Hacks 24 nomzodlik bilan rekord qildi, lekin…

78-Emmy mukofotlari marosimi 14-sentabr kuni Los-Anjelesdagi Peacock Theaterda ötdi. Komediya serial nominatsiyasida «Widowʼs Bay» ğolib böldi, drama nominatsiyasida esa «The Pitt» yutdi.
Asosiy marosimda eng köp mukofotni «Widowʼs Bay» oldi, jami oltita. Eng yaxşi komediya serialdan taşqari, komediya uçun ssenariy va rejissyorlik mukofotlari ham şu serialga ketdi. Aktyorlik mukofotlarini Matthew Rhys, Kate ÖFlynn va Stephen Root olişdi. Bir hafta oldingi Creative Arts marosimidagi sakkizta ğalabani qöşsak, jami 14 ta çiqadi. Bu komediya serial uçun bir yildagi rekord. Platformalar böyiça Apple TV 28 ta mukofot bilan birinçi böldi.
«The Pitt» asosiy marosimda ikkita mukofot oldi, ulardan biri eng yaxşi drama serial. «Pluribus» ham ikkita mukofotga ega böldi. «The Beast in Me», «DTF St. Louis», «Hacks», «The Late Show with Stephen Colbert», «Remarkably Bright Creatures», «Slow Horses» va «The Traitors» bittadan mukofot olişdi.

Nomzodlik bosqiçini eslasak, rasm bir oz boşqaça edi. Creative Arts nomzodliklarini hisobga olganda «The Pitt» 25 ta nomzodlik bilan birinçi, «Hacks» 24 ta bilan ikkinçi turgan. «Hacks» bir mavsum uçun nomzodliklar böyiça tarixdagi rekordni yangiladi: ötgan rekord 23 ta edi va uni «The Bear» (2024) bilan «The Studio» (2025) bölişgan. Biroq finalda «Hacks» asosiy marosimda bitta mukofot bilan çegaralandi. Tarmoqlar böyiça nomzodliklarda HBO va HBO Max 123 ta bilan, Netflix 109 ta bilan oldinda edi, mukofotlarda esa Apple TV oldinga çiqdi.
Marosimni Mariska Hargitay olib bordi. 2011-yilda Jane Lynçdan keyin bu rolni birinçi marta ayol bajardi. Ayni paytda 1993-yilda Angela Lansburydan keyin birinçi marta yetakçi komediyaçi, komediya aktyori yoki televideniye şaxsi emas edi. Tanlov NBCning 100 yilligi bilan boğliq. Marosim NBC Sunday Night Football bilan töqnaş kelmasligi uçun yakşanba emas, duşanba kuni ötdi. Bundan taşqari, Michael J. Fox Bob Hope Humanitarian Award mukofotini oldi.

Tomoşabin soni biroz kamaydi. Şu kungi dastlabki hisob-kitoblarga köra, marosimni NBC, Peacock va boşqa raqamli platformalarda 6,8 million kişi körgan. Bu ötgan yilgi 7,59 millionga qaraganda taxminan 10 foiz kam. 2024-yildagi 6,9 million bilan deyarli bir xil. NBCda oxirgi marta efirga çiqqan 2022-yildagi 5,92 million bilan soliştirganda esa yaxşiroq. 6,8 millionning taxminan 6,3 millioni NBC efiriga, qolgan 500 mingi Peacock va boşqa raqamli platformalarga töğri keladi.
Bu marosim Television Academyning ABC, CBS, Fox va NBC bilan tuzilgan joriy kelişuvi doirasidagi oxirgisi böldi. Bu kanallar mukofotni tört yillik navbat bilan efirga berib kelgan. Akademiya hozir Prime Video bilan muzokara olib bormoqda. Agar kelişuv bölsa, Emmy tarixda birinçi marta efirli kanaldan çiqib, striming platformaga ötadi. Hozirça bu hali rasman tasdiqlanmagan.

▶Qaysi premyerani köproq kutyapsiz?
Manbalar: Vikipediya, TheWrap, The Hollywood Reporter, Variety, Deadline

