11.22.63 (22-noyabr, 63-yil) — Amerikaning yozuvçisi Stephen Kingning "11/22/63" ilmiy-fantastik romani asosida suratga olingan amerikaça mini-serial. Serialda boş rolni James Franco ijro etgan. Şouning ijroçi prodyuserlari J.J. Abrams, Stephen King, Bridget Carpenter va Bryan Burk bölgan. Sakkiz qismli serialning premyerasi 2016-yil 15-fevralda Huluʼda bölib ötgan.
1Rollarda
James Franco, Chris Cooper, Cherry Jones
2Tavsif
Jake Epping ismli oddiy ingliz tili öqituvçisiga vaqtda orqaga sayohat qiliş imkoniyati beriladi — 1960-yilga…
Jake Epping ismli oddiy ingliz tili öqituvçisiga vaqtda orqaga sayohat qiliş imkoniyati beriladi — 1960-yilga borib, Kennedi öldirilişining oldini olişga urinadi. Lekin u vaqtning özgarişlarga qarşi turişini bilmaydi. Bundan taşqari, boş qahramon vaqt ötişi bilan ötmişdagi hayotga boğlanib qoladi.
3Işlab çiqiş
2011-yil 12-avgustda (kitob çiqişidan ham oldin) Jonathan Demme romanning "11/22/63" nomli rejalaştirilgan…

2011-yil 12-avgustda (kitob çiqişidan ham oldin) Jonathan Demme romanning "11/22/63" nomli rejalaştirilgan ekranlaştirilişiga ssenariyçi, prodyuser va rejissyor sifatida jalb qilingani eʼlon qilingan; Stephen King esa ijroçi prodyuser lavozimini olgan. Biroq 2012-yil 6-dekabrda Demme ssenariyga romandan nimalar kiritilişi borasida King bilan kelişmovçilik tufayli loyihani tark etganini eʼlon qilgan.
2013-yil 26-aprelda Warner Bros. Television va J.J. Abramsning Bad Robot Productions kompaniyasi romanni teleserial yoki mini-serial şaklida ekranlaştiriş huquqlari böyiça muzokara olib borayotgani maʼlum bölgan. 2014-yil 22-sentabrda kitob asosidagi mini-serial Hulu tomonidan buyurtma qilingani eʼlon qilingan. Carol Spier şou sanʼat rahbari (art direktor) böldi. Serialning birinçi treyleri 2015-yil 19-noyabrda çiqarilgan.
4Kasting
James Franco Jake Eppingning boş rolига tanlangan, Sarah Gadon esa Sadie Dunhill roliga ega…
James Franco Jake Eppingning boş rolига tanlangan, Sarah Gadon esa Sadie Dunhill roliga ega bölgan.
5Suratga oliş
Suratga oliş 2015-yil 9-iyunda Ontario ştatining Hespeler şahrida boşlangan. Iyun oyidagi suratga olişlar…
Suratga oliş 2015-yil 9-iyunda Ontario ştatining Hespeler şahrida boşlangan. Iyun oyidagi suratga olişlar Ontariodagi Guelph şahri, Ayr qişloği va Royal Tavernʼda ham ötkazilgan; 2015-yil sentabrida suratga olişlar Ontariodagi Hamilton şahrida davom etgan. Oktyabr oyi boşida loyiha Dallas şahriga köçirilib, Dealey Plaza hududining taşqi körinişi suratga olingan. Eng gavjum soatlarda köçalarning yopilişi tufayli yaqin atrofdagi köçalarda tirbandlik yuz bergan.
6Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDBMatn: maqola tarjimasi «11.22.63» — rusça Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.