şu joyda kometa Itomori degan şaharçani vayron qilib, aholining uçdan bir qismini yöq qilganini aytadi. Taki falokatdan halok bölgan odamlarning ismlari röyxatini közdan keçiradi va Mitsuha va uning ikkala dösti Katsuxiko Teşigawara va Sayaka Natori ismini topadi.
Nima haqiqat-u nima yolğonligini anglamagan Taki, hodisalarni tuşunişga harakat qilib, voqea haqida biror bir maʼlumot topişga harakat qiladi. Telefondagi Mitsuha qoldirgan barça yozuvlar sirli ravişda ğoyib böladi va Takining sönggi umidi uning xotiralarida qolgan toğlardagi yer osti ibodatxonasi bölib qoladi. Restoran egasining yordami bilan yigit u yerga yöl topişga muvaffaq böladi. Özining va Mitsuhaning vaqt jadvallari bir-biriga mos kelişini anglab yetgaç, Musubi (yaponça: 結び „boğlamoq“) ismli maʼbad xudosidan yordam söraydi va kometa qoldiqlari zarbasidan oldin Mitsuhaning tanasi bilan qayta boğlaniş umidida Mitsuha tayyorlagan sakeni içadi. Mitsuhaning tanasida bölib qolgan Taki Mitsuhaning döstlariga falokat haqida gapirib beradi va şaharni evakuatsiya qiliş uçun ulardan yordam söraydi. Takining özi Mitsuhani topiş uçun maʼbadga boradi.
Mitsuhaning ruhi Takining tanasida uyğonadi va u toğ çöqqisi tomon harakatlanadi, Taki ham Mitsuhaning tanasida u tomon boradi, faqatgina, ular bir-birlarini his qilişlari mumkin böladi holos. Ammo quyoş botgan va katavare-doki (yaponça: 片割れ時, qoş qoraygan) bölgan öşa qisqa daqiqada ikkisi öz tanalariga qaytadilar va öşa yerda turib, bir-birlarini köra oladilar. Uçraşuvdan xursand bölişiga qaramay, Taki Mitsuhani yaqinlaşib kelayotgan ofat haqida ogohlantiradi va Mitsuhaning otasi aholini evakuatsiya qilişiga işontirişi kerakligini aytadi. Şuningdek, ular bir-birlarini va tanalarini almaşib qolişini unutib qöymasliklari uçun bir birining ismlarini qöllariga yozişga qaror qilişadi. Ammo yozişni tugatmasdan, ularning uçraşuvi tugaydi, quyoş butunlay botadi va ikkisi öz vaqtlariga qaytadilar. Qahramonlar bir-birlarining ismlarini eslaş uçun astoydil harakat qilişlariga qaramay, eslay olmaydi.
Kometa qulaganidan beri sakkiz yil ötadi. Garçi Itomori şahri vayron qilingan bölsa-da, şaharda ötkazilgan „fuqarolik mudofaa maşğulotlari“ tufayli uning aksariyat aholisi qoçişga muvaffaq böladi (hokimiyatning rasmiy versiyasiga köra). Bir kuni, endi ulkan Tokioda yaşovçi Mitsuha, bir zinapoyada ötmişning noaniq tasvirlari bilan azoblanişda davom etayotgan Takini uçratadi.
4Personajlar
Mitsuha Miyamidzu (yaponça: 宮水 三葉) — yuqori sinf öquvçisi va miko, provinsial şaharçasida yaşaydi, juda…

Mitsuha Miyamidzu (yaponça: 宮水 三葉) — yuqori sinf öquvçisi va miko, provinsial şaharçasida yaşaydi, juda qatʼiy va talabçan odam. Uning otasi — xotini vafot etgandan söng ibodatxona va oilasini taşab ketgan mahaliy burgomistr, şunday ekan, Mitsuha boşlanğiç maktabda öqiydigan singlisi va buvisi bilan yaşaydi. Provinsiyada zerikkan Mitsuha Tokiyoda yaşaşni orzu qiladi.
Taki Tatibana (yaponça: 立花 瀧) — Tokiyo markazida yaşaydi. Böş vaqtini döstlari bilan ötkazadi va kiçik italiyança restoranda yarim stavkada öz hayotini taʼminlaş uçun işlaydi. Nafis sanat, arxetiktura va şunga öxşaş narsalarga qiziqadi. Katta şaharning surʼatidan çarçagan Taki qayerdadir toğlarda betaşviş hayotni orzu qiladi.
Miki Okudera (yaponça: 奥寺ミキ) — universitet talabasi, Taki işlovçi restoranda işlaydi.
Yojuha Miyamidzu (yaponça: 宮水四葉) — Mitsuhaning singlisi.
Xitoha Miyamidzu (yaponça: 宮水一葉) — oila va ibodatxona boşi, Mitsuha va Yojuhaning buvisi.
Katsuhiko Tesigavara (yaponça: 勅使河原克彦) — Mitsuhaning dösti, texnika va mexanika böyiça mutaxasis.
Sayaka Natori (yaponça: 名取早耶香) — Mitsuhaning dugonasi, radio işqibozlari klubi faoli.
Tosiki Miyamidzu (yaponça: 宮水俊樹) — Mitsuha va Yojuhaning otasi, Itomori şahrining burmomistri.
Tsukasa Fudzi (yaponça: 藤井司) va Sinta Takagaki (yaponça: 高木真太) — Takining maktabdagi döstlari.
Yukari Yukino (yaponça: 雪野百香里) — Mitsuha, Katsuhiko va Sayakaning yapon adabiyoti öqituvçisi. Şuningdek, „The Garden of Words“ filmining boş qahramoni.
5Musiqasi
"RADWIMPS" guruhi film uçun 22 tadan ortiq treklarni, şuningdek, mavzu qöşiqlarini…
"RADWIMPS" guruhi film uçun 22 tadan ortiq treklarni, şuningdek, mavzu qöşiqlarini yaratgan:
«Zenzenzense» (yaponça: 前前前世),
«Sparkle» (yaponça: スパークル),
«Yume Tourou» (yaponça: 夢灯籠),
«Nandemonaiya» (yaponça: なんでもないや).
6Tijoriy muvaffaqiyati
Film, ayniqsa, Yaponiyada katta tijoriy muvaffaqiyatga erişdi. 17-dekabrga kelib, film butun dunyo böylab…
Film, ayniqsa, Yaponiyada katta tijoriy muvaffaqiyatga erişdi. 17-dekabrga kelib, film butun dunyo böylab $275 899 756 yiğib, eng köp daromad keltirgan anime filmlar röyxatida birinçi örinni egalladi va „Ruhlar olami“ (2001) filmidan özib ketdi. Film 358 million dollar daromad kördi. Rossiya, Belarusiya, Qozoğiston va Ukrainada „Your Name“ litsenziyasini „Istari komikslar“ kompaniyasi sotib oldi, premyerasi 2017-yil 7-sentabrda bölib ötdi.
7Mukofotlar va nominatsiyalar
2016-yil — London kinofestivalining tanlov dasturida iştirok…

2016-yil — London kinofestivalining tanlov dasturida iştirok etiş.
2016-yil — Sitjesdagi Kataloniya kinofestivalining eng yaxşi animatsion filmi uçun mukofoti.
2017-yil — uçta Yaponiya kino akademiyasining mukofoti : eng yaxşi ssenariy (Makoto Şinkai), eng yaxşi musiqa (RADWIMPS), eng maşhur film. Bundan taşqari, lenta ikkita nominatsiyani oldi: eng yaxşi animatsion film, eng yaxşi rejissor (Makoto Şinkay).
2017-yil — Maxsus Moviy lenta mukofoti.
2017-yil — Eng yaxşi animatsion film uçun Mayniçi mukofoti.
2017-yil — uçta Seiyu mukofoti: Eng yaxşi aktyor (Ryunosuke Kamiki), eng yaxşi aktrisa (Mone Kamişiraişi), eng yaxşi hamkorlik.
2017-yil — „Eng yaxşi mustaqil animatsion film“ uçun „Enni“ mukofotiga ikkita nominatsiya va animatsion badiiy film uçun eng yaxşi rejissor (Makoto Şinkay).
2017-yil — Eng yaxşi ssenariy uçun Osiyo kino mukofotiga nomzod (Makoto Şinkay).
2017-yil — Eng yaxşi Osiyo filmi uçun Avstraliya Kino Akademiyasi mukofotiga nomzod.
2017-yil — Eng yaxşi animatsion film uçun Sputnik mukofotiga nomzod.
2018-yil — Eng yaxşi animatsion film uçun Saturn mukofotiga nomzod.
8AQŞ filmi
2017-yil 27-sentabr J. J. Abrams va ssenariy muallifi Eric Heisserer „Sening isming“ filmini amerikaça…
2017-yil 27-sentabr J. J. Abrams va ssenariy muallifi Eric Heisserer „Sening isming“ filmini amerikaça moslaşuvi ustida ish olib borişlarini maʼlum qildi. Film Paramount Pictures tomonidan tarqatiladi va Bad Robot Productions tomonidan işlab çiqariladi. Film rejissori Marc Webb bölişi kerak edi, lekin 2020-yil sentabrida Lee Isaak Cheung rejissor va ssenariy muallifi lavozimini egalladi.
9Kadrlar
4
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDBMatn: maqola «Sening isming» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.