Ayol qismati — özbek rejissyor Dilmurod Masaidov tomonidan 2022-yilda Suriyadagi IŞID jangarilari lagerlarida 9 yil yaşab, Özbekistonga qaytgan ayol taqdiri haqida suratga olingan drama. Film Özbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Davlat xavfsizlik xizmati kömagi bilan suratga olingan. Film real voqealarga asoslangan.
1Rollarda
2Syomka jarayoni va kino premyerasi
„Ayol qismati“ filmi „Mehr“ operatsiyasi doirasida Suriya, Iroq va Afğonistondagi ekstremistik lagerlardan…
„Ayol qismati“ filmi „Mehr“ operatsiyasi doirasida Suriya, Iroq va Afğonistondagi ekstremistik lagerlardan ayollar va bolalarning Özbekistonga qaytişiga bağişlangan turkum filmlardan biridir. Film rejissyori Dilmurod Masaidovning aytişiça, suratga oliş işlari boşlanişidan oldin u Suriyadan Özbekistonga qaytgan ön nafar ayol bilan muloqot qilgan. Ularning har biri özining jangarilar lageriga qanday tuşib qolgani va u yerda boşidan keçirganlari haqida öz hikoyalarini aytib bergan. Filmning boş qahramoni Sojidaning prototipi andijonlik ayol bölib, film ğoyasi va suratga oliş işlarini şaxsan maʼqullagan. Şu bilan birga, rejissyor aktrisalarga ularning prototiplari bilan uçraşişni taqiqlagan.
Filmning Özbekistonda premyerasi 2022-yil 8-sentyabr kuni „Ipak yöli gavhari“ XIV Toşkent xalqaro kinofestivali doirasida bölib ötdi. Film bir qança tillarga, jumladan rus va turk tillariga tarjima qilingan. Rossiyada kinoning premyerasi 2022-yil 25-dekabrda bölib ötdi.
3Syujeti
Sojidaning ukasi va turmuş örtoği Rossiyaga işlaş uçun jönab ketişdi va u yerda IŞID tomonidan Pokistondagi…
Sojidaning ukasi va turmuş örtoği Rossiyaga işlaş uçun jönab ketişdi va u yerda IŞID tomonidan Pokistondagi lager orqali tranzitda Suriyaga jönatiladi. Keyinçalik bularning barçasidan xabar topgan mahalladagilar Sojidaning oilasini qoralab, uni ikki farzandi bilan birga mahalladan çiqarib yuborişni talab qiladi. Natijada, Sojidaning qaynonasi jamoatçilik fikriga ergaşib, ayol va uning bolalarini haydab çiqaradi. Sojida avval Andijonga ketadi. U yerda özi xohlagandek hayot qura olmaganidan söng hafsalasi pir bölib, Qozondagi opasining oldiga boradi. Akasi uni topib, özining oldiga kelişga köndiradi. Sojida Moskvaga, u yerdan Pokistonga va nihoyat Suriyaga boradi va u yerda öğli Salohiddinni yöqotadi. U ön yil davomida jangarilar lagerida tirik qoladi. U yerda juda köp qiyinçiliklarga duç kelgan Sojida şu vaqt içida uç marta turmuşga çiqadi, çunki u turmuşga çiqqan erlar birin-ketin vafot etadi. Oradan yillar ötib, yöqolgan öğli Salohiddin tirik ekani, otryadlardan birida jang qilayotganidan xabar topadi. Biroq Sojidaning quvonçi uzoqqa çözilmaydi. Öğli jangda halok bölgani haqida xabar keladi. Ikkinçi öğli ham otişmada halok böladi. Ikala öğlini ham ketma ket yöqotgan Sojida kasal bölib qoladi. Uni mahalliy aholidan biri boqadi. Suriya Demokratik Armiyasi askarlari Sojidani Al-Xol qoçqinlar lageriga olib ketişdi. Sojida u yerdan uyiga jönatiladi.
4Mukofot va yutuqlar
Bursada bölib ötgan Korkut Ata Film Festivali kinofestivalida „Eng yaxşi badiiy film“ nominatsiyasida…
Bursada bölib ötgan Korkut Ata Film Festivali kinofestivalida „Eng yaxşi badiiy film“ nominatsiyasida Gran-pri (2022)
Minskda bölib ötgan Listapad kinofestivalida „Insonparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar mavzusining dolzarbligi uçun“ maxsus mukofoti (2020)
2023-yil fevral oyida Mumbayda bölib ötgan Şanxay hamkorlik taşkiloti kinofestivalida Sojida rolini ijro etgan Raʼno Şodiyeva „Eng yaxşi ayol obraz“ nominatsiyasi böyiça ğolib böldi.
Matn: maqola «Ayol qismati» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.